Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#эътироф
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI “YOSH KITOBXON” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA FAXRLI 3-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

📚Halima Sharopova Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabining 8-sinfida tahsil oladi. Bolaligidan adabiyotga, mutolaaga ishtiyoqmand bo‘lgan bu iqtidorli qizning hozirga qadar o‘qigan kitoblari uch yuztaga yetib qoldi.

📚Hali o‘qishni bilmagan 5-6 yoshlarida jajji qizaloqqa onasi turli ertak kitoblar o‘qib berar, u esa jon qulog‘i bilan berilib tinglardi.

📚-Birinchi sinfda Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini o‘qib berganman. Shundan keyin o‘zi kitob tanlab, o‘qiy boshladi,-deydi onasi Ruxshona Sharopova.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-19

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Kasbiy_rivojlanish

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xalqaro taʼlim boʼyicha Аmerika Kengashlarining Oʼzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamkorligida kasbiy rivojlanish kurslariga start berildi.

✔️Ushbu treninglarda Respublikamiz bo'ylab 66 nafar ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Kasbiy rivojlanish mashg'ulotlari davomida:

baholash va monitoring qilish,
o‘qish jarayonini rejalashtirish,
o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta'lim,
sinfni boshqarish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

❗️Bundan ko‘zlangan maqsad yurtimizda faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish va ularda zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

🔗 Kasbiy rivojlanish seminarlari joriy yilning 17-martiga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Маълумки, ўтган йил июнь ойида Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ташкил этилган эди.

Ўтган даврда 10 дан ортиқ давлатнинг тажрибаси чуқур ўрганилди, ижтимоий хизмат бўйича мутахассис-экспертлар билан ҳамкорликда соҳанинг аҳволи ўрганилди.

Таҳлил ва ўрганишлар кўрсатганидек, одамлар ташвишини ичига кирмаган, ўзидан ўтказмаган эски тизим тубдан ўзгариши керак ва бу мураккаб, комплекс жараён.

Facebook|Instagram|X
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishida protez ishlab chiqarish 90-yillar texnologiyasiga asoslangani, ularni haqiqiy muhtojlarga yetkazib berish tizimi ham to‘g‘ri tashkil etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi.

Ular ishlashi, o‘qishi va kasb-hunar o‘rganishida to‘siqsiz muhit yaratish choralari ko‘riladi.

Bunda, nogironlikni kasallikka qarab emas, balki shaxsning mustaqil harakati, o‘zini o‘zi eplashi, muloqot qobiliyati va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga qarab belgilash tizimiga o‘tiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TASHRIFDAN SO‘NG

Davlatimiz rahbarining andijonlik o‘quvchi-yoshlar bilan muloqotida ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilar taassurotlari...

(Andijon shahridagi Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchisi Marjona Umarova)

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yosh_kitobxon

Qashqadaryolik maktab o'quvchisi ilk bor Prezident sovg’asi – “Cobalt” avtomobiliga sazovor bo’ldi

Bugun “Yosh kitobxon” tanlovning respublika final bosqichida 15-19 yosh toifasi bo’yicha qashqadaryolik Nurmatov Mironshox 312,4 ball bilan g’oliblikni qo’lga kiritib Prezident sovg’asi “Cobalt” avtomobili sohibiga aylandi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi erishilgan yutuq bilan Mironshox va uning oila a’zolarini muborakbod etadi.

Eslatib o'tamiz, Nurmatov Mironshoh Koson tumani 19-maktabni 10-sinfida ta'lim oladi.

@Qashqadaryo_vxtb
Diqqat!
Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushuriladi.

Hurmatli pedagoglar, Sizdan ommalashtirishga topshiriladigan metodik ishlarni 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashiga tavsiya etishingiz so'raladi.

Shuningdek, 2024-yilning 20-fevralidan boshlab ommalashtirishga oid barcha savollar Ommalashtirishuzbot orqali qabul qilinadi va barcha savollarga javob beriladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bo‘lib o‘tgan ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari telekanallarda informatsion, ayniqsa, bolalar dasturlari efirining muayyan qismini surdotarjima, subtitr yoki “yuguruvchi satr” bilan namoyish etish zarurligini ta’kidladilar.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bugungi kunda o‘quvchilar uchun tarbiya, ilm-fan, ingliz tili, koinot, matematika, rus tili, tabiiy fanlar, texnologiya kabi sakkizta yo‘nalishda 120 ta ma’rifiy-tarbiyaviy multfilm surdotarjima bilan tayyorlanib, telekanallarga taqdim qilindi.

Joriy yilda mazkur jarayon davom etadi va shu tariqa barcha o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lgan milliy kontentni boyitib borishga salmoqli hissa qo‘shish niyatidamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM