Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida tashkil etilgan o'quv yig'inining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo'mondoni o'rinbosari Sarvar Mamayusupov o'qituvchilarni o'quv yig'inida muvaffaqiyatli ishtirok etishgani bilan tabriklashdi.

Shundan so'ng ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, ularning kelgusi ishlarida omad tilashdi.

🔹Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun 5 kun davom etgan seminarlar davomida, jumladan:

Taym menejment-vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va boshqarish,
Harbiy topografiya va uning ahamiyati,
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish haqida so'z bordi.

📍 Shuningdek, ishtirokchilar uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi”ga ekskursiyalar ham tashkil etildi.

✔️Ma'lumot o‘rnida: "Temurbeklar maktabi"da bo‘lib o‘tgan ushbu o'quv yig'inida Respublikamiz bo'ylab 56 nafar CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koreys tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

💬Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshchiligida A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya taʼlim markazi hamkorligida koreys tili fani o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o'rinbosari Uzoqboy Begimqulov hamda Koreya Respublikasi Elchixonasining Bosh konsuli Kuk Chan Hyon ochib berdi.  

Unda maktabgacha va maktab ta'limi tizimi, xususan, malaka oshirish tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmuni, ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha erishilgan yutuqlar va dolzarb muammolar haqida so'z yuritildi.

❗️Shuningdek, koreys tili fani o'qituvchilari uchun mazkur malaka oshirish kurlari maktablarda koreys tilini o'qitish sifatini yaxshilashda muhim omil bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

O'quv kurslariga respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari jalb etildi. O'quv kurslarini olib borish uchun mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Koreya Respublikasi tomonidan til egalari taklif etildi.

🔵Toshkent shahridagi Adju Universitetida tashkil etilgan mazkur kurslardagi dars mashg'ulotlari Koreyaning Kukminde universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda olib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazilmoqda.

❇️Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriligi Ta'lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Abduqodir Karimberdiyev, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Pedagoglarga malaka toifalarini berish va sertifikatlash bo'limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma'ruza qildilar.

🔰Seminarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, tuman bo'limlari yetakchi mutaxassislari hamda umumta'lim maktablari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari qatnashmoqda.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB