Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.2K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Suvni_tejaymiz

Ichimlik suvini tejash maqsadida farzandlarimizga nimalarni o’rgatishimiz lozim?

Kundalik hayotimizda e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan tavsiyalar.

Bularning barchasi infografikada.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐Maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumiga start berilmoqda!

11-sentabrdan (bugundan) boshlab, maktab o‘quvchilari mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, quvnoq startlar, “Zakovat” intellektual o‘yini va “Quvnoqlar va zukkolar” tanlov va musobaqalarining ishtirokchilariga aylanadilar.

15-sentabr sanasidan mahalladagi yoshlar shaxmat, milliy kurash, voleybol, gimnastrada sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Milliy va Zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” va “Yosh kitobxon” tanlovlari g‘olib va sovrindorlari bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovda siz ham ishtirok etib, tengdoshlaringiz bilan bir safda bo‘ling!

Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar, 5tashabbus.uz sayti orqali Olimpiadaning ikkinchi mavsumidagi tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etish uchun jami 6 mlndan ziyod yosh elektron ro‘yxatdan o‘tgan.

#beshtashabbusolimpiadasi #mahallabosqichi

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O'QUV YILIDA "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABLARIDA SIZLARNI NIMALAR KUTYAPTI?

🫥Innovatsion amaliy mashg‘ulotlar

🫥Ko'ngilochar challengelar

🫥Qiziqarli to'garak mashg'ulotlari

🫥Respublika ko'rik-tanlovlari va musobaqalari

🫥Xalqaro tanlovlar

IMKONIYATNI QO'LDAN BOY BERMANG!

Barchasi siz uchun!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1250
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔅“Water time” dasturi Samarqand shahrida

Ichimlik suviga bo‘lgan munosabatni yoshlikdan to'g'ri shakllantirish davr talabidir.

✔️
Ana shu maqsadda “Water time” dasturi ijodkorlari Samarqand shahrida bo‘lib, Prezident maktabi o‘quvchilari bilan ichimlik suvi va uni asrab-avaylash mavzusida fikr almashishdi.

❗️Unda butun dunyo hamda Oʼzbekistondagi ichimlik suvi muammolari va yechimlari borasida fikr-mulohazalar zukko o‘quvchilar talqinida o‘z ifodasini topdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇬🇧 Ingliz tili o'qituvchilarining professional darajasini oshirish uchun ajoyib imkoniyat! 👩‍🏫

Britaniya Kengashi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda davlat maktablarining ingliz tili o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslariga taklif qiladi.

❗️Kurs Britaniya Kengashining Onlayn o‘qituvchilar hamjamiyati platformasida 10 hafta davom etadi.

📣 Mazkur 10 haftalik kasbiy rivojlanish mashg'ulotlari orqali siz:

🔹 O‘qitish darajangizni oshirish,
🔹 hamkasblar bilan tajriba almashish,
🔹 darslar uchun haftasiga taxminan 3 soat vaqt ajratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

👏 O‘qituvchilik faoliyatingizni yangi cho‘qqilarga olib chiqishga tayyormisiz?

👉 Batafsil
📑 Ariza topshirish

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
🇺🇿🤝🇬🇧 Exciting Professional Development Opportunity for English Teachers! 👩‍🏫

The British Council, in partnership with the National Research Institute named after A. Avloniy, cordially invites English teachers from state schools to join our 10-week professional development course. This program is hosted on the British Council's Online Teacher Community platform.

📣 What to expect:
🔹
Elevate your teaching skills
🔹 Share your expertise with fellow educators
🔹 Dedicate about 3 hours per week for studying

👏 Ready to take your teaching career to new heights?

👉 Learn more
📑 Apply now
#Sizdan_boshlanadi_asli_tafakkur

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlanadi

“O‘QITUVCHI HAR BIR DARSGA KERAK BO‘LSA UYQUDAN KECHIB TADORIK KO‘RISHI, DARSNING QAYSI DAQIQASIDA NIMA DEYISHINI OLDINDAN BELGILAB OLISHI ZARUR” — O‘ZBEKISTON QAHRAMONI

Yarim asrga yaqin bir maktabda o‘qituvchilik qilgan Turg‘un Azlarovni barcha “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” yuksak mukofotlar sohibi deya eʼzozlaydi, hurmat bilan tilga oladi. Bunday ulug‘ maqomga erishgunga qadar pedagog ko‘p yo‘llarni bosib o‘tgan.

U bugun 70 yoshida ham qadrdon maskani Shayxontohur tumanidagi 40-maktabga borib, shogirdlaridan o‘z maslahatlarini ayamaydigan ustoz "O‘qituvchining asosiy ishi "maktab chirog‘ini doimiy yoqish"dan iborat", deb hisoblaydi. Maktabda taʼlim olayotgan o‘quvchilarga Fayzulla Zikrillayev, Saʼdi Sirojiddinov, akademik To‘xtamurod Jo‘rayev kabi ustozlari o‘gitlaridan so‘zlab beradi. Har bir o‘g‘il-qiz maktabga faqat bilim olish uchun boraman, deb qatʼiy maqsad qo‘yishi kerakligini doimiy takrorlaydi.

Batafsil
: https://uzedu.uz/uz/news/1252


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Yurist_maslahati

Men yaqinda yangi ishga joylashganim munosabati bilan Samarqand shahriga ko'chib o'tdim. 7-sinfda o'qiydigan o'g'limning ham o'qishini ko'chirmoqchimiz. Maktablarda o'qish boshlangan qaramay farzandimni boshqa maktabga onlayn o'tkaza olamanmi? Buning tartibi qanday?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Fuqarolar farzandlarining o‘qishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlari hamda Toshkent shahridagi (jumladan, Samarqand shahri) maktablarga ko‘chirmoqchi bo‘lganda, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali elektron ariza yuboradilar.

Yuborilgan arizalar uch ish kunida o‘quvchi ko‘chiriladigan maktab tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘quvchi maktabga qabul qilinganda yoki maktabga qabul qilish rad etilganda (sabablari ko‘rsatiladi) ariza yuboruvchiga ariza yo‘llagan tizim orqali javob yuboriladi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 45-bandiga muvofiq, ariza yuboruvchilar (ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan so‘rovnoma noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganda yoki umumta’lim maktabida (qabul qilinayotgan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda ta’lim muassasalari arizalarni rad etish huquqiga ega.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yorqin_millat

📣 20-sentabrdan boshlab har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5198-sonli Qarori imzolangan bo'lib, mazkur Qaror doirasida jumladan, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash belgilangan.

⚡️Yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Yod tanqisligi quyidagilarga olib kelishi mumkin:

bo'qoqning rivojlanishi ,
qalqonsimon bez disfunksiyasi
bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi,
kretinizm.

Bolalarda yod tanqisligining eng og'ir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikishdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqotda bo'lish, ularning muammo va takliflarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilib kelinmoqda.

📍Mazkur loyiha doirasida bugun O’rta Chirchiq tumanida 10 nafar yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazir o‘rinbosarlari Dilshod Kenjayev, Temurjon Komilov hamda Uzoqboy Begimkulovlar ishtirok etdi.

✔️ Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o’tib, yoshlarning taklif va fikrlariga quloq tutildi.


❗️Muloqot davomida yoshlarga rangli printer, abob-uskunalar to‘plami va qishloq xo‘jaligi texnikalari topshirildi.

⚡️Shuningdek, 10 nafar yoshlar yetakchilari vazirlik tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram