Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
99.7K subscribers
23.6K photos
6.34K videos
142 files
13.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 2023-2024-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi

Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin. Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

👉Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🔹Unga ko‘ra, ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil etildi.

❗️Loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash;

yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ta’lim turlari va darajalari o‘rtasida uzviylikni va uzluksizlikni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishda vazirlik va idoralarga x,ar tomonlama ko‘maklashish;

ta’lim sifatini nazorat qilish yo‘nalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.


👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1469

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishda topshirilgan hujjatlardagi qaysidir ma’lumotning noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, nomzodga chora ko‘riladimi, to‘langan pul qaytariladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

🔹 Unga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqich (hujjat topshirish yoki imtihon jarayonlari)da pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi.

Topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Shuningdek:


pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi;

mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.


❗️Yodda tuting: pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍👍👍👍👍👍👍

Toʻgarak aʼzolarimizdan navbatdagi XALQARO GʻALABA

🌎 Navoiy viloyatida Xalqaro Mental arifmetika olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

🇺🇿Jumladan, ushbu xalqaro tanlovda Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon hamda Oʻzbekistondan jami 400 dan ortiq oʻquvchilar qatnashdi.

🎉Tanlov davomida eng munosiblar tanlab olinib, xalqaro darajada taqdirlandi.

🎉Quvonarlisi, munosiblar orasida Navoiy viloyati, Navoiy shahar hamda Navbahor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Mental arifmetika” toʻgaragi aʼzolari ham faol ishtirok etib, oliy oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Navbahor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabidan
🏆 Sarvarbek Odilov
🏆 Dilnura Orifova
🏆Sabrina Rahmonova


Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabidan
🏆 Shahriyor Xudoyorov
🏆 Shodiyona Muhammadova
🏆 Shohjahon Sharopov

🎁G‘oliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

🎉 G'oliblikni qo'lga kiritgan óquvchilarimizni erishgan yutugʻi va xalqaro tanlovda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Shu yilning fevral oyida menejerlik o'quv kursida o'qish uchun ariza topshirgandim, lekin kvota to‘lganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadim. Keyingi oy o‘qishim uchun qayta ariza topshirishim kerakmi?

Avval xabar qilinganidek, menejerlik o’quv kursiga har oyning 1-5-kunlari manager.uzedu.uz sayti orqali ariza topshiriladi.

Bunda nomzodlar tomonidan yuborilgan barcha arizalar onlayn platformada saqlanadi va kelib tushgan sanasi bo’yicha ketma-ketlikda ko’rib chiqiladi.

❗️Shu sababli sizdan keyingi oyga qabul uchun qayta ariza topshirishingiz talab etilmaydi.

Arizangiz mutaxassislar tomonidan o'rganib, qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar platforma orqali yuboriladi.

Ma'lumot o'rnida: hududlar kesimida topshirilgan arizalar haqidagi ma'lumotlarni manager.uzedu.uz platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusdagi "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalariga yangi qabulning birinchi darslari boshlandi. Bolalar 3 ta — dizayn, media va teatr san’ati yo‘nalishlariga bu safar 256 ta ariza yo‘lladi.

Mashg‘ulotlar boshlanishidan avval bolalar, tanlangan yo‘nalishdan kelib chiqib, ijodiy imtihondan o‘tdilar. Unda tajribali pedagoglar nomzodlarning kreativ fikrlash va o‘z-o‘zini ifodalash ko‘nikmalarini baholadi. Kelgusida "Zamin Creative" studiyalarida o‘qish bolalarga jamoada ishlashga o‘rganish, tanlangan sohada o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga yordam beradi hamda bo‘lajak professional faoliyatiga boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.

Начались первые уроки нового набора в инклюзивных творческих студиях Zamin Creative в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе. В этот раз ребята подали 256 заявок по 3 направлениям: дизайн, медиа и театральное искусство.

В зависимости от выбранного направления, перед началом занятий ребята прошли творческий экзамен, на котором опытные педагоги оценивали креативность мышления и способность к самовыражению кандидата. Дальнейшее обучение в студиях Zamin Creative научит ребят работать в команде, раскрыть свой потенциал в выбранной сфере, а также может стать отправной точкой для будущей профессиональной деятельности.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Эълон

📣 DIQQAT, E'LON!

"O‘qituvchilar almashinuvi Koreya-O‘zbekiston 2024" loyihasi uchun pedagoglar tanlab olinadi!

Mamlakatimiz maktablarida koreys tilidan dars berayotgan o‘qituvchilar uchun xushxabar!

Endi sizda Janubiy Koreyada tajriba oshirish imkoniyati mavjud.

Mazkur loyihada ishtirok etish uchun oliy ma’lumotli hamda ta’lim muassasasida koreys tilidan dars beruvchi o‘qituvchilar ariza topshirishi mumkin.

❗️Loyiha bo‘yicha 5 nafar o‘qituvchi tanlab olinadi. Ular Koreyada 2024-yilning 1-martidan 2025-yilning 28-fevraliga qadar faoliyat yuritishadi.

Nomzodlar uchun talablar:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritishi;
Koreys tilini yaxshi bilishi;
Koreys tilidan (TOPIK) sertifikatiga, Ta’lim markazi yoki King Sejong institutida koreys tili kurslarini tamomlaganlik sertifikatlari va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lishi;
Oldingi ish joyiga qaytgandan keyin kamida 4 yil ishlashi (majburiy);
Koreya vizasini olishda cheklovlar bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi kerak.

❗️Ilovalarni tashkec.uz sayti orqali yuklab olish mumkin.

Hujjatlarni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz so'raladi.

⚡️Gʻoliblarga ikki tomonlama aviachiptalar, har oylik maosh, turar joy va tibbiy xizmat to‘lovlari to‘lab beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Respublikamiz bo'ylab ta'lim muassasalarida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab tadbir hamda ochiq darslar tashkil etilmoqda.

Unda o'quvchilarimiz faol ishtirok etib, Navoiy merosini yanada chuqurroq o'rganishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM