Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
106K subscribers
22.4K photos
6.18K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosimlar
#30sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlaridan videolavha.

#Bayram_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Og‘ir kunlar ortda qoldi, qadrli ustozlar!

Aziz ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak. Sizlar qahramonimizsiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi
#Ustoz_shogird

O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov va uning shogirdi Sunnatillo (Jaxongir) Abduvaliyev

"O‘zbekkonsert” DM axborot xizmati

🌐Website| Telegram |🌐 Instagram
Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezidentning 1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigiga munosabatlar
#1oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
📣 Bogʻcha direktorlari uchun oʻrinbosarlar, 20 foizlik ustama, mobil malaka oshirish xizmatlari va imtiyozlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

👉 Unga koʻra:

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-avgustga qadar:

maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi hamda maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlari oʻzaro uzviyligi va muvofiqligi taʼminlanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;

barcha tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor oʻrinbosarlaridan malakali trenerlar guruhi shakllantiriladi;

trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.

2025-yil 1-martdan boshlab:


tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari (4 ta auditoriya koʻrinishidagi avtobuslar negizida) joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim guruhlari ochiladi.

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim shakli joriy etiladi;

davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda maktabgacha taʼlim yo‘nalishining sirtqi va kechki taʼlim shakli bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi va ularga maktabgacha taʻlim yoʻnalishida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

2024-yil 1-oktabrdan boshlab:

jismoniy shaxs bir paytning oʻzida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi boʻyicha toʻlash amaliyoti joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

qamrov darajasi past boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, ushbu Farmon asosida:

Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maktabgacha taʻlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari ham ragʻbatlantiriladi;

davlat oliy taʻlim muassasalariga ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati.

Ko‘rib, baho berishingiz mumkin.

@hilola_umarova