Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
97.8K subscribers
24.2K photos
6.42K videos
144 files
13.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Innovatsiyalar yordamida taʼlim sifati oshiriladi

Vena shahrida "Tizimlar va innovatsiyalar yordamida sifatni oshirish" nomli konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yevropa va Markaziy Osiyodan maktabgacha taʼlim sohasidagi ilg‘or va yetakchi mutaxassislar to‘plangan. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha taʼlim agentligi direktori Agrippina Shin ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning birinchi kuni tanishish va tajriba almashish bilan boshlandi. Finlyandiya va Avstriya vakillari maktabgacha taʼlim sohasidagi amaliy bilimlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar o‘yinlarda faol qatnashib, bolalarga o‘yin yondashuvi orqali taʼlim berishning eʼtiborli jihati va ahamiyatini muhokama qildi. Bolalar salohiyatini rivojlantirish, sifatni taʼminlash tizimlari va erta taʼlim uchun mo‘ljallangan makonni loyihalash kabi mavzular ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida Avstriyaning erta rivojlanish markaziga tashrif buyurish rejalashtirilgan. U yerda o‘quv dasturi o‘yin orqali o‘qitish uslublariga asoslangan. Shuningdek, Agrippina Shinning ikkita sessiyadagi chiqishi ham ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan 3 kunlik o‘quv-seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Ayni damda Respublikamiz bo’ylab “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab" tanlovi bo’lib o’tmoqda.

Jarayonlarni shaffof tashkil etish maqsadida testlar to’g’ridan-to’g’ri translyatsiya qilinmoqda:

Qoraqalpog’iston Respublikasi
Toshkent shahri
Navoiy viloyati
Sirdaryo viloyati
Jizzax viloyati
Samarqand viloyati
Xorazm viloyati
Buxoro viloyati
Toshkent viloyati
Andijon viloyati
Namangan viloyati
Farg‘ona viloyati
Surxondaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizning barcha hududlarida Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Fotosuratlarda jarayondan lavhalar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2024

Navoiylik o‘qituvchi attestatsiyada 100 ballni qo‘lga kiritdi

Navoiy shahar 8-maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Suyunova Tilloxon malaka (test) sinovidan 100 ball bilan birinchi toifani qoʻlga kiritdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yakuniga yetti va yopilish marosimini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.

https://vk.com/video-179686746_456239087

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM