Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.5K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KITOBXONLIK FESTIVALI”

✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2024 yil 26 iyul kuni “Kitobxonlik festivali” bo‘lib
o‘tdi.

Festival doirasida:

“Eng faol kitobxon o‘quvchi”
“Eng namunali maktab kutubxonasi”
“Eng kitobxon oila”
“Yilning eng nuroniy kitobxoni”
“Onlayn tanlovlarning eng faol kitobxoni”

Tanlov g'oliblari viloyat Bolalar kutubxonasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Festivalda kitobsevar o‘quvchilar, kutubxonachilar, o‘qituvchilar hamda kitobxon oilalar ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI XORAZMDA

🌍Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⌨️Festival Xorazm viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

Eslatib oʻtamiz, festivaldan maqsad:
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.

🌐Festivalda Xorazm viloyatidan umumiy 19 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Tanlov kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-o’quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yaxshi natija qayd etgan TOP-10 maktablar ro’yxati e’lon qilindi

📊 Jumladan:

✔️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
✔️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
✔️ Toshkent shahridagi Temurbeklar maktabi — uchinchi o’rinda — 152,29 ball;
✔️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
✔️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
✔️Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
✔️Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
✔️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
✔️Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball;
✔️ Farg’ona viloyati chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi oʻninchi oʻrinda147,33 ball.

👉
Batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM