Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_mutaxassislar_nima_deydi

Teijo Koljonen,
Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi Bosh maslahatchisi
:

Biz finlyandiyalik ekspertlar O‘zbekistonga bir hafta muddatga kelganmiz. Bunday asosiy maqsad, yurtingiz ta’lim tizimini o‘rganish hamda muayyan yo‘nalishlarni rivojlantirish borasida o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashishdan iborat.

Bizning bu boradagi loyihamiz 4 komponentdan iborat. Birinchisi liderlik va boshqaruvni rivojlantirish, ikkinchisi o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, uchinchisi inklyuziv ta’lim, to‘rtinchisi esa ta’lim tizimida baholash yo‘nalishi hisoblanadi.

📍 Hozirda poytaxt Toshkent shahri va undan tashqari hududlardagi maktablardagi dars jarayonlarida qatnashyapmiz, maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan uchrashyapmiz, muloqotlar qilyapmiz.

Biz O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish qanday ketayotgani va o‘qituvchilar qay sharoitlarda ishlayotganini ko‘rib guvohi bo‘layotganimizdan juda xursandmiz.

Ayniqsa, o‘qituvchilar va maktablar rahbariyati bilan uchrashish asnosida yurtingizdagi ta’lim tizimi va maktablar faoliyati bilan yaqindan tanishib borayotganimiz bizni har tomonlama mamnun qilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirning birinchi o‘rinbosari Puchon universiteti talabalari bilan uchrashdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha taʼlim agentligi direktori Agrippina Shin Toshkent shahridagi Puchon universiteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari talabalarning maktabgacha taʼlim sohasiga oid qiziqtirgan savollariga javob berib o‘tdi hamda tizimda olib borilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar, yoshlarning kelajakda kasb tanlashlarida eʼtibor berish zarur bo‘lgan muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Do‘stona muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuv Universitet talabalarida katta taassurot qoldirdi hamda bunday uchrashuvlar davomli bo‘lishiga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_4

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston terma jamoasi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Xitoyga jo'nab ketdi.

58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 20-27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo'lib o'tadi. Bu yil mazkur olimpiadada 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, mazkur xalqaro olimpiadada terma jamoamiz 2004-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar jami 92 ta medal (10 ta oltin, 27 ta kumush, 55 ta bronza) qo'lga kiritilgan. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi mamlakatimizda 2008, 2013, 2022-yillarda, jami 3 marotaba o'tkazilgan.

Jamoamiz a'zolari bilan tanishing:

Rahimov Daler — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Abdullayeva Saida — Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;
Bahodirov Ahrorbek — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Adhamov Elyorbek — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Zuhriddinov Biloliddin — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Muxammadov Mirjaxon — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

Jamoamiz a'zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

👉 Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 9-maktab o'qituvchisi Aziza Qo'shmurodova attestatsiya sinovlarida 94 ball natijaga erishdi. Ustoz jarayonlar haqida shunday deydi:

— Test sinovlari o'tkazilayotgan bino zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Kompyuter stollarining atrofi o‘ralib, kuzatuv kameralari mavjud.

Jarayonlardan onlayn translatsiyaning yo‘lga qo‘yilganligi, ishtirokchilar va ularning yaqinlariga kutish, buyum, kiyimlarini saqlash joylari tayyorlanganligi, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlanganligi barcha pedagoglarga ma'qul kelmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir o‘rinbosari ishtirokida onlayn qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev tomonidan videokonferensaloqa vositasida onlayn qabul tashkil etildi.

Onlayn qabulda Andijon va Namangan viloyatlaridan 7 nafar fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Barcha murojaatlarga batafsil javob berilib, mas’ullarga yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Ziroat Mirziyoyeva Quvasoydagi 90-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat va Farg‘onadagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari holidan xabar oldi.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi bolalarning IT oromgohidagi yutuqlaridan hayratlandi, robototexnika va mexatronika bo‘yicha yangi darsliklar bilan tanishib, o‘quvchilar axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatga erishishlarida IT ta’limining ahamiyatini va bu sohada zarur ko‘nikmalarni egallash muhimligini ta’kidladi.

Зироат Мирзиёева навестила ребят из специализированной школы-интернат №90 в Кувасае и Ферганской специализированной школы №1.

Председатель Попечительского совета Фонда Zamin была впечатлена успехами детей на IT-лагере, ознакомилась с новыми учебниками по робототехнике и мехатронике, подчеркнув важность IT-образования и получения школьниками необходимых навыков для успешного старта в сфере информационных технологий.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube