Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
"Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta’lim fondi (FEE), bilan birgalikda amalga oshirilayotgan "Eco-Schools" xalqaro dasturi "Eco-schools Uzbekistan" a’zosi-ishtirokchisi bo‘lish uchun ochiq qabul e’lon qiladi.

Eko-maktab maqomini olish uchun saytda joylashtirilgan hujjatlarni to‘ldirish zarur.

Loyiha hamkorlari — Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi.

__


Международная программа Eco-Schools, осуществляемая фондом Zamin совместно с Фондом экологического образования (FEE), объявляет об открытом наборе в члены-участники Eco-schools Uzbekistan.

Для получения статуса эко-школы необходимо заполнить документы на сайте.

Партнёрами проекта выступают МДШО, Министерство молодёжной политики и спорта, Министерство природных ресурсов и Агентство по делам молодёжи.

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari va ularning ota-onalari bilan uchrashib, yuksak e’tirof bilan chin qalbdan tabrikladik.

Bu yil ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarimizning 28 nafari ushbu mukofot bilan taqdirlandi.

❗️Ulardan 10 nafari vazirligimiz tizimidagi ustoz, mutaxassis va o’quvchilar ekani bizni juda quvontirdi.

So‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning iste'dodi, iqtidori qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Chunki, bilimli yoshlarimiz, oqila qizlarimiz jamiyatimizning ertasi demakdir.

"Zulfiya" mukofoti sovrindorlarini yana bir bor muborakbod etaman. Har doim oldinga intiling va hech qachon to‘xtab qolmang. Bugungi mukofot kelajakdagi ulkan marralaringiz uchun dastlabki qadam bo‘lib xizmat qilsin!

Yuksak e'tirof muborak bo‘lsin!

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan saralash jarayonlarining 2-bosqichi haqida vazirlikka ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Ushbu savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulov javob berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Barchangizga eng ezgu va samimiy tilaklarni bildirib, hamisha oilangiz va yaqinlaringiz hamda el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilab qolamiz.

Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Yuksalish” umummilliy harakati davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi yangiladi

Siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati

Hozirda maktabimizda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, darsdan tashqari qo'shimcha to‘garaklar faoliyati tashkil etilmoqda. Men dars soatimdan tashqari mazkur to‘garaklarda ham ishlasam, buning uchun alohida ish haqqi to‘lanadimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi "Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi VM-243-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari o‘zlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar hisobiga, ya’ni qo‘shimcha to‘garaklar ochish va boshqalar orqali shakllantirishi mumkinligi belgilangan.

Qo‘shimcha to‘garakda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag‘larining ma’lum miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagog xodimlarga ham qo‘shimcha ish haqqi sifatida to‘lanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
SURXONDARYO: VAZIR TIL VA KASBGA O‘RGATISH MARKAZLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 82-son maktabda bo‘ldi.

Ushbu maktabda ingliz, koreys va yapon tillari o‘rgatiladi. Vazir maktabdagi til markazida faoliyat yuritayotgan yaponiyalik o‘qituvchi Fujinami Satoruning yapon tili darslarida ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

❗️Hilola Umarova mazkur ta'lim muassasasida Kushon davlatiga doir tarixiy obidalar saqlanadigan maktab muzeyida ham bo‘ldi.

📍Bundan tashqari, vazir maktabga tashrif doirasida o‘quv binosi yaqinida tashkil etilgan Kasbga o‘rgatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, shu kuni vazir Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, ta'lim muassasasi faoliyati hamda o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shularni inobatga olib, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.

****

Последним учебным днем III четверти будет 18 марта (суббота)

Согласно пункту 26 Положения, утвержденного постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №140 от 15 марта 2017 года, весенние каникулы в общеобразовательных школах начинаются 21 марта и длятся 7 календарных дней.

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 23 декабря 2022 года «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2023 году» 20 марта 2023 года в школах обозначен как дополнительный праздник. Он начинается с 20 марта и продолжается до 26 марта (включительно).

Принимая во внимание это, сообщаем, что 18 марта (суббота) будет последним учебным днем 3-й четверти, а 4-я четверть начнется 27 марта.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram