Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Ўқитувчилар_қурултойи

"O'QITUVCHILAR QURULTOYI"DA BIR GURUH SAMARQANDLIK FAOL O'QITUVCHILAR TAQDIRLANDI

Bugun "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida o‘tkazilayotgan Samarqanddagi "O'qituvchilar qurultoyi" doirasida soha xodimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ochib berdi va tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda rejalashtirilgan loyihalar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so'ng tizimni yanada isloh qilish borasida ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tingladi.

❗️Qurultoyda bir guruh samarqandlik faol o‘qituvchilar "Xalq ta’limi fidoyisi" "Xalq ta’limi a’lochisi", shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

⚡️Tadbirda, shuningdek yangi baholash tizimiga o'tib, jarayonlarda halollik va shaffoflikni ta'minlagan Samarqand shahridagi 14- hamda Kattaqo'rg'on shahridagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoalariga vazirlikning tashakkurnomalari va sovg'alari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_qutqaruvchi

“Yosh qutqaruvchilar” forumi bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda “Yosh qutqaruvchilar” forumi oʻtkazildi.

Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo’ldoshev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, mas’ullar hamda Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarda tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” klublaridagi oʻquvchilar va ustozlar ishtirok etishdi.

Tadbirda favqulodda vaziyatlarga qanday yo'l tutish, jabrlanganlarga yordam ko'rsatish hamda bu kabi tadbirlar va musobaqalarning ahamiyati haqida so'z yuritildi.

❗️Forum davomida, shuningdek "Yosh qutqaruvchi" harbiy-musobaqasida g'olib bo'lgan oʻquvchilar va ularning ustozlariga qimmatbaho sovgʻalar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

✔️Ma'lumot o'rnida: bu kabi forumlar oʻquvchilarda favqulodda vaziyatlarda jamoatchilik harakatini toʻgʻri yoʻnaltirishga koʻmaklashish va aholini qutqarish borasoda zaruriy koʻnikmalarni rivojlantirishga koʻmaklashadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Nurli maskan” maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha “Nurli maskan” maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi tashkil etildi.

Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va “Zakovat intellektual klubi” NTT bilan hamkorlikda o‘tkazilgan turnirdan maqsad, o‘quvchilarni intellektual salohiyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida mantiqiy fikrlashni shakllantirish, masalaga jamoa bo‘lib javob topish ko‘nikmalarga o‘rgatish hamda tengdoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatishdan iboratdir.

Musobaqaning Respublika bosqichida hududiy sinovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan respublikadagi 17 ta jamoadsn 102 nafar (har jamoada 6 nafardan) o‘quvchi qatnashdi.

✔️Musobaqa Nizomiga ko‘ra, jamoalar 3 ta bosqichda bahs olib borishdi va har bir bosqichda 10 tadan jami 30 ta savolga javob berishdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahs yakuniga ko‘ra:

🥇1-o‘rin — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Nurli maskan” maktab-internati;

🥈 2-o‘rin — Navoiy viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internati;

🥉3-o‘rin — Jizzax viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internatiga nasib etdi.

⚡️G‘oliblar turnir tashkilotchilari tomonidan pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live

🔴Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘quvchilar va yosh o‘qituvchilar forumi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvi boshlandi.

❗️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat hamda sohaning eng yetuk yosh pedagoglari va o‘quvchilar ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram