Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.9K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
📣 Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish boshlandi

Nizomning 8-10-bandlariga ko'ra: Ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.

📍Joriy yilning yanvar oyida belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib qator o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalari berildi hamda ularga "Pedagog kadrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Sertifikatlar rasmiylashtirildi.

⚡️Mazkur o‘qituvchilar o‘z Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin
.

Malaka toifalari olgan pedagoglarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Jahon_banki

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida vazir Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida tomonlar:

“Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan milliy baholash tizimini yaratish, soha mutaxassislari malakasi va tajribasini oshirish” hamda
“Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihalarini muhokama qilishdi.

❗️Tadbir yakunida Vazirlik va Jahon Banki kelgusida samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirish va ularni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🟢Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan umumiy o‘rta taʼlim muassasasi direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlovchi menejerlik o‘quv kurslari olib borilmoqda.

Joriy yilning 12-fevral sanasidan o‘quv kurslari tinglovchilari uchun "Maktab amaliyot" mashg‘ulotlari boshlandi.

Amaliy mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi belgilangan tayanch maktablar va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida olib borilmoqda.

Bunda tinglovchilar auditoriyada o‘rgangan nazariy va amaliy bilimlarini bevosita amaliyotda qanday bajarilishi va rasmiylashtirilishi, yaʼni boshqaruvga doir bilim, ko‘nikmalarni o‘zlari ishtirokida o‘rganib, tajribaga ega bo‘ladilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
#Eko_oromgoh

Eko-oromgoh loyihasi doirasidagi seminar-treninglarga start berildi


Ayni damda Respublikamiz boʻylab "Eco Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo 117 ta ta'lim muassasalari uchun seminar-treninglar shaklidagi oʻquv eko-oromgohlarga start berildi.

❗️Mazkur loyiha doirasidagi ilk treninglar Qoraqalpogʻiston Respublikasida bo'lib o'tdi. Unda loyihaga a'zo 21 ta maktab uchun Nukus shahridagi Prezident maktabida seminar-treninglar tashkil etildi.

➡️ Oʻquv mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar va ularning ustozlari uchun "7 qadam metodologiyasi" hamda loyiha doirasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi.

Shundan soʻng, 2021-yildan buyon loyihaga a'zo boʻlgan maktablar bilan birgalikda davra suhbatlari boʻlib oʻtdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Вазир_жамғармаси

VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA

Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.

Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝 Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM