Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
101K subscribers
23.2K photos
6.29K videos
142 files
13.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Эълон

❗️ DIQQAT, TANLOV!

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida shuningdek, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaning 45 yilligi, Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning 40 yilligi hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 35 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.

❗️Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirilgan hujjatlarni 2024-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar [email protected] elektron manziliga yuborishlari lozim.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_nima_deydi
#Xalqaro_olimpiada

Asadzade Rasul,
Ozarbayjon terma jamoasi a’zosi:


Men hozir Ibn Sino olimpiadasida qatnashyapman. Biz jamoamiz bilan Buxoroning bir qator maskanlarida sayohat qildik.

Ulardan biri bu Ibn Sino nomidagi muzeydir. Bu muzey qiziqarli qadimiy buyumlarga boy ekan va mening sevimli joyim bo‘lib qoldi. Muzeydagi ba’zi buyumlar Ibn Sinoning o‘zi tomonidan yasalgani ayniqsa e’tiborga molik.

Sayohat davomida biz Ibn Sinoning tibbiyotga qo‘shgan hissasi haqida gaplashdik. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu maskan sayohat uchun eng yaxshi joylardan biri, deb o‘ylayman.

Imtihon jarayonlarini u qadar qiyin, deb aytolmayman. Hammasi juda yaxshi bo‘ldi, lekin oldindan nimadir deyish qiyin. Bronza yoki kumush medal olishga umid qilyapman.
_____

Abdullah Hajid Alsubai,
Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zosi:


Biz kecha Ibn Sino nomidagi muzeyga bordik. Juda qiziqarli joy ekan. Bu yerda Ibn Sinoning tibbiyot va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ixtirolarini ko‘rdik.

Ibn Sino barcha sharq davlatlarida bo‘lgani kabi mening yurtimda ham juda mashhur. Men uning ba’zi asarlarini o‘qish imkoniga ega bo‘lganman.

Ayni vaqtda o‘tkazilayotgan olimpiada yangi do‘stlar orttirish va boshqa xalq madaniyati bilan tanishish imkonini berayotganligi bilan bizda ajoyib taassurot qoldirmoqda. Olimpiada yakunida yaxshi natijalarga umid qilyapmiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur bilan hamkorlikda maktab direktorlari uchun kasbiy rivojlantirish seminar-treninglari bo’lib o’tmoqda.

Treninglarda xorijlik mutaxassislar tomonidan:

ta’limda ko’zda tutilgan islohotlarni amalga oshirishda maktab rahbariyatining o’rni,
ustozlarning kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash,
islohotlar mazmunini maktab jamoasiga yetkazish, ta’limda menejmentni rivojlantirish,
ta’lim muassasasidagi muhitni yaxshilash haqida so’z bormoqda.

✔️Ta’kidlash joiz, loyiha ustozlar orasida o’zaro qo’llab-quvvatlash, tajriba almashish muhitini yaratishga qaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Фарғона

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ayni vaqtda Farg’ona viloyatida bo’lib turibdi.

Viloyatdagi uchrashuvlar davomida Farhod Boqiyev maktab direktorlari, ularning o‘quv ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi.

Unda bugungi kunda mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotganligi va bu jarayon umummilliy harakatga aylanib borayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, rahbar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish, muallimlarning o‘z bilimlarini muntazam oshirib borishlari, maktablarda o‘tkazilayotgan pedagogik kengashlarning roli va vazifasi xususida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

❗️Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Bag‘dod tumanidagi 46-maktab, Gulnora Matqulobod “Bodomlari” ishlab chiqarish korxonasi qoshidagi maktab to‘garagi faoliyati bilan ham tanishdi.

Ushbu korxona tomonidan maktab o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida to‘garak tashkil etilgan bo’lib, mazkur yo‘nalishda maktabninig 21 nafar yuqori sinf o‘quvchilari bodomni qayta ishlash sirlarini o‘rganmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov Creative Associates International (CAI) prezidenti Leland Kruvant boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda vazirlik va CAIning inklyuziv ta’lim va umuman ta’limni rivojlantirish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli salmoqli yutuqlar qayd etildi.

Muvaffaqiyatli hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonida erishilgan ijobiy o‘zgarishlar uchun har ikki tomon chuqur minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlash joizki, CAI prezidenti Kruvant vazirlik tomonidan taklif etilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini va mamlakatda ta’limni yanada takomillashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilishiga ishonch bildirdi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Creative Associates International kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va inklyuzivlik sohasida hamkorlikda ishlash uchun yangi istiqbollarni ochish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM