Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
121K subscribers
21.6K photos
6.05K videos
140 files
12.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️SIRDARYO: “O’QITUVCHILAR YAGONA KUCHGA AYLANISHI KERAK”

Bugun Guliston shahrida ham "Ustozlar ta’lim bunyodkori" mavzusida “O‘qituvchilar qurultoyi” bo‘lib o‘tdi.

⚡️Uchrashuvni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Temur Komilov ochib berib, tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.

❗️Muloqot davomidа ustozlarning tizimni yanada isloh qilish borasidagi taklif hamda mulohazalari tinglandi.

Tadbir yakunida ta'lim-tarbiya tizimiga munosib hissa qo'shgan pedagoglarning 4 nafariga "Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishonlari topshirildi.

Shuningdek, 7 nafar o‘qituvchi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining faxriy yorliqlari, qolaversa yangi baholash tizimi joriy qilingan umumta'lim maktablarida shaffoflikni ta'minlagan Xovos tumanidagi 30- hamda Guliston shahridagi 15-umumta'lim maktablari jamoasi vazir tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 23, 2023
Forwarded from "KLASS!"
December 24, 2023
December 24, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
December 24, 2023
Forwarded from TRM Metodik yordam
December 25, 2023
⭕️⭕️⭕️⭕️

QISHKI TA’TIL DAVOMIDA BEPUL TOʻGʻARAK MASHGʻULOTLARIGA NIMA DEYSIZ?!


▪️"Barkamol avlod" bolalar maktablarida QISHKI TA'TIL kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash maqsadida bolalar uchun 7 yo‘nalishdagi to‘garaklarning quyidagilarini respublikamiz bo'ylab BEPUL tashkil etishni e'lon qiladi!
 
    Jumladan,
Madaniyat va san’at yo‘nalishi bo‘yicha: 
Tasviriy san’at
Milliy va jahon raqslari
Estrada-vokal

Texnika, konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishi: 
Kubik-rubik
Kompyuter dizayn va grafikasi

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi:
Shaxmat va shashka
Stol tennisi

Hunarmandchilik va qo‘l mehnati yo‘nalishi bo‘yicha
Mayda plastika
Munchoqli bezak
To‘qish

Oliy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
Mental arfimetika

Xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha
Ingliz tili
Rus tili

Batafsil ma'lumot olish👈

Qishki ta’tilni  biz bilan maroqli oʻtkazing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 25, 2023
Forwarded from Zamin Foundation
December 25, 2023
December 25, 2023
#Президент_совғаси
#Press_tur

“Prezident sovg‘asi” karvoni yo'lga tushdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.

Bugun poytaxtimizda “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlari doir tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.

⚡️Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

❗️“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1406

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 25, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
December 25, 2023
⚡️Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar хodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

🔹maktab direktorlariga – 50 foiz;
🔹direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.

❗️Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:


umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;

sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 25, 2023