Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.3K subscribers
21.4K photos
6.03K videos
140 files
12.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Joriy yildan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlari ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin

Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori asosida o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi), pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi), maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit hamda mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.

Ushbu jarayonda qurʼa tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o'tkaziladi.

Joriy yilda mazkur jarayonlarga yangilik kiritish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan milliy reytingda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat taʼlim tashkilotlarini https://forms.gle/tAhZ5EbfbiZBLURS7 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘rab qolamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Kundalik” tizimida  “Jurnallar” bo‘limi yangilandi

Yangilangan “Jurnallar” bo‘limi bilan ishlash o‘qituvchilar uchun yanada qulayroq bo‘ldi. Endilikda darsbay rejalashtirish “Fan bo‘yicha jurnal” bilan bir sahifaga chiqarildi.

👩🏻‍🏫🧑🏻‍🏫 Ilgari o‘qituvchi ko‘proq ishni bajarishi kerak edi: jurnalga kirish hamda alohida sahifada darsbay rejalashtirishni ochish. Bugungi kunda o‘qituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin.

👉Batasil
__________

В системе Kundalik обновлен раздел «Журналы»

Работа с обновленным разделом «Журналы» стала более комфортной для педагогов. Теперь поурочное планирование выведено на одну страницу с «Журналом по предмету».

🧑🏻‍🏫👩🏻‍🏫 Раньше учителю нужно было совершить больше шагов: зайти в журнал и на отдельной странице открыть поурочное планирование. Сегодня учитель на одной странице может выдать домашнее задание, поставить оценки посмотреть тему.

👉Подробнее

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
DIQQAT, DIQQAT!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” mavzusida videolavhalar tanlovi e’lon qilinadi

Tanlovning asosiy maqsadi:

🟢o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni bo‘lish, ta’lim muassasalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish orqali o‘quvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan umumta’lim muassasalari joriy yilning 1-10-may kuniga qadar 5 daqiqagacha bo‘lgan va maxsus tayyorlangan bir dona ijodiy videorolikni @obod_maktab_2023 telegram manziliga yuborishlari lozim.

Kelib tushgan ijodiy ishlar maxsus saralash guruhi, respublika ekspertlar guruhi tomonidan 2023-yil 17-may kuniga qadar saralanadi. Ekologik oylik davomida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” tanlovi nomzodligiga munosib deb topilgan 42 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning har biridan 3 tadan) ta’lim muassasasining ijodiy videolavhalari joriy yilning 22-27-may kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi tanlovlar rasmiy sahifasi orqali jamoatchilik tomonidan baholanadi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan (“like” bosilgan) videoroliklar natijalari va ekspertlar guruhi xulosalariga ko‘ra, ekologik oylik davomida “Eng yaxshi ekologik toza maktab” deb hisoblangan 14 ta (har bir hududdan 1 tadan) ta’lim muassasasi g‘olib deb topiladi.

Batafsil: https://bit.ly/424r3gT


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Football_for_schools

FIFA 53 TA MAMLAKATDA JORIY ETGAN LOYIHA ENDI O’ZBEKISTONDA!

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev, O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, FIFA vakillari Alexandra Huete hamda Alberto Giacomini ishtirok etishdi.

📍 FIFA mutaxassislari jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etishdi!

Treninglar FIFA vakillari tomonidan o'tkazilib, unda "Football for schools - maktablarda futbol" loyihasi haqida taqdimot qilindi hamda mazkur dasturning ijobiy tomonlari haqida qatnashchilarga so‘zlab berildi.

Ayni damda treninglarda butun Respublikadan saralab olingan 28 nafar jismoniy tarbiya o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

❗️ Alexandra Huete FIFA tomonidan "Football for schools" loyihasi bugungi kunda 53 ta mamlakatda joriy qilinganligini alohida ta’kidlab o'tdi:

- Bu dastur mazkur sport turiga qiziqadigan iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda o‘qitishda alohida ahamiyatga ega. Aynan "Football for schools" loyihasi yordamida dunyo bo'ylab taniqli sport yulduzlari yetishib chiqqan. Bu O'zbekistondagi iste'dodli yoshlarni kashf etishda ham o'ziga xos rol o'ynashiga ishonamiz, - dedi u.

Kunning ikkinchi yarmida seminar ishtirokchilari uchun amaliy mashg'ulotlar hamda “Chig‘atoy” sport bazasiga tashrif rejalashtirilgan.

📍Tadbir Olmazor tumanidagi 191-maktabda bo’lib o’tdi.

📆 Seminar-treninglar 29-aprelgacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉 Assalomu alaykum, Amir Temur vatani!
Tabiati ko‘rkam, yaylovlari bepoyon, foydali qazilmalarga boy yurt!
Kecha sizlarda ta’lim eko-oromgohi bo‘lib o‘tdi, unda 160 kishi qatnashdi. Bugun esa bir nechta maktab "Eco-schools Uzbekistan"ga qo‘shilish niyatini bildirdi.

👏 Barakalla sizlarga. Ekologik tashabbuslarni bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarishga yordamingizni ayamasligingiz va yashil Qashqadaryoni birgalikda barpo etishimizga hissa qo‘shishingizga ishonamiz.
__

😉 Здравствуй, родина Амира Темура!
Край, обладающий красивой природой, бескрайними пастбищами и богатыми полезными ископаемыми!
Только вчера у вас прошёл образовательный эко-лагерь, в котором приняло участие 160 человек, а уже сегодня несколько школ заявили о своём желании присоединиться к Eco-schools Uzbekistan.

👏Вы – большие молодцы и мы верим, что с вашем помощью мы шаг за шагом будем реализовывать экологические инициативы и вносить свой вклад в зелёную Кашкадарью.

Zamin | Facebook | Instagram