Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.5K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishidagi mas'ul xodimlar uchun o‘quv-
seminar o‘tkazilmoqda.

O‘quv-seminar davomida:

ta'lim muassalari faoliyatini tashkil etish;
maktab ta'limi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
maktablarda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish;
ta'lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirilmoqda.

📆 O‘quv-seminarning birinchi bosqichi joriy yilning 28-oktabr kuniga qadar davom etadi hamda vazirlikning 473 nafar hududiy bo‘linmalar mas'ul xodimlar ishtirok etadi.

Keyingi bosqichda 10 mingdan ortiq maktab direktorlari uchun kaskad usulida o‘quv-seminarlar tashkil etiladi hamda soha xodimlarining kasbiy va huquqiy savodxonligi oshiriladi.

💬 Seminar jarayonida ishtirokchilardan olingan taklif va muammolar tahlil qilingan holda ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan loyihalar ishlab chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Direktorlar Kengashi hamda Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamkorligida “Taʼlimda liderlikni rivojlantirish: Ilhom va eʼtirof kuni” mavzusidagi seminar trening tashkil etildi.

🔹Ushbu seminar trening menejerlik sertifikatini qo’lga kiritib, Jizzax viloyati Direktorlar Kengashi tavsiyasiga koʻra oʻz faoliyatini boshlagan umumtaʼlim maktabi direktorlari, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga samarali boshqaruvning o’ziga xos jihatlari, ta’limdagi yangi tajribalar to’g’risida ma’lumot berish, ularni yangi faoliyatga ilhomlantirish maqsadida tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida “Samarali maktab boshqaruvi”, “Taʼlimda liderlarni ilhomlantirish”, “Muvaffaqiyatli maktab yaratish” kabi koʻplab motivatsion psixologik treninglar olib borildi.

Tadbir yakunida Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining badiiy namoyishlari ham taqdim etildi.
#Мактабгача_таълим
#Seminar_trening

Hududlarda MTT metodistlari uchun o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tmoqda


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Respublikamiz bo‘ylab “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

📍 Reja asosida bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida treninglar bo‘lib o‘tdi. Unda 2 660 nafar metodist ishtirok etdi.

Mavzu doirasida xususan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor o‘rinbosarining o‘rni va masʼuliyati masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Unda:

tashkilotdagi maʼnaviy muhitni rivojlantirish,
tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
pedagog xodimlarning namunaviy etika qoidalarini to‘liq egallashlari mavzularida so‘z bordi.

Tadbirlar doirasida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom rivojlantiruvchi muhit yaratish asoslari” mavzusida taqdimot ham bo‘lib o‘tdi.
_____________
📍 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining III o‘zbek-rus ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur konferensiya “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish: ilg‘or tajribalar va hamkorlik istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan.

Konferensiya doirasidagi o‘quv seminarida 100 nafarga yaqin tarbiyachilar, metodistlar hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda mas‘ullar tomonidan:

"Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodikalardan foydalanish, shaxsga qaratilgan ta'lim",
"Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning psixofiziologik o‘ziga xosligi",
"Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglarni tayyorlash: xorijiy tajriba" kabi mavzularda ma'ruzalar tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM