Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida hozirga qadar 24 mingdan ziyod o‘quvchilar sayohat qilishdi

Joriy yilning 2-yanvar kunidan boshlab “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" shiori ostida o‘quvchilar ishtirokida mamlakatimizning diqqatga sazavor joylariga sayohat tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘quvchi-yoshlarning ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan sayohat tadbirlariga har bir hududdan 400 nafardan, jami 5 ming 600 nafar maktab o‘quvchilarini qamrab olish belgilangan.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar tashabbusi bilan sayohat tadbirlariga qo‘shimcha ravishda o‘quvchi-yoshlar jalb etilmoqda.

Hozirga qadar “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida (mahalliy hokimliklar tashabbusi bilan hisoblaganda) 24 000 dan ziyod o‘quvchi-yoshlarning sayohatlari tashkil etildi.

Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/895

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Istiqboldagi_rejalar

▪️Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar belgilandi.

Jumladan
:
🫠O'quvchilar qamrovini oshirish;
🫠Kadrlar salohiyatini oshirish;
🫠Ta'lim sifatini oshirish;
🫠Madaniy-ma'rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish;
🫠Targ'ibot ishlari samaradorligini oshirish.

Batafsil videolavhada ko'rishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimidan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/y3/news/896


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Qishki ta’tilni “Zakovat” savollari bilan o‘tkazing!

📝 Barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til muddati uzaytirilgani sababli, o‘quvchilar va talabalarning, umuman, barcha aholining vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Zakovat viktorinasi" tashkil etilmoqda!

Viktorinada ertadan boshlab (10-yanvar)
6 kun davomida har kuni 5 tadan mantiqiy savollar berib boriladi.

Savollar @zakovat telegram kanalida har kuni soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da bittadan e’lon qilib boriladi.

Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi o‘z hisobiga 1 ochko qo‘shib qo‘yadi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lishlari uchun o‘z hisoblariga imkon qadar ko‘proq ochko qo‘shishlari lozim bo‘ladi. 6 kun davomida jami 30 ta savol o‘ynalganidan keyin ochkolar bo‘yicha "Kuchli uchlik"ka kirgan ishtirokchilarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilinadi!

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:

@zakovat_intellektual_bot

❗️Eslatma: Viktorina ishtirokchilariga hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lib, unda barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from ITSM
⭕️⭕️⭕️

❄️ Qishki ta'til uzaytirildi! 🥶 Ammo sovuq kunlar hali oldinda. 🌨️ Shuning uchun uyda qoling va zamonaviy kasblarni mutlaqo bepul o'rganing. 👨‍💻

📢 Qanday deysizmi

💻 Maktab.uz platformasida:
- dasturlash;
- grafik dizayn;
- robototexnika;
- video va foto tahrirlash;
- samarali muloqot;
- yetakchilik
singari zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish imkoniyati mavjud.

️ Maktab.uz platformasidagi videodarslarni o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin. 🤩

Maktab.uz:
🍏 App Store | 🛒Google Play

Izoh*
Beeline Uzbekistan - aloqa operatori barcha abonentlari maktab.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

QISHKI TA'TIL DAVRIDA ONLAYN SPORT TANLOVIDA ISHTIROK ETING VA QIMMATBAHO SOVRINLARNI QO‘LGA KIRITING!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘quvchilar uchun onlayn sport tanlovini e’lon qiladi!

🔰I. SHARTLARI QANDAY

👨‍💻➡️ BU JUDA ODDIY

1️⃣ Bunda maktab o‘quvchilari o‘z oila a'zolari bilan ishtirok etishlari lozim. O‘quvchilar o‘z uyida umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali sportning insonga foydali tomonlarini ochib berishlari kerak bo‘ladi.

2️⃣ Ishtirokchilar tanlov davomida ko’rsatilayotgan mashqlar takrorlanmasligi hamda ko’rsatayotgan mashqlari aniq va sifatli bajarilishi, mashqlarni ketma-ketlik asosida bajarishlari talab etiladi.

3️⃣ Ishtirokchilar onlayn tanlov jarayonini 3 daqiqadan oshmagan holda video tasvirga olib, 2023-yil 9-17-yanvargacha @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga a’zo bo’lib, uning admini @Yoshlik_mk telegram manziliga yuborishlari zarur. 😀

😀II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY

Tanlov natijalari quydagicha aniqlanadi, eng sifatli, shartlarni aniq va to‘g’ri bajargan holda yuborilgan video roliklar saralanib 2023-yil 17-yanvar kunidan boshlab @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga joylashtiriladi hamda 2023-yil 20-yanvar kuni Markaziy kengash tomonidan g’oliblar aniqlanadi va telegram kanalda e'lon qilinadi.

🎁III. G‘OLIBLAR QANDAY MUKOFOTLANADI

🥇🖥1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga TELEVIZOR topshiriladi.

🥈🚲2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga sport VELOSIPED topshiriladi.

🥉🚲3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga VELOSIPED topshriladi.

Quydagilar talab etiladi.
1️⃣ O‘quvchining F.I.O
2️⃣ Yashash manzili, ta’lim olayotgan maktab haqida ma'lumot.

😀Quyidagilar taqiqlanadi.
1️⃣ Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar.
2️⃣ Bitta videorolikni takroran yuborish.
3️⃣ Belgilangan vaqtdan oshmasligi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🌟 Ta'til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan onlayn olimpiadalar davom etadi.

❄️
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan ta'til kunlaridan unumli foydalanishlari va o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari uchun onlayn olimpiadalar davom etadi.

💠 Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!
👉 https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

🧊 Onlayn olimpiadalar 2023-yil 15-yanvar soat 24:00 ga qadar davom etadi.

⚠️ Ishtirokchilar o‘z natijalari hamda sertifikatlarini 17-yanvar kuni tizimdan ko‘rib yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

❗️Olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunda Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasida ayrim vakolatlar berilgan.
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zamonamiz_qahramonlari
❇️“O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI” – ORZUIMNI RO‘YOBGA CHIQARDI

🔹O‘quvchilari har yili fan olimpiadalarining viloyat, respublika bosqichlarida munosib ko‘rsatkichlarni qayd etib kelishayotgan ayni bir paytda Buxoro shahridagi 35-IDUMning biologiya fani o‘qituvchisi Mirjalol Ahmedov joriy yilda bo‘lib o‘tgan “O‘qituvchilar olimpiadasi"ning respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹“O‘quvchilik paytlarimda doim fan olimpiadasining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lishni orzu qilganman. "Oqituvchilar olimpiadasi" ana shu orzularimni ro‘yobga chiqardi” deydi u.

🔹O‘ziga xos mahorat egasi bo‘lgan oliy toifali bu pedagog 2022-yilda umumta’lim fanini bilish darajasini belgilovchi imtihonda yuqori ball bilan Milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi ustamasiga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 31-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

Mamlakatimiz va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilib, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlayotgan harbiy xizmatchilar!

Sizlarni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan muborakbod etaman.

Mardlik va matonat, Vatanga sadoqat timsoli bo’lmish ushbu sanada yurtimiz tinchligini himoya qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz posbonlariga kuchli iroda, mustahkam sog'liq, omad va baxt yor bo’lishini tilayman!

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo’lida qilayotgan mehnatlaringizni biz yuksak qadrlaymiz.

Oilalaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin, barcha orzularingiz ro'yobga chiqsin, sharafli kasbingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilayman!

Hurmat bilan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farģona viloyati Quvasoy shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bòlgan (kar)bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-sonli maktab-internati jamoasi va òquvchilari bugungi sana munosabati bilan barcha Vatanimiz himoyachilarini chin qalbdan tabriklaydi.

Va ushbu qòshiqning surdo tarjima kòrinishidagi aksini sizlarga bayram tabrigi sifatida taqdim etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: "Ҳамма раҳбарлар шуни ҳис этиши керак: энди бундай давом этиши мумкин эмас"

Президент: "Все руководители должны осознать: так больше продолжаться не может"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter