Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилояти Марҳамат туманидаги шахмат мактаби ва кутубхонада бўлди.

Президент посетил шахматную школу и библиотеку в Мархаматском районе Андижанской области.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #yoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Давлатимиз раҳбари Андижон шаҳридаги 2-сонли ихтисослаштирилган мактаб-интернатини ҳамда бунёд этилаётган Универсал спорт мажмуасини бориб кўрди.

Глава государства посетил специализированную школу-интернат №2 и строящийся Универсальный спортивный комплекс в городе Андижане.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #talim #sport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Андижондаги мактаб ва спорт мажмуасида яратилган шароитлар билан танишди, ўқувчи ва спортчилар билан учрашди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida “Maktab – ota-ona – mahalla” uzviy hamkorligini tashkil etish bo‘yicha Respublikamiz bo‘ylab bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar Ishchi guruh tomonidan muntazam ravishda tahlil qilib borilmoqda. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini berishni boshladi.

Shu bois, maktablarda yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlarning xizmatlari munosib
rag'batlantirimoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Kasbiy_sertifikatlash

Men shu oy boshida tug‘ruq ta’tilidan ishga qaytdim. Maktab direktori o‘rinbosarining aytishicha, ma’lum muddat ish jarayonlaridan uzilib qolganligim sababli kasbiy sertifikatlashdan o‘tishim majburiy ekan, shu to‘g‘rimi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti”da bu haqida batafsil keltirib o‘tilgan.

❗️Unga ko‘ra, quyidagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

🍎 "Oziq-ovqatni ongli iste’mol qilish" nima degani, bilasizmi? Va nega bu mavzu so‘nggi paytlarda tobora dolzarb bo‘lib bormoqda? Bir raqam bu savolga javob berishi mumkin.

🌽 Yiliga 931 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo va iste’mol bosqichlarida yo‘qotilmoqda. Oddiyroq aytganda, katta miqdorda iste’molga yaroqli oziq-ovqatlar chiqindixonaga tashlanadi.

🍐 Shu bilan birga, barcha oziq-ovqat yo‘qotishlarining 61 foizi xonadonlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, har birimiz yiliga o‘rtacha 74 kg oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuboramiz.

🍔 Bu degani, 570 million tonna oziq-ovqat behuda ekildi, sug‘orildi, yetishtirildi, tayyorlandi, sotib olindi...

♻️ Hammamiz bu muammoni hal qilishni o‘rganishimiz uchun "Yosh fermer" loyihasi doirasida FAO ko‘magida oziq-ovqatni ongli iste’mol qilish bo‘yicha qo‘llanma tayyorlandi.

Uni o‘qib, bugungi mavzu bo‘yicha o‘z fikringizni bildiring.

🎤 Keling, muhokama qilamiz!

👋😊 Всем привет!

🍎 Вы знаете, что имеется в виду, когда говорят об «осознанном потреблении еды»? И почему в последнее время эта тема становится всё актуальней? Ответ поможет дать одна цифра.

🌽 Ежегодно 931 миллион тонн продуктов питания теряется на этапах розничной торговли и потребления? Если сказать проще, то огромное количество годной к употреблению пищи выбрасывается на мусорку.

🍐 При этом 61% всех пищевых потерь приходится на домашние хозяйства. То есть, каждый из нас ежегодно выбрасывает в среднем 74 кг продуктов питания.

🍔 570 миллионов тонн пищи зря сажали, поливали, выращивали, готовили, покупали...

♻️ Для того, чтобы научиться всем нам решать эту проблему, в рамках проекта «Юный фермер» при поддержке ФАО был подготовлен путеводитель к осознанному потреблению еды.

Прочтите его и выскажите своё мнение по сегодняшней теме.

🎤 Давайте подискутируем!

Zamin | Facebook | Instagram
📣📣📣📣📣

😄Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi joriy yilning 17-18-fevral kunlari Biologiya va Kimyo fanlaridan📍 Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etiladi.

😄Informatika va axborot texnologiyalari fanidan esa📍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etiladi.

▶️Olimpiada jarayonlariga 17-fevral kuni soat 9:00 da start beriladi. Saralash bosqichi haqidagi ma'lumotlar yuqoridagi jadvalda to'liq ko'rsatilgan

👉Nizom

▶️Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan


▶️Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
#Hamkorlik

Maktablardagi ta’lim-tarbiya va davomat masalalari, shuningdek  tarbiyasi va o‘qishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni ota-onalari va mahalla faollari bilan birgalikda yechimini topish borasida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija bermoqda

 
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan ishlarning ilk kunlaridanoq darslarda  ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilari davomati bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, tahlil qilindi. Unda elektron platformaga kiritilgan davomat ma’lumotlari bilan sinflardagi real davomat o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlanib uning sabablari o‘rganildi.
Mazkur muammolar va ularning yechimi yuzasidan Milliy gvardiya tomonidan maktablarga biriktirilgan xodimlarning ta’lim muassasa direktorlari va ularning o‘rinbosarlari hamda mahalla faollari bilan   “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ishlar samarasida qisqa vaqt ichida o‘quvchilarning davomatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.  
Hatto darslarda davomat past bo‘lsada, elektron platformaga kiritilgan davomat ma’lumotlari bilan sinflardagi haqiqiy davomat o‘rtasida tafovut uchramagan  maktab direktorlari hamda sinf rahbarlari Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan rag‘batlantirildi.
Bu bilan, maktab direktori va o‘qituvchilari endilikda davomat bilan emas, faqat ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanishlarini tushungan holda, shu paytgacha yelkalarida ko‘tarib kelgan davomat bilan bog‘liq og‘ir yuk olib tashlanganligi, o‘z o‘rnida bundan keyin o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga javobgarlik mas’uliyatini oshirganini  xis qila boshlashdi.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshirilayotgan bu kabi tizimli ishlar, “Maktab ta’limi bo‘yicha ota-onada mas’uliyat, o‘qituvchida majburiyat, o‘quvchida ishonch, ta’lim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo‘lishini kafolatlaydi” deyish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram