Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” tashkiloti Brend va strategik tashabbuslarning ijrochi direktori Lamiya Favvaz bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ “Zayed Barqaror rivojlanish sovrini” dasturi doirasida 600 ming AQSH dollari sovrin jamg‘armasiga ega, maktab o‘quvchilari tomonidan yashil energetika sohasida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish tanlovida vazirlik tizimidagi maktablar ishtirokini ta’minlash,

▶️ istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Shuningdek, BAA mehmonlari tomonidan vazir Hilola Umarova joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan BMTning COP28 konferensiyasiga taklif etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Hurmatli umumta’lim maktablarining Informatika fani o‘qituvchilari!

GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati
bekor qilinganligi va unga to‘lanadigan ustama pullari to‘lab berilmasligi yuzasidan sizlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarga javoban, to‘lovlar to‘xtatilmagani, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilariga ustamalar mazkur sertifikat olingan davrdan boshlab belgilangan tartibda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.

Ushbu sertifikat uchun to‘lovlar faqat Informatika fani o‘qituvchilariga tatbiq etilib, GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati uchun boshqa fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarga ustama to‘lanmasligi bo‘yicha qonuniy ko‘rsatma berilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Жаҳоннинг_илғор_тажрибасини_ўрганамиз

XXI ASR O‘QUVCHILARIDA QANDAY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRMOQ LOZIM?

O‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim metodlari bilan tanishtirib berish maqsadida “Xorijning ilg‘or tajribasini o‘rganamiz” rukni tashkil etildi.

XXI asrning 4 K belgisi haqida eshitganmisiz?

❗️Bu ko‘nikmalar o‘quvchilar uchun juda muhim bo‘lib, ularga muammolarni hal etish, birgalikda ishlash va yechim topish imkoniyatini beradi.

👉 https://telegra.ph/XXI-ASR-OQUVCHILARIDA-QANDAY-KONIKMALARNI-SHAKLLANTIRMOQ-LOZIM-03-03
XUSHXABAR

Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarimiz Osiyo chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritdi

Avval xabar berganimizdek, 2–11-mart kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida ilk bor Eshitishida nuqsoni bo’lganlar о‘rtasida Taekvondo bo’yicha Osiyo chempionati bо‘lib о‘tmoqda.

Unda O'zbekiston sharafini himoya qilgan 13 nafar sportchi 2 ta oltin 🥇 2 ta kumush 🥈, 7 ta bronza 🥉medallarini qo'lga kiritdi.

Ushbu Osiyo chempionati g'oliblarining 8 nafari Toshkent shahridagi 101-sonli eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o'quvchilaridir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
#Vazirga_murojaat

📣MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIDA “VAZIRGA MUROJAAT” PORTALI ISHGA TUSHIRILDI!

❗️Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar!

Endi siz:
▶️ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
▶️ korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
▶️ tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.

⚡️Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.

TA’LIM VA TARBIYAGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
_____

📣В МИНИСТЕРСТВЕ ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЗАПУЩЕН ПОРТАЛ «ОБРАЩЕНИЕ К МИНИСТРУ».

Уважаемые учителя, воспитатели, родители!

Теперь у вас есть возможность отправить предложения и обращения:

▶️по улучшению качества образования,
▶️о коррупционных правонарушениях,
▶️инициативы, проекты, мнения и комментарии в портал обращений vazir.uzedu.uz.

⚡️Данные предложения, инициативы и комментарии будут находиться под моим личным контролем и изучены специалистами министерства. Основываясь на ваших обращениях мы будем внедрять новые проекты в образование.

КАЖДЫЙ ИЗ НАС В ОТВЕТЕ ЗА ОБРАЗОВАНИЕ И ВОСПИТАНИЕ НАШИХ ДЕТЕЙ!