Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
21K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🌱"Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabida 4 noyabrdan 9 noyabrgacha gibrid tarzda Eko-IT oromgohi o‘tikazilmoqda. Oromgoh ishida butun O‘zbekistondan 22 ta maktab o‘quvchilari va pedagoglari ishtirok etadi.

🍃Eko-IT oromgohining dasturi xilma-xil: xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, insonning tabiatga ta’siri to‘g‘risidagi amaliy seminarlar, mustaqil tadqiqotlar o‘tkazish, maishiy va issiqxona sharoitlarida "aqlli sug‘orish" orqali suvni tejash bo‘yicha smart-yechimlarni ishlab chiqish, qog‘oz va plastikni qayta ishlash bo‘yicha mahorat saboqlari, suv tozalash ob’ekti, havoni monitoring qilish stansiyasi, chiqindi poligoniga ekskursiyalar va ko‘plab boshqa tadbirlar.

🌍Maktab o‘quvchilarini havo va tuproq ifloslanishi sharoitida O‘zbekiston suv resurslaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, chiqindi poligonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi haddan ortiq iste’mol qilish muammosi, ko‘kalamzorlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi.
♻️Eko-IT oromgohi doirasida ekofaollar ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan amallarni bajaradilar.

🙌Eko-IT oromgohining hamkorlari: Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi, FAO.

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Besh_tashabbus_festivali
❇️BUXORODA “BESH TASHABBUS” TADBIRLARIDA O‘QUVCHILARI FAOL ISHTIROK ETGAN MAKTAB JAMOALARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Batafsil 👉https://telegra.ph/bvxtuz-11-04

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
QO‘QONDA “OQILA QIZLAR” 1-ANJUMANI
  
Qo‘qon universitetida Qo‘qon shahar xalq ta’limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchi-qizlarining  “Oqila qizlar” 1-anjumani o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan anjumanda  qizlarni kasb-hunar egallashi va oliy ta’limga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni adabiyot, san’at, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari, o‘z  tengdoshlarini ham nufuzli olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish, “Odobli o‘quvchi qiz” qiyofasini shakllantirish kabi masalalar muhokama etildi.

Mazkur anjumanda viloyat hokimligi,  Qo‘qon universiteti mas’ul xodimlari va Qo‘qon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan iqtidorli qizlarning faolligini oshirish borasidagi takliflari tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, anjumanda Xalq ta’limi vazirining maslahatchisi Nasiba Mamaraimova 1-chorakda o‘zining a’lo baholari, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun Qo‘qon shahar 1-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Tolibjonova Sevara Rustamjon qizining onasi Dilraboxon Tolibjonovani Xalq ta’limi vazirligining Tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
 
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Финляндия таълим тажрибаси бизга нима беради?

Айни дамда 191-умумтаълим мактабида Финляндия таълим тажрибасини апробациядан ўтказиш учун танлаб олинган мактаб жамоалари учун малака ошириш курслари олиб борилмоқда.

Курсларнинг биринчи кун тафсилотлари ҳамда Финляндия таълим тизими афзалликлари ҳақида ушбу видеолавҳада танишиш мумкин.
To‘xtamurod Jumayev nomidagi 2-Qorako‘l matematika olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi

Toshkent shahridagi 81-son ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi hamda bosh homiy Artel kompaniyasi, Asaxiy korxonasi va “Qorako‘l ZIYO” nodavlat ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda To‘xtamurod Jumayev nomidagi 2-Qorako‘l matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi tashkil etildi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan 500 nafarga yaqin 5-11-sinf o’quvchilari ishtirok etdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanib, jami 21 nafar g’olib ARTEL kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Faol ishtirok etgan 5-8-sinf o‘quvchilariga ASAXIY kitoblari topshirildi.

Батафсил: 👉https://uzedu.uz/uz/news/816

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram |Youtube |Facebook |Instagram
Forwarded from Rustam Karimjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xalq ta’limi vazirligining 📺YouTubedagi Milliy ta’lim resurslari rasmiy kanalida o'quvchi-yoshlar uchun yangi davrga mos 25 xil yo’nalishdagi zamonaviy IT-kasblarni 🖥 sodda, qulay va tushunarli ko‘rinishda hamda eng asosiysi o‘z ona tilingizda mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyati mavjud.

🎞 Youtubedagi Milliy ta’lim resurslari rasmiy kanali doimiy ravishda yangi video kurslar bilan boyitilib borilmoqda. ⬇️

🖥 Video kurslar ro'yxati:

1. Foto tahrirlash
2. AutoCAD
3. Logistika (Dispatch)
4. 2D Animatsiya
5. 3D Animatsiya
6. 3D MAX Start
7. 3D MAX Interyer
8. 3D MAX Eksteryer
9. Frontend
10. JavaScript Node JS
11. Elektron tijorat
12. Digital marketing
13. Android dasturlash
14. Видео монтаж
15. Microsoft excel jadvalining asosiy elementlari
16. Biznesni tashkil etish asoslari
17. Sun'iy intellekt
18. 3D animation (Character animation)
19. Composing
20. FX Simulation
21. Motion graphics
22. 3D animation (Character animation)
23. Personaj modeling
24. Shaxsiy rivojlanish
25. SMM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM