Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_18

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 Vazir jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustama tug‘ruq ta’tili davrida ham to‘lanadimi?

➡️ 01:25 Bizning hududdagi maktabda nemis tiliga mo‘ljallangan sinf mavjud emas. Ota-onalar istagiga binoan nemis tili sinfi tashkil etish mumkinmi? Buning tartibi qanday?
 
➡️ 02:44 1-sinfga onlayn hujjat topshirganda ariza to’ldirishda xatolikka yo’l qo’yilsa, uni qanday to’g’rilash mumkin?
 
➡️ 04:13 Bizning maktabimizda internet yo‘qligi sababli internet trafigi uchun o‘z yonimizdan pul sarflashimizga to‘g‘ri kelmoqda. Yurtimizdagi, ayniqsa chekka hududlardagi maktablarni internet bilan ta’minlash choralari ko‘rilyaptimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

📆 Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga, 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi"

✔️ Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlangan bo’lib, ushbu havola orqali yo’riqnoma bilan tanishishingiz mumkin.

❗️ Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 10-avgustigacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🖊 Ихтисослаштирилган мактабларга жорий ўқув йилида қабул ва имтиҳон жараёнлари

АОКАда Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори ва мутасаддилари иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали
тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

📹 Жонли эфир

〰️〰️〰️〰️
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 XUSHXABAR

❤️‍🔥Joriy yilning 16-25-iyul kunlari Shveytsariya davlatida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) o‘zbekistonlik o‘quvchilar

🥇2️⃣ ta oltin,
🥈1️⃣ta kumush,
🥉1️⃣ta bronza medallarini
qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoa tarkibi:

🥇Azizbek Nazarov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi,
🥇Abdulloh Mahmudov - Uchtepa tumani, 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi,
🥈Shahzoda Hakimova - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Sohibjon Dilmurodov - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

😄TABRIKLAYMIZ!

Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang!
Keyingi хalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✈️👉@olimpdep
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz ajoyib natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga 150 foiz har oy 100 foizlik ustama oladi.

Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman. 

Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
#Imtihon_natijalari
#Birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

❗️Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali https://portal.piima.uz/page/ps1

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan butun Respublikamiz bo'ylab umumta'lim maktablariga kompyuter jihozlarining yetkazib berilayotganligi haqida xabar bergan edik.

✔️Video-lavhada Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

❗️Respublikaning boshqa hududlariga ham kompyuterlar bosqichma-bosqich tarzda yetkazib beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Sirdaryo

Bugun Guliston shahrida Maktablarni isloh qilish bo‘yicha viloyat kengashi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

📍
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablar direktorlari ishtirok etishdi.

❗️ Vazir Hilola Umarova tomonidan viloyatdagi ta'lim jarayonlari tahlil qilinib, quyidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi:

✔️Sirdaryo viloyatidagi maktablarda Prezident maktablari tajribasi joriy etiladi.

Bunda Sirdaryodagi 10 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) va yana 11 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning yangicha o‘qitish hamda baholash tizimi asosida darslar yo'lga qo'yiladi.

✔️ Viloyat bo'ylab jami 11 ta maktabda kasb o‘rgatish va ikkinchi xorijiy tillarni o‘qitish jarayonlari joriy etiladi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida:

✔️Sirdaryo tumanidagi “Furqat” va “Farovon” mahallalarida xususiy sektorni jalb qilgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish hamda

✔️maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish bo'yicha takliflar ilgari surildi.
___________
📈 Ma'lumot o‘rnida, so‘nggi 5 yilda viloyatda 13 ta yangi maktablar barpo etilib, qo‘shimcha 7 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan.

Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi ham yaxshilanib, 39 foizga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus maktab-internat tarbiyalanuvchilari o‘rtasida paralimpiada tashkil etiladi

🏆“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining ikkinchi mavsumi maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.

Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida mazkur musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari hamda Toshkent shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Unda mazkur musobaqalarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, o‘tkazish tartibi, musobaqa nizomi va qulay sport turlari yuzasidan o'zaro fikr almashildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Tashkent #26July #IChO_2023

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM