Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-21-aprel kunlari iqtisod va geografiya fanlaridan tashkil qilingan saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniga yetdi.

Natijalarga ko‘ra, iqtisoddan 5 nafar hamda geografiyadan 4 nafar iqtidorli yoshlar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi.

Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2024) 22-31-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining, Gonkong shahrida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

Davlatbek Olimov — Toshkent shahar, Toshkent shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Jasurbek Ruziqulov — Qarshi shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Hilola Boymuratova — Termiz shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Azizbek G‘anijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Muslimbek Zaynobiddinov — Andijon shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

🌍Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24-avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

Mansurbek Tursunbayev — Namangan viloyati, Namangan shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
Alisher Safarov — Qarshi shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Hazratbek Ahmadjonov — Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
Jaloliddin Qosimjonov — Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
📣 Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

❗️Unda umumtaʼlim maktablari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1567

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Утверждены методические рекомендации и материалы для итоговой государственной аттестации учащихся выпускных классов

Научно-практический центр педагогического мастерства и международного оценивания Министерства дошкольного и школьного образования разработал спецификации для итоговой аттестации и итоговых государственных аттестационных экзаменов (устных и письменных) по предметам для учащихся выпускных классов.

❗️В них содержатся необходимые методические рекомендации и материалы для итоговой государственной аттестации учащихся 9 и 11 классов общеобразовательных школ, а также специализированных школ и школ-интернатов для детей с особыми образовательными потребностями.

👉 Подробно: https://uzedu.uz/uz/announces/1567

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎 22-aprel — Xalqaro Yer kuni

Ushbu sana 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 50 dan ortiq davlat vakillari tomonidan ma'qullangan.

Bu kun turli mamlakatlarda insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlaydi.

Alohida ta'kidlash joiz: hozirda "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga Respublika boʻylab 117 ta taʼlim muassasalari jalb etilgan va ularning 2 nafari Ekologik taʼlim fondi tomonidan "Yashil bayroq" mukofotiga sazovor boʻlgan hamda xalqaro eko maktab maqomiga ega.

Loyiha yangi maktablarni oʻz ichiga jalb etishni davom etmoqda, zero bunday maktablar soni oʻsishi ekologik taʼlimni keng miqyosda targʻib qilishda yordam beradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada
#таълим_саёҳати

Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning Janubiy Koreyaga taʼlim sayohati yakunlandi

Xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan Koreys tili olimpiadasining 1 — 5-oʻrinlarini egallagan maktab oʻquvchilari Janubiy Koreyada taʼlim sayohatida boʻlishdi.

Unda o‘quvhcilar Jeollanamdo xalqaro taʼlim institutidagi "Global citizens camp" (Global fuqarolar oromgohi) dasturida, Yosu Aqua Planet majmuasi, Okean sanʼat muzeyi, Sariq dengiz boʻyi va Yoosu provinsiyasidagi Xvayang oʻrta maktabiga uyushtirilgan sayohatlarda qatnashishdi.

❗️Sayohat dasturining soʻnggi kunida Seul shahridagi tarixiy Sangyunvan universitetida boʻlishdi va bu yerda xorijiy talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda malaka toifa sinovlariga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprel kunidan boshlab mamlakatimiz boʻylab umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Bugun Andijon viloyatidagi ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida attestatsiyadan oʻtishda talabgorlarga yaratilgan sharoitlar, sinovlarni odilona va shaffof tarzda oʻtishini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar targʻibotiga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi.

Andijon shahridagi Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida oʻtkazilgan press-tur avvalida malaka toifa sinovlariga doir ochiq muloqot oʻtkazildi. Shundan soʻng jurnalistlar attestatsiya jarayonlarini bevosita kuzatishdi, yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TALIS 2024 tadqiqotining asosiy soʻrovnoma jarayonlari yakunlandi

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 4 — 18-aprel kunlari yurtimizdagi tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan 210 maktabda Oʻqitish va taʼlim olishni oʻrganish xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy soʻrovnoma jarayonlari oʻtkazildi.

Tadqiqotlar belgilangan barcha maktablarda tasdiqlangan rejaga muvofiq toʻliq tashkil etildi. Unda qatnashishi rejalashtirilgan 4 507 nafar oʻqituvchining 4 436 nafari (98,46 %) ishtirok etdi. Mazkur tadqiqot maʼlumotlari oʻrnatilgan tartibda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga taqdim etildi.

Maʼlumot uchun: TALIS 2024 tadqiqoti natijalari 2024-2025-yillar davomida IHTT hamkorligida tahlil qilinadi va natijalar 2025-yilning soʻnggida xalqaro miqyosda eʼlon qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_soati

Oʻtkazilgan navbatdagi “Vazir soati”da muhim masalalar muhokama etildi


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohada olib borilayotgan qator vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan maktab taʼlimini rivojlantirish, oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimi va sifatini oshirish, malaka toifa sinovlarini oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

🔹Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi qator maktablarda oʻquvchilarni 27 ta turdagi kasb-hunarga oʻrgatish tizimi joriy etilganligi hamda bu tashabbus oʻz samarasini berayotganiga urgʻu berib oʻtdi. Vazirlik hamda hududiy masʼullarga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar darajasini yanada jadallashtirish vazifasi qoʻyildi.

🔹Jumladan, kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini ish beruvchi yirik korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish, hududiy masʼullar va maktab direktorlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, 2024-2025-oʻquv yilidan oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan maktablarda “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishini joriy etish boʻyicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda joriy yilda oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining hududiy bosqichlarini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur choralar haqida fikr yuritildi.

🔹Shuningdek, ayni kunlarda oʻtkazilayotgan malaka toifa sinovlarini namunali tashkil etish, jarayonlarni adolatli va shaffof oʻtkazish boʻyicha masʼullar oldida turgan muhim vazifalar aytib oʻtildi.

👉 Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.