Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
99.2K subscribers
23.5K photos
6.33K videos
142 files
13.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Сурхондарё вилоятидаги мактабларни куз-қиш мавсумига шайлиги ўрганилди

Айни кунларда юртимиз бўйлаб куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари жадал суръатларида олиб борилмоқда. Хусусан, Сурхондарё вилояти Халқ таълими бошқармаси тасарруфидаги таълим муассасаларининг куз-қиш мавсумига шайлиги ўрганиб чиқилиб, аниқланган камчиликларни бартараф этиш юзасидан Термиз туманидаги 23-умумтаълим мактабида тадбир ташкил этилди.

📍Халқ таълими вазири ўринбосари Иброҳим Жўраев, вилоят халқ таълими бошқармаси бошлиғи Сулув Ҳамидова ҳамда шаҳар, туман халқ таълими бўлими мудирлари ва эксплуатация хизмати масъуллари иштирокида вилоятдаги таълим муассасаларининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги кўриб чиқилди. Шунингдек, мавсум давомида иситиш тизимларида келиб чиқадиган носоз ҳолатларнинг олдини олиш, уларнинг тузатиш борасида мутахассисларнинг фикрлари тингланди.

Батафсил: 👉https://uzedu.uz/y3/news/809

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram |Youtube |Facebook |Instagram
Янги ишга кираётган чет тили ўқитувчиларига В2 даражадаги сертификат талаби 2023/2024 ўқув йилидан киритилади

Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 майдаги 312-сон қарорига асосан, 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб давлат таълим муассасаларининг хорижий тиллар ўқитувчиси лавозимига ишга қабул қилинаётган номзодлар камида B2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши лозим.

Мазкур қоиданинг амалиётга жорий этилиши натижасида айрим ҳудудларда чет тили фани ўқитувчиларининг умумтаълим мактабларига ишга қабул қилинишида муаммолар юзага келиши ва ўқитувчиларнинг етишмовчилиги кузатилмоқда.

Кўплаб мурожаатларни инобатга олиб, шунингдек, мактабларда хорижий тилларни ўқитиш жараёни давомийлигини таъминлаш мақсадида Ҳукумат томонидан В2 даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга бўлмаган чети тили фани ўқитувчиларининг умумтаълим мактабларига ишга қабул қилинмаслиги хусусидаги талаб 2023/2024 ўқув йилидан кучга кириши юзасидан топшириқ берилди.

Ҳурматли устозлар, олий ўқув юрти талабалари!

Мактабларда таълим сифати ва педагогларнинг билимига белгиланган талабларга тўлиқ жавоб бериш учун ўз устингизда ишлаш ва малакангизни ошириш чораларини кўришингизни сўраймиз. Мактаб таълими сифатини оширишда педагогларнинг малака ва кўникмалари юқори даражада бўлиши керак.

Эслатиб ўтамиз, 2024/2025 ўқув йилидан мактабдаги ҳар қандай чет тили фани ўқитувчиси В2 даражадаги сертификатга эга бўлиши талаб этилади. Ўз навбатида С1 даражадаги халқаро сертификатга эга ўқитувчилар ҳам айни вақтда ойлик иш ҳақларини 50 фоизга ошириш имкониятига эга.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram |Youtube |Facebook |Instagram
Forwarded from Rustam Karimjonov
📍 Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida yo’l-yo’lakay Samarqand shahrida joylashgan ↪️ 20-umumiy o’rta ta’lim maktabiga kirib o’tdik.

🧐 Ushbu maktab jamoasi tomonidan qilingan ishlarni ko’rib hayron qoldim. Boshqa maktablar o’rgansa, o’rnak olsa arziydigan ishlarni bajarishganidan hayratlandim. Misol uchun:

➡️ maktab juda ozoda va fayzli, binoning kirish qismida gullar, har bir sinf xonasi o‘ziga xos ravishda dizayn bilan bezatilgan, barcha narsalar tartib va did bilan joylangan;

➡️ texnologiya xonasida o‘g‘il bolalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan (eng qizig‘i shundaki, texnologiya fani ustozi o‘rta maxsus ma’lumotli bo‘lishiga qaramasdan 26 yildan beri bolalarni qo’l mehnatiga o’rgatib kelmoqdalar);

➡️ shaxmat klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali shaxmat to‘garagi tashkil qilingan;

➡️ yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish uchun alohida xona jihozlangan;

➡️ kutubxona, rassomlik, musiqa, qizlar uchun tikish-bichish to‘g‘araklari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan;

➡️ nutqida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar bilan alohida logoped shug‘ullanmoqda, ularning sinf xonalari ham barcha zamonaviy o‘quv qo‘llanma va jihozlar bilan ta’minlangan.

🟪 Eng hayratlanarlisi shundaki, yuqorida sanab o‘tilgan sharoitlarning aksariyat qismi maktab rahbariyatining say-harakatlari bilan, ya’ni openbudjet.uz portali orqali, homiylik mablag‘larini jalb qilish hamda mahalliy hokimlik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish evaziga amalga oshirilgan.

💎 Ushbu maktab jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni, ularning mehnatini, maktabga bo‘lgan mexrini ko‘rib, astoydil hursand bo‘ldim.

💎 Maktab jamoasi bilan birgalikda harakat qilinsa, ijobiy natijalarga erishish mumkinligining yaqqol misoli!

Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari - Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ASOSIY OLIMPIADANING III (VILOYAT) BOSQICHIGA START BERILDI

💥 Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan (I guruh fanlari) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Ushbu bosqichda respublika bo‘yicha 15 937 nafar 9-10-11-sinf o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

Amaldagi tartib bo‘yicha mazkur bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar

1-o‘rin uchun 1,8 mln so‘m;
2-o‘rin uchun 1,2 mln so‘m;
3-o‘rin uchun 0,9 mln so‘m
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy yilda g‘oliblarni rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida Respublika byudjetidan qariyb 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tartib 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 562-sonli qarori bilan joriy qilingan bo‘lib, o‘tgan o‘quv yilida 2,7 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan edi.

Olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
📢 Xalq ta'limi tizimidagi o‘quvchi-yoshlarning kuzgi ta'til davomida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari va ular orasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish maqsadida!

⚡️O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan umumta'lim maktablarida tashkil etilgan sport to‘garaklariga taklif etamiz!

To‘garaklarda Milliy va Olimpiya sport turlari bilan bepul shug‘ullanishingiz mumkin!

📝 RO‘YXATDAN O‘TISH!

✒️O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube