Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.3K photos
6.01K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️500 ta maktabda yangi baholash imtihonlari o‘tkazildi. Yangi tizimning afzalliklari nimada?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur maktab o‘quvchilarining ikkinchi chorak yakuniy bilimlari yangi baholash tizimi orqali sinaldi.

🔴 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.

🔹Bunda o‘quvchilar choraklik davomida olgan bilimlarini tegishli fanlarga oid berilgan test savollariga to‘g‘ri javobni belgilash orqali sinovdan o‘tkazdi. Maktablarga test savollari kitobchalari va javoblar varag‘i to‘liq yetkazib berildi.

🔹Imtihon jarayonlari vazirlik hamda sohadagi tegishli mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.

❗️Ma’lumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga bo‘linadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1410

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Karimov Rasuljon Rafiq o’g’li —Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1992-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug’ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tashkiliy-kadrlar va axborot-taxlil bo‘limi mudiri, Toshkent shahar Kengashi apparati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mudiri,
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kreditlash va investision faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, kichik biznesni kreditlash va mikrokreditlash bo‘limi mutaxassisi,
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘lim mudiri, “Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish” bo‘limi bosh mutaxassisi va “Kamalak” bolalar tashkiloti bo‘limi bosh mutaxassisi,
Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi,
Andijon shahridagi Prezident maktabi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi Andijon viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning dushanba kuni, soat 15:00 dan 17:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: https://t.iss.one/Murojaatlar_robot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yurtimiz maktablarida Yangi yil bayrami o‘tkazilmoqda

Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 219-umumtaʼlim maktabida Yangi yil bayrami bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida maktab jamoasi va o‘quvchilar faol ishtirok etdi. Ertak qahramonlari va o'quvchilar quvnoq musiqalarga raqsga tushib, qo'shiq aytdi.

Tadbirga Qorbobo va Qorqizning tashrifi bayramga yana-da fayz kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчилар_қурултойи

TOSHKENT VILOYATI: SOHANI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR 200 GA YAQIN TAKLIFLAR BILDIRILDI
 

Bugun Toshkent viloyatida “Ustoz – ta’lim bunyodkori” shiori ostida  “O‘qituvchilar qurultoyi”ning viloyat bosqichi tashkil etildi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ochib berib, tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.

❗️Tadbirda, shuningdek, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan samarali ishlar, erishilgan yutuqlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

⚡️Qurultoy davomida ishtirokchilar tomonidan sohani yanada isloh etish yuzasidan 200 ga yaqin takliflar bildirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida bir guruh faol, tashabbuskor va fidoyi o‘qituvchilarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“O’qituvchilar qurultoyi” doirasida kunning birinchi yarmida ustozlar uchun seminar- treninglar ham tashkil etildi.

Shoʻbalarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan:

ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o‘qitish metodikalari,
o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash,
o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan ta’lim,
mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil shukuhi: maktab va bog‘chalarda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Yangi yil eng uzoq kutilgan va sevimli bayramdir. Mazkur bayramni bolajonlar katta quvonch bilan qarshi olishadi. Bu, albatta, yangi yil archasi, qorbobo, turli sovg‘alar hamda ko‘tarinki kayfiyat ostidagi o‘yin-kulgilar bilan bog‘liq.

Yaqinlashib kelayotgan mazkur bayram munosabati bilan joylarda turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, bayram Urgut tumanidagi 121-maktab, Surxondaryo viloyatidagi 18-DMTT, Kitob tumani maktabgacha taʼlim muassasalari, Buxoro shahridagi 27- va 71-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faollik bilan nishonlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Qurbonov Farrux Ergashevich – Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1985-yilda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Buxoro viloyati, Jondor tumani xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi;
Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasining Nazorat va tahlil guruhi rahbari va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;
Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti Nazorat materiallarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i,
Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida tizimda samarali faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @bvxtb_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Erkin Muradov "Mening yurtim" telekanalining "Obyektiv" ko'rsatuvida ishtirok etdi va 2023-yilda ta'limda amalga oshirilgan islohotlar haqida to'xtalib o'tdi.


Unda ta'lim tizimida joriy yilda amalga oshirilgan yirik loyihalar xususan:

o'qituvchilarning huquqiy maqomini oshirish,
4K metodikasi asosida o'qitish,
xorijiy tillarni o'qitishni yangi bosqichga olib chiqish,
yurtimizdagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritish uchun taklif etilgan xorijlik mutaxassislar hamda
maktablarda o'quvchilarni kasb-hunarga o'qitishni yo'lga qo'yish haqida so'z bor
di.

👉 Batafsil: https://youtu.be/lKezCvD1f2k

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yoshlar Ishlari agentligi oʻquvchilar uchun ajoyib sovgʻa tayyorladi!

Nobel mukofoti laureati Karl Viyeman tashabbusi bilan yaratiligan dunyoga mashhur Kolorado Universiteting PhET platformasi agentligimiz tashabbusi bilan endi toʻliq oʻzbek tilida!

Endilikda uydan chiqmasdan, hech qanday zarur laboratoriya jihozlarisiz 100 dan ortiq interaktiv simulyatsiyalar orqali Matematika, Fizika, Biologiya, Kimyo hamda Tabiat haqidagi fanlarga oid mavzularni yanada mukammal oʻrgana olasiz! Eng muhimi platformaning oflayn nusxalari orqali undan internetsiz foydalanish imkoni ham mavjud.

Oʻqituvchilar esa oʻzlarining simulyatsiya mavzulariga oid boʻlgan topshiriq, test va dars ishlanmalarini platforma orqali hamkasblari hamda oʻquvchilar bilan ulasha oladilar. Bunday hamkorlikda oʻqish va oʻqitish orqali yoshlarimiz yanada fanlarni mukammal oʻzlashtirishadi.

Umid qilamizki, taqdim etilgan ushbu imkoniyaidan barcha unumli foydalanadi.

Oʻylanib oʻtirmang, PhET orqali oʻrganing!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz boshlang‘ich sinf o‘qituvchisimisiz?

Bu sohaga oid eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lish va hamkasblaringiz tomonidan yaratilgan dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar hamda boshqa qiziqarli materiallar bilan muntazan tanishib borishni xohlaysizmi?

Unda «Boshlang‘ich ta'lim» jurnalining telegram-kanaliga a'zo bo‘ling.

Sizga kerakli bo‘lgan barcha ma'lumot shu yerda jamlangan!

🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️

Вы - учитель начальных классов?

Хотите быть в курсе последних новостей сферы начального образования, знакомиться с передовыми разработками уроков, методическими рекомендациями коллег, а также другими интересными и полезными публикациями?

Тогда присоединяйтесь к Телеграм-каналу журнала "Начальное образование".

Вся необходимая для Вас информация собрана тут!
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Dolimov Sherzod Abdumutalovich – Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1978-yil Farg'ona viloyati, Quva tumanida tug'ilgan.

Bunga qadar turli yillarda:

Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi “Metodika markazi” AKT mutaxassisi,
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multmediа umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi Server maydonchasini boshqarish bo‘limi veb xizmati administratori,
Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Nazorat-tahlil bo‘limi boshlig‘i, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalari va darsliklar bo‘limi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash 4 oylik kursi tinglovchisi,
Farg‘ona viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari,
Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,
Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

❗️Qabul kuni: haftaning chorshanba kunlari 16:00 dan 18:00 gacha.

👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @FVMMTBaloqaBot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Президент_совғаси

"PREZIDENT SOVG'ASI" RESPUBLIKAMIZNING BARCHA HUDUDLARIGA YETIB BORDI

Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari barcha hududlarga yetib bordi.

❗️Ushbu sovg'alar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

Ma'lumot o'rnida: "Prezident sovg'asi" tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, dars magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

⚡️Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM