Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🌳 Barchaga salom!

Shu ikki kun davomida Yangihayot tumani 331-son maktab o‘quvchilari bilan birgalikda daraxt va butalar ekdik.

Olmazor tumani Olimpiya mahallasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlarida bizga sodiq do‘stlarimiz — Toshkent shahri 102 va 106-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, 81-sonli maktab va Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ekofaollari ko‘maklashdi.

😊 Yordam uchun katta rahmat, bolalar!

🌳 Всем привет!

Эти два дня мы вместе со школьниками 331 школы Янгихаётского района сажали деревья и кустарники.

В махалле Олимпия Алмазарского района к посадкам присоединились наши верные друзья — экоактивисты из специализированных школ-интернатов для слабослышащих детей №102 и 106, 81 школы города Ташкента и спецшколы Ибн Сино.

😊 Ребята, большое спасибо за помощь!

Zamin | Facebook | Instagram
#Survey

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.

✔️Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.

❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉 https://forms.gle/UfkpBGXDxT1JNPCz6

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🗺Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da kuchli uchlikdan oʻrin olgan oʻquvchilarimiz Toshkentga qaytib keldi.

📝Ularni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi masʼullari, ota-onalari va yaqinlari kutib olishdi.

Maʼlumot uchun, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidaziz Abdujalilov hamda 9-sinf o‘quvchisi Paxlavon Gʻulomovning yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“HUQUQIY-MA'RIFIY BILIMDON” IJODIY KO'RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI

Namangandagi “Yangi O'zbekiston – Yoshlar ziyo maskani”da mazkur tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjayev qatnashib, ishtirokchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Yakuniy natijalariga ko’ra:

Tasviriy san’at yo’nalishida:

1-o’rin - Toshkent viloyati Mirzahmetova Samira,
2-o’rin - Namangan viloyati Tursunov Shukrullo,
3-o’rin - Sirdaryo viloyati Kulchaboyev Asadbek;

Insholar yo’nalishida:

1-o’rin – Qashqadaryo viloyati Mehriniso Mardonova,
2-o’rin-Toshkent shahri Madina Sodiqova,
3-o’rin- Samarqand viloyati Dilfuza Ablaqulova;

Mening huquq va majburiyatlarimyo’nalishida:


1-o‘rin - Sirdaryo viloyati “Huquqshunoslar” jamoasi,
2-o‘rin - Buxoro viloyati “Adolat” jamoasi,
3-o’rin - Samarqand viloyati “Yosh yuristlar” jamoasi egallashdi.

🎗G’oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
2 875 nafar o‘quvchi bepul avtobus orqali Respublika bolalar kutubxonasiga sayohat qildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasini rivojlantirish maqsadida Respublika bolalar kutubxonasiga sayohat uchun bepul avtobus tashkil qilindi.

Avtobus Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablariga qulaylik yaratish maqsadida ajratilgan.

Mazkur avtobus “Men Respublika bolalar kutubxonasiga ketyapman”, “Я еду В Республиканскую детскую библиотеку” yozuvlari bilan bezatilgan bo‘lib, uni shahar ko‘chalarida ko‘rishga ham ulgurishdi.

Hamkorlik natijasida bugungi kunga qadar 2 875 nafar o‘quvchi bepul avtobus orqali Respublika bolalar kutubxonasiga sayohat qilgan.

Respublika bolalar kutubxonasiga borish istagida bo‘lgan maktablar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlarining masʼul xodimlariga haftaning dushanba-juma kunlari buyurtma berish orqali o‘quvchilarini sayohatga olib borishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
2875 школьников города Ташкента посетили Республиканскую детскую библиотеку на бесплатном автобусе

С целью популяризации книжного чтения среди школьников совместно с Фондом развития культуры и искусства был организован бесплатный автобус для поездки в Республиканскую детскую библиотеку.

Автобус был выделен Фондом развития культуры и искусства для создания удобства ученикам общеобразовательных школ Ташкента.

Этот автобус украшен надписями “Men Respublika bolalar kutubxonasiga ketyapman”, «Я еду в Республиканскую детскую библиотеку».

В результате сотрудничества 2875 учащихся уже воспользовались бесплатным автобусом.

Школы, желающие посетить Республиканскую детскую библиотеку, могут взять своих учеников в путешествие, сделав заказ с понедельника по пятницу ответственным сотрудникам отделов дошкольного и школьного образования города Ташкента.
#8_dekabr_Konstitutsiya_kuni

“Konstitutsiya – taraqqiyot poydevori” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Ayni vaqtda butun Respublikamizda joylashgan ta’lim muassasalarida Bosh Qomusimiz qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Unda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, barchani ushbu sana munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda Bosh Qomusimizning yaratilish tarixi, uning hayotimizning har bir jabhasidagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.

❗️Shuningdek, vazirlik mas'ullari ham so'zga chiqib, Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolati ekani haqida atroflicha fikr bildirishdi.

⚡️Tadbir doirasida vazirlik xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusidagi diktantlar tanlovi g'oliblari vazir tomonidan taqdirlandi.

〰️
Savodxon xodimlarga diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram