Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.3K subscribers
21.1K photos
5.99K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari o’quvchilarini hayotga tayyorlamoqda

Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi Quvasoy shahar alohida ta'lim ehtiyojlari bòlgan kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-maxsus maktab o’qituvchisi "Do’stlik" ordeni sohibi Nargiza Ro’ziyeva tomonidan olib borilgan ochiq dars misolida maktabda tashkil etilgan ta’lim jarayonlarini kuzatishingiz mumkin.

Bugungi kunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufida 90 ta alohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat faoliyat yuritadi. Shundan 19 ta kar va zaif eshituvchi, 17 ta koʼzi ojiz va zaif koʼruvchi, 50 ta aqli zaif, 3 ta tayanch harakati nuqsonli va 1 ta nutqida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalaridir. Bugun ularda qariyb 42 ming nafar alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bola tahsil olib, ularga 14 yarim mingdan ortiq pedagog ta’lim va tarbiya beradi.

Davlatimiz oldiga qo’ygan asosiy maqsadlaridan biri bu alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashdan iborat.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun Loyihasining 50-moddasiga asosan
Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʼlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi. Mazkur yo’nalish Bosh Qomusimiz darajasida mustahkamlanayotgani ham buning yaqqol misolidir.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli hamyurtlar!

Barchangizni 21-mart - Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz.

Yurtimiz tinch, xalqimiz birdam bo‘lsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

Ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  jamoasi
“Янги Ўзбекистон” боғида Наврўз шодиёнаси бўлиб ўтди. Байрам тадбирига Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ташриф буюриб, халқимизни самимий табриклади.

В парке "Янги Узбекистон" состоялись торжества по случаю Навруза. Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил праздничное мероприятие и сердечно поздравил народ нашей страны.

#Mirziyoyev #bayram #Navruz #shodiyona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan tayinlovlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali savollar kelib tushmoqda.

Savollarga oydinlik kiritish hamda vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati bo’yicha RASMIY BAYONOTni e’tiboringizga havola etamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Oʼzbekistondagi taʼlim islohotlari PISA boshqaruv kengashining 55-Kongressida taqdim qilindi

Shu kunlarda Italiyaning Rim shahrida PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressi boʼlib oʼtmoqda.

Dunyoning 70 dan ortiq mamlakat taʼlim sohasi rahbarlari ishtirok etayotgan tadbirda taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari boʼyicha yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Kongressda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev Oʼzbekiston uchun xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlarida ishtirok etish ahamiyatiga toʼxtalib, yaqin yillarda taʼlimni transformatsiya qilish boʼyicha mamlakatimizning rejalari bilan oʼrtoqlashdi.
 
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston 2022-yilda ilk bora PISA sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur sinov 15 yoshli oʼquvchilar bilimini hayotga qoʼllay olishini baholashga yoʼnaltirilgan bo’lib, natijalar joriy yil yakunida eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Seminar_trening

VAZIRLIK: RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O’QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILMOQDA

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Tadbir avvalida Navro’z ayyomi munosabati bilan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Unda Prezident maktabining musiqa to’garagi o’quvchilari kuy-qo’shiqlar bilan ishtirok etishdi.

❗️ Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’quvchilari o’z loyiha ishlarini taqdimot qilishdi.

✔️Ma’lumot o’rnida, seminar mashg’ulotlari matematika va ingliz tili o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’zbek va rus tillarida o’tkazilmoqda.

📍 Treninglar ayni damda Respublikaning 14 ta hududida joylashgan Prezident maktabida bo’lib o’tmoqda.
_
📷
Fotolavhalarda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

#Президент_мактаблари_методикасини_ўрганамиз
#Сифатли_таълим

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram