Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
104K subscribers
22.6K photos
6.2K videos
141 files
12.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
📣📣📣📣📣

Xalqaro geografiya olimpiadasiga saralashning hududiy (viloyat) bosqichiga start berildi.

Ishtirokchilarga 30 ta uch xil qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari taqdim qilindi va 50 ball bilan baholanadi.

Har bir hudud bo’yicha 1-2-3-o’rinlarni egallagan o’quvchilar saralashning yakuniy bosqichida ishtirok etadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
⭕️⭕️⭕️

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini e’lon qiladi.

📝 Aksiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi: kitoblar ro‘yxati maktab o‘quvchilari yosh toifasi (1-4-sinf; 5-9-sinf; 10-11-sinflar kesimida) inobatga olingan holda shaklantiriladi.

❗️ Aksiyani umumta’lim maktabida o‘tkazish uchun direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va maktab kutubxonachisi mas’ul hisoblanadi.

📚 Aksiya davomida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar mart oyining oxiriga qadar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va kutubxonachi tomonidan savol-javob va intellektual o‘yin shaklida aniqlanadi hamda ularga maktab rahbariyati tomonidan kitoblar jamlanmasi va sertifikat topshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat eʼlon!
Hurmatli pedagoglar
, Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushurilishi munosabati bilan pedagogik kengash qarori asosida metodik ishlaringizni platformaga joylashtirishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Munosabat

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda umumta'lim maktablari direktorlari, o'qituvchilar "O'zbekiston" telekanalining "Munosabat" tok-shousida ishtirok etishmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalar haqida so'z yuritilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish masalalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba

Ta’lim jarayonida xususan, maktablarda mobil telefonlar taqiqlanishi yoki undan foydalanish tartiblariga qat’iy talablar belgilanishi kerakmi degan mavzu bo‘yicha yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi maktablarda mobil telefondan foydalanish tartiblari o‘rganib chiqildi.

❗️Yurtimizda maktablarda mobil telefondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida tartibga solinadi.

Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni "ovozsiz" rejimga o‘tkazishi) shart.

Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da ham o’quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanmasliklari bilan bog’liq talablar belgilangan.

Xorijiy tajriba qanday?

Qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Avstraliya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Bangladesh kabi davlatlarda maktab o‘quvchilari dars paytida mobil qurilmalaridan foydalanishga cheklovlar o‘rnatilgan.

Belgiya va Buyuk Britaniyada mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatuv va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi.

Ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’siri bois Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.

London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar taqiqlangan maktablarda test natijalari ko‘rsatkichlari 6 foizga yaxshilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish davom etmoqda!

❗️Nizomning 8-10-bandlarida: Ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.

📍Joriy yilning yanvar-fevral oyida belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib qator o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalari berildi hamda ularga "Pedagog kadrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Sertifikat"lar rasmiylashtirildi.

📍Mazkur o‘qituvchilar o‘z Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin!

‼️Malaka toifalari olgan pedagoglarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!

P.S Nizomning 8-10-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar har yili 1 yanvardan 31 dekabrga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning (https://pedkadr.uzedu.uz/) rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Shoshiling

📣 Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish bugun
yakunlanadi!

Eslatib o'tamiz, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

❗️Sinov materiallari bilan vazirlik saytida batafsil tanishing: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
— Bugun bizda so‘rovnoma:
Daraxtlar soni atrofdagi hududning havo haroratiga ta’sir qiladimi?
— Сегодня у нас опрос: Влияет ли количество деревьев на температуру воздуха прилегающей территории?
Final Results
47%
Biroz pasayadi — 2°C gacha / Незначительно снижается — до 2°C
36%
5–10°C ga pasayadi / Снижается на 5–10°C
17%
10°C dan ortiqqa pasayadi / Снижается более, чем на 10°C
4️⃣4️⃣4️⃣

“Barkamollik bahori” hisobot konserti oʻtkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamollik oyligi”ga start berilgan edi.

Shu munosabat bilan “Barkamollik oyligi” doirasida “Barkamollik bahori” hisobot konserti tashkil etilmoqda.

Konsert davomida
“Barkamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan ijro etiladigan:

kuy-qoʻshiqlar;
milliy, zamonaviy va jahon raqslari;
koʻngilochar chiqishlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

☝️Eslatib oʻtamiz, “Barkamollik oyligi” Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida "Madaniyat va san'at" yo'nalishida oʻtkazildi.

Ma’lumot uchun: “Barkamollik bahori” hisobot konserti joriy yilning 4-mart kuni Turkiston san’at saroyida boʻlib oʻtadi!

Barchangizni ushbu hisobot konsertida ishtirok etishga taklif etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab — ilm gulshani!

Maktab ostonasidan ichkariga qadam bosgan har bir ustoz ulkan qalbli bolaga aylanadi.

❗️Ustoz - bu sizu bizga qalb qo‘rini bag‘ishlagan, qo‘lingga qalam tutib, yozishni, o‘qishni, dunyoni anglashga o‘rgatgan, bugungi yutuqlaringizga ozmi-ko‘p beminnat hissasini qo‘shgan insondir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

🔊 Qadrli kuzatuvchilar!

Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.

❗️ Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

➡️ Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

🗺 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash uchun biriktirilgan maktab direktorlari bilan muloqot qildi

Avval xabar qilganimizdek, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 26-yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot davomida berilgan topshiriqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va uning o‘rinbosarlarining har biriga maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoni va maktab muhitini yaxshilash bo‘yicha maktablar biriktirildi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev bu borada biriktirilgan maktablar bilan muloqot qildi.

⚡️Ushbu muloqot davomida:

biriktirilgan maktablarda ta’lim sifati va muhitini yaxshilash,
o‘qituvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish,
o‘quvchilarni kasbga o‘qitish,
tanlov fanlarini joriy etish hamda
maktablarning 2024-yilda erishiladigan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlari muhokama qilinib, maktab direktorlaridan takliflar olindi.

🗓 Shuningdek, har bir biriktirilgan maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, o‘qituvchilar bilan uchrashish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joylarga chiqish grafigi belgilandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Ta'lim muassasalarida Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilyapti

Respublikamiz bo'ylab maktablar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.
___________

Fotolavhalarda Surxondaryo, Xorazm, Qashqadaryoda joylashgan ta‘lim tashkilotlarida o'tkazilgan tadbirlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Singapur

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida suhbat olib borishdi. Xususan:

Singapurning ta'lim sohasidagi tajribasi asosida o‘qituvchilar malakasini oshirish,
dars jarayonlarida zamonaviy metodika va darsliklardan foydalanish,
maktab ta'limi sohasida sun'iy intellekt bilan ishlash yo‘nalishini o‘rganib chiqish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

❗️Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida kelgusida yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM