Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.2K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Barkamol_avlod_bolalari

📍NAVBATDAGI MANZIL - QASHQADARYO!

📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.

📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili QASHQADARYO VILOYATI!

⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!

Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

📌Ma'lumot uchun:
"Barkamol avlod bolalari” festivali avgust oyi davomida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qo‘qon shahridagi 27-maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Mazkur maktab binosining asosiy qismi 2012-2014-yillarda ta’limdan boshqa sohalarga berib yuborilgan edi.

Hozirda maktab to‘liq ta’lim tizimiga qaytarildi va Investisiya dasturi doirasida butunlay ta’mirlanmoqda.

Yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ushbu ziyo maskani hudud maktablari uchun har jihatdan namuna bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @TilAdabiyot_bot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat bot | Muhokama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON MEZBONLIGIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGINING "FUTBOLIMIZ KELAJAGI-SENING QO'LINGDA" SHIORI OSTIDAGI FUTBOL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Respublika bosqichida boʻlib oʻtgan murosasiz baxslardan soʻng mos ravishda 3-oʻrinni Sirdaryo viloyati jamoasi, 2-oʻrinni Namangan viloyati jamoasi egallagan boʻlsa yakunda chempionlik Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabi oʻquvchilaridan iborat Andijon viloyati jamoasiga nasib etdi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona viloyatida xizmat safarida boʻlib qaytdik. Belgilangan uchrashuv, yigʻilishlarimizdan soʻng Xayrixon ayani koʻrishga bordim.

Bu uchrashuvning qiziq tarixi bor. Xayrixon Meliboyeva 90 yoshni qarshilagan, bu inson butun hayotini ta’lim berishga sarflagan. Biroz vaqt avval onaxonning yaqinlari menga murojaat yuborib, salomatligi va yashash sharoiti ogʻir ahvoldaligini bildirgan edi. Vaziyatni oʻrganganimizda haqiqatan onaxonda sogʻliq, dori-darmonlar, uy-joy bilan bogʻliq muammolar borligini aniqladik. Mahalliy hokimlik, homiylar ham chetda turmadi, moddiy yordam, xonadon taʼmiri boshlab yuborildi. Shu oʻrinda ularga ham minnatdorlik bildiraman.

Albatta, pedagoglarimiz, faxriylarimizning ijtimoiy himoyasi, salomatligini tiklashi borasida qilishimiz kerak boʻlgan ishlarimiz koʻp. Buning uchun vazirlik kasaba uyushmalari bilan oʻqituvchilar uchun turli ijtimoiy paketlar, dam olish maskanlariga yuborish choralarini oʻylayapmiz.

Sizlarni ham faxriy pedagoglar, taʼlim bergan ustozlaringiz holidan xabar olib turishga chaqiraman. Shaxsan men oʻquvchilarga 41 yil fidoyilik bilan taʼlim bergan Xayrixon aya kabi pedagoglarimiz oldida hamisha taʼzimdaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#видеоқўлланма

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish davom etmoqda.

🖥 Quyidagi videoqoʻllanma orqali Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaatlarni yuborish tartibi batafsil koʻrsatib oʻtilgan.

👉 Maʼlumot uchun: murojaatlarni, shuningdek:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyati davlat idoralari ochiqligini taʼminlash borasida oʻtkazilgan reytingda yuqori baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.

👉 Unga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning oʻz vaqtida rasmiy veb-sayt va Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirilishi holati davlat organlari va tashkilotlari doirasida monitoring qilindi.

❗️Tahlil natijalariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 106 ta davlat organlari va tashkilotlari ichida 80 foizlik natija bilan ikkinchi oʻrinni qayd etdi. Shuningdek, vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ham eng yuqori oʻrinlardan biri (80 foiz)ni egalladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Хorazmda maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan Singapur ta'lim tajribasi asosida "Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar" shiori ostidagi o
quv-seminarlar haftaligiga start berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Taʼlim muassasasi rahbarlari ish faoliyati samaradorligi oshirilmoqda

Bugun poytaxtimizdagi 22-maktabda “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va istiqboldagi rejalar” mavzusida 5 kunlik o‘quv seminar start oldi. Seminarda maktabgacha va maktab taʼlimi tashkiloti rahbarlari, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.

📌Mazkur seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad Olmazor tumanidagi maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, tarbiyaviy ishlar natijadorligini va rahbarlar ish faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

⚠️Seminar mashg‘ulotlari davlat xizmatchisining kasb etikasi va majburiyati, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullari, boshqaruvda qaror qabul qilish va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish mavzularida tashkil etilishi belgilangan.

“Qo‘qon va Marg‘ilon” tajribasi sifatida tashkil etilayotgan mazkur seminarlar 12-avgustdan boshlab barcha hududlardagi taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Seminar yakunida har bir taʼlim tashkiloti rahbaridan 5 kunlik o‘qish davomidagi o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan istiqboldagi rejalari bo‘yicha taqdimoti qabul qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM