Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
✅ Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan saralash jarayonlarining 2-bosqichi haqida vazirlikka ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Ushbu savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulov javob berdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Barchangizga eng ezgu va samimiy tilaklarni bildirib, hamisha oilangiz va yaqinlaringiz hamda el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilab qolamiz.
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Barchangizga eng ezgu va samimiy tilaklarni bildirib, hamisha oilangiz va yaqinlaringiz hamda el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilab qolamiz.
Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Yuksalish” umummilliy harakati davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi yangiladi
Siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati
❓Hozirda maktabimizda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, darsdan tashqari qo'shimcha to‘garaklar faoliyati tashkil etilmoqda. Men dars soatimdan tashqari mazkur to‘garaklarda ham ishlasam, buning uchun alohida ish haqqi to‘lanadimi?
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.
✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi "Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi VM-243-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari o‘zlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar hisobiga, ya’ni qo‘shimcha to‘garaklar ochish va boshqalar orqali shakllantirishi mumkinligi belgilangan.
Qo‘shimcha to‘garakda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag‘larining ma’lum miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagog xodimlarga ham qo‘shimcha ish haqqi sifatida to‘lanadi.

SURXONDARYO: VAZIR TIL VA KASBGA O‘RGATISH MARKAZLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 82-son maktabda bo‘ldi.
Ushbu maktabda ingliz, koreys va yapon tillari o‘rgatiladi. Vazir maktabdagi til markazida faoliyat yuritayotgan yaponiyalik o‘qituvchi Fujinami Satoruning yapon tili darslarida ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
❗️Hilola Umarova mazkur ta'lim muassasasida Kushon davlatiga doir tarixiy obidalar saqlanadigan maktab muzeyida ham bo‘ldi.
📍Bundan tashqari, vazir maktabga tashrif doirasida o‘quv binosi yaqinida tashkil etilgan Kasbga o‘rgatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, shu kuni vazir Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, ta'lim muassasasi faoliyati hamda o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shularni inobatga olib, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.
****
Последним учебным днем III четверти будет 18 марта (суббота)
Согласно пункту 26 Положения, утвержденного постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №140 от 15 марта 2017 года, весенние каникулы в общеобразовательных школах начинаются 21 марта и длятся 7 календарных дней.
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 23 декабря 2022 года «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2023 году» 20 марта 2023 года в школах обозначен как дополнительный праздник. Он начинается с 20 марта и продолжается до 26 марта (включительно).
Принимая во внимание это, сообщаем, что 18 марта (суббота) будет последним учебным днем 3-й четверти, а 4-я четверть начнется 27 марта.

VAZIR SURXONDARYOLIK FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatida uzoq yillardan buyon o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan bir guruh fidoyi ustozlar bilan uchrashdi.
📍Uchrashuv Termiz shahridagi 26-sonli maktabda bo‘lib o‘tdi, unda viloyat hokimi o'rinbosari Ilhom Saparov ham ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida vazir Hilola Umarova so‘zga chiqib, ta’lim tizimining rivoji uchun o’z hissasini qo’shib kelayotgan o’qituvchilarning mehnatini alohida e’tirof etib, o’z minnatdorchiligini bildirdi.
O‘z navbatida ustoz pedagoglar ham maktabgacha va maktab ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar, ijobiy o'zgarishlar hamda joriy etilayotgan tashabbuslar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
❗️Uchrashuv doirasida 30-35 yildan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan 20 nafar faxriy ustoz “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Muloqot so‘ngida faxriy ustozlar vazirga o'z takliflarini bildirishdi.

Forwarded from ITSM
qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_boshqarmalar
#Xorazm
XORAZM VILOYATI: VAZIRLIKNING HUDUDIY BOSHQARMALARIGA RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA SUHBAT BO'LIB O'TDI
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Xorazm viloyatidagi hududiy boshqarmasining rahbar lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Unda nomzodning ta'lim va boshqaruv sohasidagi bilimlari, zamonaviy pedagogik metodlardan xabardorligi hamda ta'lim sohasida qabul qilingan normativ hujjatlar to‘g‘risidagi bilimlari sinovdan o'tkazildi.
📍Suhbat jarayonlari Xiva shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorazm
XORAZM VILOYATI: VAZIRLIKNING HUDUDIY BOSHQARMALARIGA RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA SUHBAT BO'LIB O'TDI
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Xorazm viloyatidagi hududiy boshqarmasining rahbar lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Unda nomzodning ta'lim va boshqaruv sohasidagi bilimlari, zamonaviy pedagogik metodlardan xabardorligi hamda ta'lim sohasida qabul qilingan normativ hujjatlar to‘g‘risidagi bilimlari sinovdan o'tkazildi.
📍Suhbat jarayonlari Xiva shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
VAZIR TOPSHIRIG‘IGA ASOSAN 152-MAKTABDA YUZAGA KELGAN HOLAT O‘RGANIB CHIQILADI
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning ko‘rsatmasiga asosan Toshkent shahridagi 152-maktabda yuzaga kelgan holat hamda maktabdagi taʼlim va tarbiya jarayonlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha vazirlik Ishchi guruhi tuzildi.
Ayni damda o‘qituvchining maktabdagi nosog‘lom muhit bo‘yicha ijtimoiy tarmoq faollariga murojaati keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Shu o‘rinda jamoatchilik vakillaridan har ikki tomonni o‘rgangandan so‘ng xolis axborot tarqatishlarini, shuningdek vazirlik ishchi guruhi bilan birgalikda o‘rganish jarayonlarida ishtirok etishlari mumkinligini bildiramiz.
Eslatib o‘tamiz, maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli holat bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Sud qarori bilan o‘quvchining onasi va maktab o‘qituvchisiga nisbatan maʼmuriy choralar qo‘llanilgan.
Ishchi guruhning o‘rganish natijalari jamoatchilikka maʼlum qilinadi.
Yuqoridagi holat nafaqat pedagoglar, balki ota-onalarni ham hushyor bo‘lishga undashi kerak. Sababi farzandlarimiz maktabga taʼlim olish uchun keladi, tarbiya esa ota-ona zimmasida bo‘lishi lozim.
Shu o‘rinda o‘qituvchilardan ham o‘quvchilar bilan ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganda, pedagogga xos bo‘lgan taʼsir choralarini qo‘llashi lozimligini, har qanday holatda o‘zini qo‘lga olib, bolaning ota-onasi bilan birgalikda muammoga yechim topishi zarurligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Joriy yilda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlarida kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi
Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25-mayiga qadar davom etadi.
9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6-may kunlari o‘tkaziladi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.
Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.
Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.
Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan o'quvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika ta’lim markazi amalga oshiradi.
Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023-yilning 1-aprelga qadar vazirlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.
Quyidagi havola orqali bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati hamda tartibi bilan tanishishingiz mumkin.
* * * * *
В этом году на выпускных экзаменах школьников используются задания, ориентированные на творческое и логическое мышление
В мае и июне этого года пройдут итоговые контрольные экзамены школьников.
В соответствии с решением Кабинета Министров учебные занятия в учебных заведениях будут продолжаться до 25 мая текущего года.
Экзамены по физкультуре для 9-х классов в этом году пройдут с 1 по 6 мая. За исключением специализированных школ и школ-интернатов для детей с физическими или умственными недостатками, а также школ-интернатов санаторного типа для детей со сколиозом.
Итоговые (выпускные) контрольные экзамены для 9 и 11 классов будут организованы с 26 мая по 15 июня текущего года.
Обучающиеся, имеющие сертификат государственного образца по конкретному предмету и национальный или эквивалентный ему международно-признанный сертификат уровня не ниже В1 по иностранному языку будут освобождены от экзаменов.
Экзамены для учеников с ограниченными возможностями, обучающиеся в школах-интернатах, проводятся на основании требований, предъявляемых к этим общеобразовательным учреждениям.
Республиканский образовательный центр готовит образцы экзаменационных материалов и критерии оценки учащихся выпускного класса по всем предметам, по которым проводятся экзамены, преподаваемым в общеобразовательных средних школах.
При разработке экзаменационных материалов будут включены задания, ориентированные на творческое и логическое мышление для учащихся общеобразовательных школ, образцы которых будут опубликованы на официальных страницах Министерства до 1 апреля 2023 года.
Будут приняты все необходимые меры для обеспечения прозрачности и справедливости проведения экзаменов.
С перечнем предметов и порядком проведения этапных и итоговых контрольных экзаменов вы можете ознакомиться, пройдя по ссылке.