Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
98.1K subscribers
23.9K photos
6.38K videos
142 files
13.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️Surxondaryoda 1 ming 273 nafar nafaqadagi o‘qituvchi ayollarga bayram tabriklari yo‘llandi

🔹8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev viloyatdagi 1 ming 273 nafar jonkuyar faxriy pedagog ayollarga bayram tabriklarini yo‘lladi.

🔸Bugun boshqarma boshlig‘i viloyatning turli hududlarida bo‘lib, bir guruh onaxonlarga mazkur bayram tabriklarini o‘qib eshittirdi va ularga o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

🔘Faxriy pedagoglar bilan bo‘lgan suhbat davomida Xusniddin Mamadiyev fidoyilik timsoli bo‘lgan aziz ustozlar, mo‘tabar ayollarga ta'lim tizimiga qo‘shgan hissalari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

☑️Boshqarma boshlig‘ining tabriknomalarini viloyatning barcha hududlaridagi faxriy pedagog ayollarga yetkazish ishlari davom etmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi loyihasi

“ANDIJON FARZANDLARI...”

Xorijiy til fan olimpiadalari g'olibi, 2 ta xorijiy tilda mukammal so'zlashish imkoniyati va Xalqaro IELTS 7,0 darajasiga ega bo'lgan Asaka tumanidagi 42-DIMI o'quvchisi Maftuna Rahmonaliyevaning hikoyalari...

Andijon viloyat MMTB Matbuot xizmati
📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o‘tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo‘l oldi.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Ozod Axtamov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oquvchisi;

▶️ Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf oquvchisi;

▶️ Asadbek Boboqulov  — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich oquvchisi;

▶️ Elbek Zohidjonov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oquvchisi.

⚡️ Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon tumanidagi 10-maktabning 10 nafar o‘qituvchisi 1000 dollardan maosh olmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun joriy yilning fevral oyida oʻtkazilgan test jarayonlariga kelolmaganlar sinovlarga qayta qoʻyiladimi? Ular uchun boshqa test savollari beriladimi?


Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni mamlakatimizning barcha hududlarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalalarni baholash agentligi tomonidan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar uchun 1-bosqich test sinovlari oʻtkazildi.

Tahlillarga koʻra, 144 nafar nomzod turli sabablar (noqulay ob-havo sharoiti, boshqa uzrli holatlar)ga koʻra test sinovlarida ishtirok etmaganligi aniqlandi hamda mazkur pedagoglar uchun 2024-yil 14-mart kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy)da test sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, nazorat savollarini ishlab chiqish, maxfiyligini ta’minlash va test sinovlarini oʻtkazish Agentlik tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

❗️2024-yil 14-mart kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida joriy yilning 19-fevral kungi test sinovlarida foydalanilgan variantlar ishlatilmasligi va nomzodlarga boshqa variantlar taqdim etilishini maʼlum qilamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Seminar_trening

Kasbiy rivojlanishning yangicha yondashuvi tajriba-sinovdan o'tkazilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan umumta'lim fanlari o'qituvchilari uchun "Ustoz upgrade" loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

✔️Ushbu loyihaning maqsadi ustozlar tomonidan maktablarda kasbiy rivojlanishni maqsad qilgan mikrojamiyatlar tashkil etish, o'zaro darslarni kuzatish va tahlil qilish (Lesson study) orqali yangi bilim hamda ko'nikmalarni egallashdan iborat.

📍Treninglarda poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan 45 nafar ustozlar ishtirok etishmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida trening qatnashchilari uchun:

kasbiy rivojlanish uchun ichki motivatsiyaning roli,
dars bosqichlarini Blum taksonomiyasi asosida rejalashtirish,
darsni kuzatish va kuzatilgan dars borasida fikr almashish madaniyati kabi mavzularda so'z bormoqda.

❗️
Bugungi treninglardan so'ng 3 haftalik onlayn marofonga start beriladi. Marafon davomida ishtirokchi ustozlar faoliyati doirasida tadqiqot o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda ustozlarning loyihada o'rgangan ko'nikmalarini amalga oshirishda qanday qiyinchiliklarga uchrayotganligi va yutuqlari tahlil qilinadi.
______
📍 Trening jarayonlari Toshkent shahridagi Oxus universitetida bo'lib o'tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryoda 982 ta bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyat yuritmoqda

🔹Bolalar bog‘chalarida hamda ulardan tashqari tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta'limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi. Ushbu muassasalarda ta'lim olgan bolalarga boshlang‘ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

☑️Kelgusida viloyatimizda yana 39 ta bolalarni maktabgacha ta'limga bir yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etish orqali 1 ming 170 nafar 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish ko‘zda tutilgan.

🎥Tasvirlarda Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Turon
#maktabteatri

🟢 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovi to‘g‘risida ushbu taqdimot orqali tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy o’zgarishlar telekanallarda keng yoritildi:

🔹
mtrkuzofficial- Maktablardagi ta’lim-tarbiya va ma’naviyat masalasi
🔹mtrkuzofficial - Ta'limda raqamlashtirish jarayoni: natija qanday?
🔹
”Mening yurtim” telekanali - O’qituvchilarning oyligi qay tartibda oshiriladi?
🔹
mtrkuzofficial- Xotin-qizlarga e`tibor: ularning ta`lim olishi va mehnat huquqlari himoya qilinmoqda
🔹
Assalom, O’zbekiston!
🔹
mtrkuzofficial - Siz nima deysiz?
🔹
”Mahalla” telekanali - Ijtimoiy himoya va inklyuziv ta'limni rivojlantirishga e'tibor.
🔹
mtrkuzofficial - Maktab ta`limini rivojlantirish jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi
🔹
Uzreport TV - 17 082 nafar o’quvchi 3 ta yo’nalishda kasb-hunarga yo’naltirilmoqda
🔹
mtrkuzofficial - Ахборот 24 | Запущен портал my.maktab.uz: онлайн регистрация в 1 класс
🔹 “Sevimli” telekanali - Ta’lim sifatini oshirishga yangicha yondashuv

🎙️ Shuningdek, ta’lim islohotlari “Navro’z” va “O’zbekiston 24” radiokanallarida ham yoritildi.
17-martdan 17-aprelga qadar 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida informatika fan olimpiadasi o'tkaziladi

2023-yil 20-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish belgilab berilgan edi.

❗️Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash imtihonlari o'tkaziladi.

Mazkur imtihonlar yo'riqnomasi taqdim etilmoqda.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Munosabat

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan eʼlon qilingan hamda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi huzuridagi “Oʻquv taʻlim-taʻminot” davlat muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida shartnomada belgilangan talablar toʻliq bajarilmaganligi xususidagi maʼlumotlar 2021-yilga doir holat ekanligini maʼlum qilamiz.

Yurtdoshlarimizdan ushbu holatni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻrab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz:
2021-yilda faoliyat yuritgan Xalq ta’limi vazirligi o‘rnida hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etilgan. “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tugatilib, “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs tinglovchilari maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, taʼlim menejmenti, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash modullari bo‘yicha yakuniy sinovlari (test, keys hamda amaliy topshiriqlar)ni topshirdilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Янги_Ўзбекистон

Magistraturaga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan qoplab beriladi, deb eshitdim. Men joriy yilda “Yangi O‘zbekiston” universitetining magistratura bosqichiga oʻqishga kirmoqchiman. Yuqorida keltirilgan imtiyoz ushbu oliygohga ham tatbiq etiladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 447-son qaroriga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Huquqni muhofaza qilish hamda Bank-moliya akademiyalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab beriladi.

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5158-son qarorida mazkur Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi ekanligi belgilab qoʻyilgan.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti magistratura bosqichiga qabul shartlari bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🟢Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida umumta'lim maktablarida qo‘l telefondan foydalanish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ushbu qaror asosida tizimdagi muassasa va tashkilotlarga buyruq tarzida yetkazilib, bugungi kunda amaliy ishlar qilinmoqda.

📹"O‘zbekiston24" telekanalining informatsion dasturlarida mazkur qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar haqida Angren shahri misolida batafsil yoritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-