Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
123K subscribers
21.5K photos
6.04K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Solih Al-Gahra Al-Otaibi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida turli sohalarda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, soha doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalıqaralıq_birge_islesiw

Xojeliniń oqıwshıları Ullı Britaniyada tálim sayaxatında boldı


🤔Prezident sıylıǵı ushın ótkerilgen "Shet tillerin oqıtıw boyınsha eń jaqsı mektep" tańlawınıń Qaraqalpaqstan Respublikalıq basqıshında 1-orındı iyelegen Xojeli rayonı 3-sanlı ulıwma orta bilim beriw mektep oqıwshıları Ullı Britaniyada tálim sayaxatına barıp keldi.
___________
#xalqaro_hamkorlik

Xo‘jaylilik o‘quvchilar Buyuk Britaniyada ta’lim sayohatida bo‘ldi

🤔 Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 1-o‘rinni egallagan Xo‘jayli tumani 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Buyuk Britaniyada ta’lim sayohatiga borib keldi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
🔎Web   🌐 Instagram   🌐Facebook
Telegram   🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Hindistonning "Priyadarshani Group of Schools" direktori Doktor Rajendra Singh boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida "Priyadarshani Group of Schools" tomonidan taklif etilayotgan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda xususiy maktablar tashkil etish bo‘yicha loyiha istiqbollari muhokama qilindi.

Xorijiy delegatsiya vakillari o‘z taqdimotlarini namoyish etib, mazkur loyiha bo‘yicha takliflarini bildirishdi.

Uchrashuvda ta'lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi rejalar bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_rivojlanish
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Sankt Peterburg universiteti bilan hamkorlikda informatika va fizika fani ustozlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Bugun mazkur kurslarda ishtirok etgan ustozlarga sertifikatlar taqdim etildi hamda mahorat darslari davomida egallangan yangi tajribalar davra suhbatida muhokama qilindi.

Mashg‘ulotlar davomida:

ta’limda "4K" dan foydalanish,
darsda yangi innovatsion usullarni qo‘llash hamda o‘quvchilarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash,
ta‘limdagi zamonaviy tendensiyalar va sun’iy intellekt haqida so‘z bordi.

📍 Treninglar Sankt Peterburg universiteti professor-ustozlari tomonidan olib borildi.

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik_
#Press_tur

Kembrij xalqaro tashkiloti eksperti Qoraqalpog‘istonda

☄️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kembrij xalqaro tashkiloti eksperti Stiv King va ommaviy axborot vositalari ishtirokida media tur tashkil etildi.

Dastlab ishtirokchilar Nukus shahrida yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tashkil etilgan "Kardar academy school" nomli nodavlat xususiy maktabga tashrif buyurib, u yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

☄️ Shuningdek, Stiv King xizmat safari davomida Nukus shahridagi 46-ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bo‘lgan umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Mazkur maktabdagi Kembrij sinflarida o‘quvchilar bilan ingliz tilida suhbatlashdi. Suhbat davomida eng yaxshi ingliz tilida so‘zlashuvchi 2 nafar o‘quvchiga planshet sovg‘a qildi.

☄️ So‘ngra Nukus shahridagi Prezident maktabida bo‘lib,yaratilgan qulayliklar va o‘qituvchilarning dars o‘tish uslublari bilan tanishib, o‘z takliflarini bildirdi.

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM