Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
111K subscribers
22.1K photos
6.12K videos
140 files
12.7K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Нукусдаги Алтин жағис маҳалласига ташрифи чоғида ўқитувчи Қуўанишбай Сейтназаров хонадонида меҳмон бўлиб, оила аъзолари билан ифторлик қилди

В ходе посещения махалли Алтын-жагыс в Нукусе Президент Шавкат Мирзиёев побывал в гостях у  преподавателя Куанышбая Сеитназарова и провел вместе с членами семьи ифтар

Facebook|Instagram|Twitter
Vazir Hilola Umarova qoraqalpog‘istonlik 20 nafar faxriy o‘qituvchini taqdirladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda bugungi kunda maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularni ma’naviy yetuk shaxs etib tarbiyalash, to‘g‘ri kasb tanlash borasida o‘qituvchilarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z bordi.

Uchrashuvda o‘qituvchilar tomonidan maktab ta’limini yanada rivojlantirish borasida bildirib o‘tgan fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Uchrashuv so‘nggida ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan 20 nafar faxriy o‘qituvchi “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

📯📯📯📯📯

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammmo va vazifalar” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

⚡️Konferensiya ishtirokchilari Toshkent shahar Bolalar kutubxonasiga tashrif buyurib, mazkur muassasa misolida tizimda kitobxonlikni targ‘ib qilish, bunda zamonaviy AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida qilinayotgan ishlar va bolalarni kitobxonlikka jalb qilish borasidagi taklif va muammolar eshitildi.

📚Konferensiya doirasida ishtirokchilar bolalar adabiyoti, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va kutubxona nufuzini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilishda axborot resurslardan unumli foydalanish hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kitobxonlikka barqaror qiziqishni shakllantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-11-sinf o'quvchilari uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e'lon qilindi

2022-2023-oʻquv yillarda oʻquvchilarni barcha fanlardan davlat yakuniy attestatsiyasidan oʻtkazish uchun imtihon biletlari, metodik tavsiyalar va oʻquv materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqildi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilgan.

Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram