Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.3K photos
6.02K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️Hozirda umumta’lim maktablar o‘qituvchilarining 35 513 nafari turli xalqaro fan sertifikatlariga ega

Ta’lim sifatining oshishi bevosita o‘quvchilarga tahsil berayotgan o‘qituvchilarning malakasi va bilim darajasiga bevosita bog‘liqdir.

Shu ma’noda so‘nggi yillarda maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlash va shu orqali sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida turli fanlarga doir xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlar joriy qilinmoqda.

❗️
Ayniqsa, xalqaro sertifikatlar pedagoglarga nafaqat ma’lum imtiyozlar beradi, balki ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, o‘z ustida yanada ko‘proq ishlash uchun katta motivatsiya beradi.

👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini sertifikatlash tartibi bo‘yicha quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati

Matematika fani o‘qituvchisiman. Malaka toifam birinchi. Yaqinda xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdim. Men ikkita maktabda ishlayman, soatbay ishlayotgan maktabimda ham sertifikat bo'yicha oylik hisoblanadimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 1-avgustdan boshlab ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarorga muvofiq, o'zi dars beradigan fani bo'yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umuta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga (shu jumladan soatbay va o'rindosh) har oylik ustama to'lab beriladi.

Bunda, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham soatbay tarzda dars bersa, o'zi dars beradigan fani bo'yicha tegishli darajadagi sertifikat uchun ularning barchasiga har oylik ustama to‘lovlari amalga oshiriladi.

❗️Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, Sizga ikkala maktabdan ham belgilangan miqdorda ustama to‘lab beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
❇️GERMANIYALIK O‘QUVCHILAR BUXORO SHAHRIDAGI 4-IDUMDA TA’LIM OLISHYAPTI

🔹Buxoro shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 1956-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1960-yildan buyon nemis tili chuqur o‘qitilib kelinadi. 2000- yildan beri maktab Germaniya bilan hamkorlikda qator madaniy va ta’lim loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

🔹Navbatdagi "O‘quvchilar almashtirish" loyihasi qadimiy Axen gimnaziyasi hamkorligida amalga oshirilib, ayni paytda gimnaziyaning 14 nafar o‘quvchisi va 4 nafar o‘qituvchisi Buxoroda bo‘lib turibdi. Loyiha doirasida germaniyalik o‘quvchilar maktabdagi tengdoshlarining oilalarida yashab, tengdoshlari bilan birga maktabda ta’lim olishadi. Shuningdek, Buxoroning qadimiy go‘shalari bo‘ylab sayohatda bo‘lishadi, milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishishadi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-10-11

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
eMaktab platformasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida emaktab.uz tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublikamizdagi 500 ta maktabda tajriba sinov tariqasida mezonlarga asoslangan yangicha baholash tizimining muvaffaqiyatli tatbiq etilgani haqida ma'lumot berildi.

Yig'ilish doirasida ERP va eMaktab platformalari o‘rtasidagi integratsiyasini yakunlash va o‘quvchilarning fanlar kesimida o‘zlashtirish tabelini elektron shaklga o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, eMaktab platformasida o‘qituvchilar uchun mezonlarga asoslangan baholash tizimi bo‘yicha onlayn kurs taqdimoti bo'lib o'tdi.

Yig'ilish so‘nggida vazir tomonidan emaktab.uz platformasini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#qabul_2023

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida DOKTORANTURA uchun qabul davom etmoqda.

🎓 Doktorantura, tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun tanlovda ishtirok etishga hujjatlar www.phd.mininnovation.uz elektron manzili orqali taqdim qilinadi.

📄 Hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan – 15-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Batafsil: https://shorturl.at/hxFIV

📞 Bog'lanish uchun: (71) 246-06-63

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hukumat soati”: ta’lim sifatini oshirish va o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasidagi ishlar holati qanday?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va ta’lim dasturlarini takomillashtirish borasidagi vazifalardan kelib chiqib, sohadagi boshqaruv tizimini tashkil etishga qaratilgan qonunchilikning bajarilishi holati to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildilar.

👉BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
📣📣 “Ziyolilar” TOP 100 liderlar to‘plamiga kirishga shoshiling!

❗️ Aziz o‘quvchilar! “Ziyolilar” to‘plami loyihasida ishtirok etishni istaysizmi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish jamg‘armasi yurtimiz maktab o‘quvchilari uchun o‘ziga xos loyihani taqdim etmoqda.

Loyiha doirasida 1-11-sinflarning eng iqtidorli, ilg‘or, tashabbuskor o‘quvchilari aniqlanib, “Ziyolilar” TOP 100 maktab liderlari to‘plamiga kiritilib, sertifikat bilan taqdirlanadi.

👉 Loyihada ishtirok etish uchun ziyolilar.school sayti orqali o‘zbek yoki rus tilida anketa to‘ldirib, ariza topshirish mumkin.
___
📣
Спешите попасть в сборник «Ziyolilar» — ТОП 100 школьных лидеров!

Дорогие ученики! Хотите поучаствовать в проекте альманаха «Ziyolilar»?

❗️Министерство дошкольного и школьного образования и Фонд развития науки и образования Ziyo Forum запускают уникальный проект для школьников страны.

В рамках проекта будут отобраны наиболее талантливые, выдающиеся, предприимчивые ученики 1-11 классов, которые станут героями сборника-альманаха Ziyolilar и будут награждены сертификатами.

👉 Для участия в проекте необходимо подать заявку, заполнив анкету на узбекском или русском языке на сайте ziyolilar.school
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘qituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlaridir!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning mavqeini oshirish borasidagi jarayonlarni o‘zida aks ettirgan “O‘qituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlaridir!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan tanlov shartlariga ko‘ra, respublikaning barcha hududlaridan tanlab olingan 3 tadan, jami 42 ta eng yaxshi videorolik vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmoq sahifasiga joylandi va g‘oliblar eng ko‘p ovoz yig‘ish yo‘li bilan aniqlandi.

Tanlov g‘oliblari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

G‘oliblar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Izoh: quyida tanlovda eng ko‘p ovoz (12 ming) olgan poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 81-IDUM 10-sinf o‘quvchisi Sardor Karimov tomonidan tayyorlangan videorolik.
20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO)da O'zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli o'quvchilar saralab olindi

Saralash bosqichida ishtirokchilarga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o‘quvchilarning ishlari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi.

⚡️ Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi o'quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi:

Azizbek Erkinov - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

Nursulton Ashiraliyev - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Murodbek Yuldashev - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi;

Rahimboy Vaysboyev - Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;

Javohir Mamadaliyev - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi.

Eslatib o‘tamiz, 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailand davlatida o‘tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o‘quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishi rejalashtirilgan.

❗️Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz o'quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

🔴 Bugun Toshkent shahrida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’rtasida “Zakovat” o’yinining Respublika bosqichi bo’lib o’tmoqda.

⚡️Unda Respublikamiz bo’ylab jami 42 ta jamoa (294 nafar oʼquvchi) gʼoliblik uchun bellashmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, joriy yilning 23-sentabr kuni mazkur musobaqaning hududiy bosqichi boʼlib oʼtgan edi.

Ushbu bosqichda Respublikamizdagi jami 203 ta maktab va 1 421 nafar oʼquvchi qatnashdi.

Hududiy bosqich oʼyinlari natijasida har bir hududdan uchtadan eng kuchli jamoalar Respublika bosqichi uchun saralab olindi.
____
Videolavhada “Zakovat” intellektual o’yinining hududiy bosqich jarayonlari aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM