Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Buxoro

QURULTOY BUXORODA: O‘QITUVCHILARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH MUHIM AHAMIYATGA EGA

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "O‘qituvchilar qurultoyi" uchrashuvlarining viloyat bosqichi mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Bugun Buxoro viloyatida qurultoy doirasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi va ochiq muloqot tashkil etilib, ustozlarning fikr-mulohazalari, sohani yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan takliflari tinglandi.

Shuningdek, tadbir davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari ham muhokama qilinib, tizimni yanada isloh qilishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, o'qituvchilarni yagona kuchga aylantirish va ularni kasbiy rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z bordi.

❗️Ochiq muloqot davomida 20 nafar fidoyi ustozlar "Xalq ta'limi a'lochi" ko'krak nishoni, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari va viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

✔️Shundan so'ng o‘qituvchilar uchun xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan zamonaviy metodikalar asosida dars o'tish va o'quvchilarda 4K ko'nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

⚡️ "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan uchrashuv va treninglar ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarida Yangi yil bayrami quvnoq tarzda tashkil etilmoqda.

❄️Fotosuratlarda poytaxtdagi 60-umumta’lim maktabi, 532-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Samarqand shahridagi 54-maktab bayram shodiyonalari aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#PISA

OECD rahbariyati bilan PISA 2022 tadqiqoti natijalari va PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT - OECD) bosh kotibining maxsus maslahatchisi, Ta'lim direksiyasi rahbari Andreas Shlyaher o‘rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda vazirlik mas'ullari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ta’lim masalalari bo‘yicha bosh tahlilchisi Tyu Xalgrin va maslahatchi Katerina Obvinseva ishtirok etishdi.


Mazkur uchrashuvda tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qilishdi:

PISA 2022 tadqiqotida yuqori natijalarga erishgan davlatlar tajribasini o‘rganish hamda ular bilan ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash;
IHTT bilan hamkorlikda maktab direktorlari va o‘qituvchilarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, o‘qitish metodikalarini yaxshilash;
PISA 2025 tadqiqotiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rish hamda tadqiqot natijalari asosida tendensiyalarni tahlil qilish.

⚡️Shuningdek, onlayn uchrashuv davomida tomonlar ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram