Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
104K subscribers
22.6K photos
6.2K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida YUNISEF Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro ekspert ishtirokida amaliy seminar tashkil etdi. Tadbirda MMTV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar ko‘rib chiqildi: inklyuziv ta’limni rivojlantirishda keyingi qadam qanday bo‘lishi kerak, barqaror amalga oshirish uchun qaysi bilim instrumentlari kerak, o‘qitish jarayonida ishtirok etayotgan barcha tuzilmalarning harakatlari uyg‘un bo‘lishi qanday ta’minlanadi. Shu va boshqa savollar tadbirning munozarali va mazmundor o‘tishini belgilab berdi. Seminarning muhim jihati — ishtirokchilar guruhda ishlab, inklyuzivlikni ta’minlash masalalarida fikrlar uyg‘unligiga erishishga harakat qildilar.

В рамках проекта «Инклюзивное образование» ЮНИСЕФ совместно с МДШО организовали рабочий семинар с участием международного эксперта. В мероприятии приняли участие специалисты Министерства дошкольного и школьного образования, Национального агентства социальной защиты, Республиканского научно-методического центра развития образования, а также представители международных организаций.

На семинаре были рассмотрены интересующие участников вопросы: как сделать следующий шаг в развитии инклюзивного образования, какие инструменты знаний нужны для устойчивой реализации, как обеспечить согласованность действий между всеми вовлеченными в процесс обучения структурами. Эти и другие вопросы придали мероприятию дискуссионный и информативный характер. Важным моментом семинара стала интерактивная работа в группах, где участники на практике старались достичь согласованности взглядов в вопросах обеспечения инклюзивности.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni

OʻQUVCHILARNI TOʻGARAKLARGA JALB ETISH UCHUN SAMARALI LOYIHAGA START BERILDI


🇺🇿Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

📌 Tadbirga tumandagi 10-,42-,59-,324-,19-,115-,20-maktablaridan jami 50 nafar oʻquvchilar tanlab olinib, taklif etildi.

Ochiq eshiklar kuni davomida oʻquvchilarga toʻgaraklar faoliyati yaqindan tanishtirilib, mahorat mashgʻulotlari ham tashkil etildi.

🔰Tadbir so'ngida oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlash maqsadida ular oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazildi.

Soʻrovnoma natijalari asosida oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan toʻgaraklarda bir oy davomida Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabidagi toʻgaraklarga tajriba tariqasida BEPUL jalb qilinadi.

▪️Ushbu toʻgaraklarni toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilarga sertifikat berilishi koʻzda tutilgan.

📌Ma’lumot o'rnida: ushbu loyiha respublikamizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablariga bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Pedagog_maqomi
#Tаълим_ислоҳоти

Ustoz va shogird “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi Qonun haqida


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

❗️ Ushbu videolavhada mazkur Qonunning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Unda Qonun bilan ustozlar uchun kafolatlangan huquqlar haqida so’z boradi.

⚡️Yangi O’zbekiston - ta’limda yangi marralar sari!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bog‘cha va maktablar qurish bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etiladi

“Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-65-son, 08.02.2024 y.) qabul qilindi.

🏢 Qarorga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi (Kompaniya).

2024–2026-yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Kompaniya maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

📝 Unga obyektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqi beriladi.

🔍 Kompaniya obyektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta obyektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi.

📁 Kompaniyaga mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC – Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul

Buxoroda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi


Ushbu sayyor qabul aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yanada kuchaytirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, mavjud muammolarni o‘rganish va joyida tezkorlik bilan hal etish maqsadida tashkil etildi.

🔹Sayyor qabul davomida:

jismoniy va yuridik fuqarolarning ish bilan ta’minlash,
farzandini ta’lim muassasalariga joylashtirish kabi masalalarda jami 12 ta murojaat qabul qilinib, ularning 5 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.


❗️Yechimi va o‘rganishi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Vazir So‘x tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kuni kecha Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi qator ta’lim muassasalaridagi mavjud shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

⚡️Hududdagi eng chekka - Hushyor qishlog'ida joylashgan 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mas’ullari va tarbiyachilari bilan uchrashuvda tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, soha pedagoglari malakasini oshirish bo‘yicha qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mahalliy aholi farzandlarini imkon qadar maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish, maktab tayyorlov guruhlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha mas’ullar va tarbiyachilarning takliflari tinglandi.

Vazir Hilola Umarova bog‘cha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’lim maskani binosini qayta ta’mirlash, qayta jihozlash bo‘yicha bildirgan takliflarni qo‘llab-quvvatladi.

Vazirlik va hudud mas’ullari, tuman hokimligi vakillariga ushbu masalani ijobiy hal etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

⚡️Shundan so‘ng Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy bayram dasturi tashkil etildi. Unda bolajonlar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

🔹 Ma'lumot uchun: mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotida 180 nafar bolalar ta'lim-tarbiya olmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududingizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklardan boxabar bo’lib borishni istaysizmi?

Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar hududiy boshqarmalari telegram sahifalarini kuzatib boring:

Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – https://t.iss.one/kkeduuz

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/and_vxtb

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/samarqandvxtb

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/sirdaryommtb

Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/Jizzaxedu

Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/bvxtb

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/surxonvmmtb

Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/fvxtb

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/namanganv_xtb

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/Xorazm_MMTB

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/toshkentvxtb

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/qashqadaryo_vxtb

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/navoiy_viloyat_mmtb

Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB