Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.5K subscribers
21.1K photos
5.97K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from IT taʼlim
Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus videolar tayyorlandi

"Darsning uch daqiqasi" rukni ostida tayyorlangan qiziqarli videoroliklar eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o'quvchilari uchun surda tarjima qilinmoqda.

📌Hozirgacha bunday videoroliklarning 5 tasi tarjima qilindi👇

🔹Matematik amallarni birga bajaramiz! (2-sinf Matematika darsligi 22-dars, 112-bet)
🔹Yo'l harakati qoidalari
🔹Yer yuzidagi issiq va sovuq joylar (2-sinf Tabiiy fan darsligi 25-mavzu)
🔹O‘zbekiston va Lixtenshteynning o‘xshash jihati nimada?
🔹
Tabiiy ofatlar: Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Forwarded from ITSM
#milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar

🔐 Kiberxavfsizlik mutaxassislari kimlar?

🛡 Kiberxavfsizlik mutaxassisining - vazifasi dasturlar, saytlar va mobil ilovalardagi zaifliklarni izlash, maʼlumotlarni himoya qilish va xakerlar hujumlariga qarshi kurashishdir;

➡️ ushbu kasbni egallash uchun kurslar o‘rtacha 12 oydan boshlanadi;
➡️ Kiberxavfsizlik mutaxassislari O‘zbekiston hududida 10 000 000 so‘mdan boshlangan, jahon miqyosida esa, 4000$ dan boshlangan maosh oladilar;
➡️ eng muhimi, ushbu soha vakillarining boshqa IT-yo‘nalishidagi mutaxassislar kabi yoshi chegaralanmagan.
_________________________________________________

👨‍💻 Kiberxavfsizlik mutaxassisligi kasbini egallashga qiziqib qoldingizmi?

Ushbu kasbni yanada tez va o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda, 24/7 hamda mutlaqo bepul o‘rganing!

Buning uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi 📺 Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Kiberxavfsizlik” onlayn kursini birinchilardan bo‘lib puxta o‘zlashtiring.

🌐 itsm.uz I 💬ITSM I 💬 ITSM I 📷 ITSM I 📺 Milliy ta'lim resurslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mаktаbgаchа vа mаktаb tа'limi vаziri shofirkonlik fаxriy oʼqituvchilаr bilаn uchrаshdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida boʼlib, tumandagi faxriy oʼqituvchilar bilan uchrashdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv chog’ida uzoq yillik tajribaga ega ustozlarning taʼlim sifatini yanada oshirish borasidagi takliflari bilan qiziqdi hamda bu yo’nalishda ularning tajribasiga tayanishini qayd etdi.

Soha rivojiga koʼp yillik mehnatlari singgan ustozlarga eʼtibor va ehtirom sifatida esdalik sovgʼalarini topshirdi.

Shuningdek, shu kuni vazir Shofirkon tumanidagi 690 oʼrinli 17-umumtaʼlim maktabi jamoasiga kompyuter jamlanmalarini topshirdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nemis tilida ravon so'zlayotgan farg'onalik hunarmand o'quvchilar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi umumtaʼlim muassasalari oʼquvchilarini xorijiy tillar va kasbga oʼrgatish boʼyicha Fargʼona viloyati Oltiariq tumanidagi taʼlim dargohlari, xususan hududdagi 38-maktabda amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazavordir.

Taʼlim muassasasining yuqori sinf oʼquvchilari ushbu talabdan kelib chiqqan holda oʼzi qiziqqan kasb turlari va chet tillarini oʼrganishga harakat qilishmoqda.

Quyidagi videolavha orqali turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarayotgan oʼquvchilarning ushbu kasbiy jarayonlar haqidagi fikrlari va xulosalarini nemis tilida tinglashingiz mumkin.

Videolavhada aks etgan bu holat har birimizni quvontirishi tabiiy. Biz esa ushbu o'quvchilarimiz singari ham ilmli, ham hunarli o'quvchilar soni oshib borishini tilab qolamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Jondor tumanidagi MTT pedagoglarining malakasini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Shin Buxoro viloyatidagi qator ta’lim muassasalarida bo‘ldi va maktabgacha ta’lim yo‘nalishida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.

Xususan, viloyatning Jondor tumanidagi joylashgan, Maktabgacha ta’limi agentligi tasarrufidagi Pedagogika kollejida tahsil olayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Muassasada turli to‘garaklar tashkil etgan holda hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat qilayotgan pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha mas’ullarga muhim tavsiyalar berib o‘tdi.

Tumandagi 17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ham muassasadagi qator jarayonlar tahlil etildi.

Batafsil: 👉 https://uzedu.uz/uz/news/904


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from ITSM (Farrux Abduvaxidov)
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿 O’zbekistonda eng ko’p talab qilinadigan kompyuter mutaxassisi 👨‍💻

💰 Daromadli kasb egasi bo‘lmoqchimisiz?

🤔 Qaysi kasbni tezroq va osonroq o‘rganish mumkinligini o‘ylayapsizmi?

Unda hech ikkilanmay Veb-dizaynerlikni o‘rganing!

💲 O‘zbekistonda ushbu kasb egasining oylik daromadi 7 000 000 so‘mdan boshlanadi va o‘rtacha 10 000 000 – 20 000 000 atrofida bo‘ladi. AQSHda esa veb-dizaynerlar oylik maoshi o‘rtacha 5000$ ni tashkil etadi.

Siz ham qiziqib qoldingizmi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Veb-dizayner onlayn kursini bepul o'rganing!

👍👍 Ushbu kasbni o'rganmoqchi bo'lgan barcha yaqinlaringizga xabarimizni ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.
😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichiga start berildi

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning I bosqichi
natijalariga ko‘ra matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan jami 130 nafar eng iqtidorli o‘quvchi saralab olindi va saralash olimpiadasining II bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo’ldi.

Joriy yilning 1-10-fevral kunlari tashkil qilingan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida g’olib bo’lgan yoshlar orasidan 2 nafariga II saralash bosqichida ishtirok etish huquqi berildi, qolgan g‘oliblar I bosqich natijasiga ko‘ra II bosqichga tavsiya etilgan.

Saralash bosqichi xalqaro olimpiadalar(IMO, IPHO, ICHO, IBO, IOI) metodologiyasi asosida tashkil qilinmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from ITSM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🎯 Target o'zi nima?

📷 Bugungi kunda deyarli millionlab yoshlar va biznes qatlam egalari instagram, telegram, facebook, twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda o'zining shaxsiy sahifalarini yuritadilar.

🛍 Siz, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanar ekansiz, har kuni juda ko'plab reklama takliflariga duch kelasiz.

🔫 Target - bu ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylamoqchi bo'lgan reklamangizni maqsadli auditoriyaga ko'rsatish orqali reklamangiz foydasini bir necha bor orttirib beradigan funksiyadir.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 📺 YouTubedagi Milliy ta'lim resurslari kanalidagi "SMM" onlayn kursinida uning barcha imkoniyatlarini mustaqil ravishda o'zlashtirib, ijtimoiy tarmoqlardagi biznes akkauntlaringizni yangi bosqichlarga olib chiqing!⬆️

👍👍 Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.
🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘🔘
#milliy_talim_resurslari #xtv #itsm #IT_kasblar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT taʼlim
Cambridge University Press nashriyotining Ingliz tili o'quv-metodik qo'llanmalari iste'molga kiritildi

Darsliklarning elektron variantlarini, shuningdek, audio va videolar, fleshkardlar va boshqa qo‘shimcha materiallarni https://resurslar.rtm.uz resurslar platformasidan olishingiz mumkin.
🔑Platformaga kirish kodi: RUJ6226.

Respublika ta’lim markazi yangi darsliklar bo‘yicha o‘qituvchilarga doimiy metodik yordam berib boradi. Yangi darsliklar bo‘yicha taassurotlaringizni biz bilan bo‘lishing.

📌Quyida video yo‘riqnoma va audio va video materiallar jamlanmasini yuklab olishingiz mumkin!

Taqvim mavzu - reja
📝Ingliz tili 1-4-sinflar uchun taqvim-mavzu rejaning tushuntirilishi
📝Ingliz tili 5-6-sinflar uchun taqvim-mavzu rejaning tushuntirilishi
📝Ingliz tili 7-8-sinflar uchun taqvim-mavzu rejaning tushuntirilishi
📝Ingliz tili 9-11-sinflar uchun taqvim-mavzu rejaning tushuntirilishi
_____________
🔐
Ingliz tili fanidan 1-6-sinflar uchun nazorat materiallari ishlab chiquvchi dasturiy ta'minotdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma
🔐Ingliz tili fanidan 7-11-sinflar uchun nazorat materiallari ishlab chiquvchi dasturiy ta'minotdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma
_____________
🎥🎙1-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙2-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙3-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙4-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙5-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙6-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙7-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙8-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙9-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙10-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar
🎥🎙11-sinf Ingliz tili fanidan audio va video materiallar

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube