Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida malaka oshirish seminari tashkil etildi

Joriy yilning 22-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi kabi qator tashkilotlarning ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash va devonxona bo‘limlari mas’ul xodimlariga malaka oshirish seminari o‘tkazildi.

Malaka oshirish seminari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev tomonidan ochib berilib, muloqot davomida vazirlik tizimida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xususan, vazirlik va uning tizim tashkilotlari, hududlar kesimidagi ijro holati bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan monitoring tizimi haqida batafsil tushuntirish berildi.

Mas’ullar vazirlik devonxonasida ish yuritilish tartibi hamda Axborot tahlil va ijro intizomi bo‘limi xodimlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi va fikr-mulohazalar almashinildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar vazirlik tizimida yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni o‘rganish holati, fuqarolarni qabul qilish tartibi hamda Call-markazi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir davomida vazirlik tajribasi, ya’ni, kelib tushayotgan har bir hujjatni ro‘yxatga olish va uning ijro muddatini belgilash qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish hamda har bir topshiriqning o‘z vaqtida ijro etish tizimi to‘g‘risida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berildi.

Malaka oshirish seminari yakunida vazirlik va idoralarning mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bolalar_folklori

“BOLALAR FOLKLORI” respublika tanlovi oʻtkazilmoqda!


🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
tomonidan ilk marotaba SURXONDARYO VILOYATIDA joriy yilning 27-may kuni “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

❗️ Tadbir doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tadbir davomida
“Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a'zolari tomonidan:

etnografik folklor yo‘nalishidagi ashulla va raqslar,
maqom va baxshichilik,
xalq laparlari
ijro etiladi.

Tadbir soʻnggida “Bolalar folklori” tanlovida faol ishtirok etgan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a'zolari munosib taqdirlanadi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹SAMARQANDDAGI MAKTABLARDA O‘QUVCHILARGA KASB-HUNAR O‘RGATISH  BORASIDA SAMARALI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

⚡️Ayni paytda Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarida  o‘quvchilarga ikkita xorijiy til o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish, bu orqali ularni jamiyatda o‘z o‘rniga ega insonlar bo‘lib kamol topishiga ko‘maklashish, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Samarqand shahridagi 65-umumta’lim maktabida tikuvchilik, sartaroshlik, pishiriq pishirish yo‘nalishlari hamda yapon tili to‘garaklari tashkil etilgan.

💥Samarqand tumanidagi 53-umumta’lim maktabi hududida viloyat hokimi tashabbusi bilan tikuvchilikka ixtisoslashgan "Tadbirkorlik markazi" qurib foydalanishga topshirildi.Ayni paytda bu yerda maktabning o‘quvchi-qizlari dasrdan bo‘sh vaqtida tikuvchilik sirlarini o‘rganmoqda.

🔸Jomboy tumanidagi 14-umumta’lim maktabida tashkil etilgan o‘quvchilarni kasbga o‘qitish markazida ortoped oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda.
Telegram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'iston: Shumanay tumani 1-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar

⚡️Ayni paytda Qoraqalpog'istondagi umumta’lim maktablarida  o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish, bu orqali ularni katta hayotga tayyorlash, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Shumanay tumanidagi 1-sonli maktabda tikuvchilik va ustachilik yo'nalishlarida o'quvchilarga kasb sir-asrorlari o'rgatib kelinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Мактаб_қадрияти

✔️ 2023-2024-oʻquv yilida mamlakatimizdagi 10 mingdan ortiq umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini 400 mingga yaqin oʻquvchilar bitirmoqda.

Bugun ularning har biri qalbida katta orzu va maqsadlari bor. Katta hayotga qadam qoʻyib, oʻz yoʻlini topish niyatida.

📌 Ammo 11 yil davomida jonajon maktabidan olgan mehri va qadrdon ustozlarining saboqlari bir umr ularga yoʻldosh.

Bitiruvchilar bu mehr va qadriyatni uka-singillari — kichik sinf oʻquvchilariga qoldirib ketishadi.

Bu rishta qadriyat sifatida oʻquvchilar orasida doimo saqlanib qoladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.

O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.

Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.


Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:

Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.

Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.

Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglarini malaka (test) sinovlaridan o‘tkazish yakunlari bo’yicha matbuot anjumani boshlandi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Oxirgi qo‘ng‘iroq chalinmagunicha, bir mavzuni muhokama qilishni taklif qilamiz. Sizningcha, nima muhimroq: iqtisodiyotmi yoki ekologiya? Agar bu savolga noto‘g‘ri javob bersak, bu yo‘l bizni qayerga olib boradi?

⌨️ Yozing... Lekin avvalo BMT Taraqqiyot dasturining global tashabbusi — BIOFIN haqidagi ushbu videoni ko‘ring.

🔔 Пока не прозвенел последний звонок, предлагаем подискутировать. Как думаете, что важнее: экономика или экология? И куда приведёт нас дорога, если мы ответим на этот вопрос неправильно?

⌨️ Пишите… Только сначала посмотрите это видео о глобальной инициативе Программы развития ООН — БИОФИН.

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM