Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Press_tur

Bugun Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning Angren shahriga tashkil etilgan press-tur o’z nihoyasiga yetdi.


⚡️Unda OAV xodimlari viloyatning:

o’quvchilarni kasb-hunarga o’qitish,
inklyuziv ta’lim,
uydagi ta’lim,
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati Angren shahri misolida tanishtirildi.
_
Fotolavhalarda shahardagi 17-sonli umumta’lim maktabi va 14-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Хalqaro_hamkorlik
#Инклюзив_таълим

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❗️Unda vazirlik mas’ullari, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakili Ya.Checherina, milliy konsultant Sh.Toʻxtayarova, Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni isloh qilish boʻyicha xalqaro konsultant Yudit Xollenvegerlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida:

Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy asoslar,
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish borasida olib borilayotgan ishlar,
pedagoglar va ota-onalar uchun ishlab chiqilgan metodik adabiyotlar haqida soʻz bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

21-oktabr - O’zbek tili bayrami arafasida “Yilning eng yaxshi o’zbek tili o’qituvchisi” tanlovi g’oliblari aniqlandi.


G’oliblarni taqdirlash marosimidan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo’lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#ona_tilim_faxrim

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taqdim etadi.

Oyina.uz portalida e’lon qilingan oʻzbek tili bilan bog‘liq sara maqolalar dayjesti:


🗝 O‘zbek tili turkiy xalqlar orasida muloqot tili bo‘la oladi – Husayin Baydemir, turkiyalik professor

🗝 Til bayrami qayerda qanday nishonlanadi?

🗝 “O‘sha davrda “boshlovchi”ni boshida miyasi bor odam taklif qilgan deb o‘ylamayman” – o‘zbek tilidagi xashak so‘zlar xususida

🗝 Bizda faqat kattalargina oʻzbekcha gaplasha oladi degan tushuncha shakllangan edi – oʻzbek tili uchun jon kuydirayotgan boshqa millat vakillari

🗝 Imloviy xatolarga eʼtiborsiz qarasak, bu ijtimoiy meʼyorga aylanadi – Mavlon Marasulov bilan suhbat

🗝 Tilni himoya qilish millatchilikmi – Davlat tili muhofazasi qanday bo‘lishi kerak?

🗝 Suydirgan ham til, kuydirgan ham til – o‘zbek xalq maqollari

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тилим_байраминг_муборак

Olmazor tumanida joylashgan 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilarining 21-oktabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan bayram tabrigi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Tilim_bayraming_muborak

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan 22-sonli Mehribonlik uyida 21-oktabr -O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi.

❗️Tadbirga tashrif buyurgan Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jurayev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Temur Komilov, tuman hokimi va prokurori ishtirokida yoshlar bilan birgalikda manzarali ko‘chatlar ekishdi.

Bayram tadbirlari doirasidagi “Eng mazali osh tanlovi” da ishtirok etgan tarbiyalanuvchilar esa munosib rag‘batlantirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram