Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Eslatma!
🏢 Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti o‘quvchilarni onlayn olimpiadalarda o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi!

🗓 Joriy yilning 7-avgust kuni (payshanba) soat 11:00 da ona tili fanidan 4-sinf o'quvchilari o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. ⌛️

📊Onlayn olimpiadadan so'ng barcha ishtirokchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! Axborot tizimidan foydalanish bo'yicha ko'p beriladigan savollarga javoblar bilan tanishing.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
📌👨🏼‍🎓Бухоролик ўқувчи бир пайтнинг ўзида бир нечта нуфузли хорижий олийгоҳлар талабасига айланди👍

Ғиждувон туманидаги 28-умумтаълим мактаби битирувчиси Азизбек КАМОЛОВ ўз билими ва тиришқоқлиги туфайли ана шундай муваффақиятга эришди. Имтиҳонлардан юқори кўрсаткичларни қайд этиб, бир пайтнинг ўзида Ўзбекистондаги 6 та хорижий олийгоҳга талабаликка қабул қилинди.

1️⃣Westminister (British 🇬🇧)
2️⃣.MDIS( MANAGEMENT DEVELOPMENT INSTITUTE SINGAPORE 🇸🇬)
3️⃣ BRITISH MANAGEMENT UNIVERSITY (BRITISH🇬🇧)
4️⃣IMICA ( INTERNATIONAL MANAGEMENT INSTITUTE CENTRAL ASIA 🌏)
5️⃣ WEBSTER ( USA 🇺🇸)
6️⃣ TEAM UNIVERSITY

Бухоро вилояти халқ таълими бошқармасининг расмий саҳифалари:
Sayt| Telegram | Facebook
Сенат «Таълим тўғрисида»ги қонунни маъқуллади

👉 https://kun.uz/68346824

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
#Bilasizmi

‼️Ўзбекистондаги энг ёш қандолатчи 17 ёшда ва у ўғил бола

Жорий йилда пойтахтимизнинг 144-мактабини битирган 17 ёшли Жавоҳир Алимуҳамедовнинг юзлаб шогирдлари бор. Шунингдек пандемия даврида элликдан ортиқ ёшларга онлайн тарзда маҳорат дарслари ўтиб келмоқда.

Жавоҳир аллақачон мамлакат ва халқаро миқёсда ўтказилган танловларда кўплаб совринларни қўлга киритган. Жавоҳир ўз тажрибасини таътил пайтларида турли чет давлатларида ошириб келишга ҳам муваффақ бўлган.

Ҳозирда Жавоҳир олий ўқув юртига ўқишга киришга ҳозирлик кўрмоқда. У туризм йўналиши бўйича таҳсил олмоқчи.

Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати томонидан тайёрланган ушбу видеони кўриб ўзингиз унинг маҳоратига баҳо беринг.👇👇
Yana ikki nafar o'quvchimiz bir yo'la bir nechta O'zbekistondagi chet el nufuzli oliygohlarning talabasiga aylandi

Toshkent viloyati Angren shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-sinf bitiruvchisi Sunnatulla Sattorov:

1️⃣University of WEBSTER (🇺🇸America)
2️⃣University of Westminster (🇬🇧British)
3️⃣University of Inha (🇰🇷Korea)
4️⃣University of AMITY (🇮🇳India)
5️⃣University of TURIN (Italiya)
6️⃣ University of Singapore
Hamda:
7️⃣Chexiyadagi University of Charles
8️⃣ University of Youngswil (USA)

Toshkent viloyati Angren shahar 29-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-sinf bitiruvchisi Dinora G'ulomova:

1️⃣University of WEBSTER (🇺🇸America)
2️⃣University of BMU (🇬🇧British)
3️⃣University of YEOJU (🇰🇷Korea)
4️⃣University of AMITY (🇮🇳India)
5️⃣University of KIUF (🇰🇷Korea)
#Bilasizmi
Motivatsiya

✍️Hech qachon hech narsaga afsus qilmang, ba'zan ko‘ngilsizliklar hikmatli, ro‘yobga chiqmagan orzular yaxshilikka bo‘ladi.
👉Har bir narsadan yaxshilik qidiring..

Batafsil ma'lumot uchun:
T: t.iss.one/tashxismarkazi
T: t.iss.one/hayotgaqoshil
T: t.iss.one/tashxismarkazi_maxsus
F: facebook.com/tashxismarkazi/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Дарсликлар, баҳолаш ва ўқитувчи омили – халқаро экспертлар Ўзбекистон мактабларида таълим сифатини ошириш ҳақида

👉 https://kun.uz/01845177

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Forwarded from IT taʼlim
#Bu_muhim
AVGUST KENGASHLARI NIMA?

Avgust kengashilari - bu yangi oʻquv yili boshlanishi oldidan har yili anʼanaviy tarzda tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy mahoratlarini yanada oshirish, ilgʻor tajribalarni targʻib qilish hamda oʻquv dasturlari, darsliklardagi yangiliklar va oʻzgarishlarni tizim xodimlariga yetkazish, yangi oʻquv yilida taʼlim-tarbiya sifatini oshirish yuzasidan muhim va ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish maqsadida oʻtkaziluvchi oʻquv seminaridir.

Kanalga obuna bo`lish:
👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
2020 йил 8 август куни ўқувчилар учун “Online to‘garak”, “Online kasbiy rivojlantirish” йўналишларида эфирга узатиладиган телевизион машғулотлар жадвали

👉 “Online to‘garak”
(Ўзбек тилида)

09:00 ―“Моҳир қўллар” (бичиш-тикиш)
9:17 ― Эстрада вокал
9:31 ― Ёш дастурчи
9:48 ― Фортепиано
10:05 ― Доирачилар

👉 “Online to‘garak”
(Рус тилида)

10:21 ― “Умелые руки” (кройка и шитьё)
10:40 ― Эстрада вокал
11:03 ― Юный программист
11:24 ― Фортепиано
11:43 ― Театральное искусство

👉 “Steam”
(Ўзбек тилида)

12:00 ― Everyday English
12:27 ― Hot English
12:34 ― Робототехника

👉 “Steam”
(Рус тилида)

12:47 ― Робототехника

👉 “Online kasbiy rivojlantirish”
(Ўзбек тилида)

13:00 ― Она тили
13:15 ― География
13:30 ― Кимё
13:44 ― Биология
14:04 ― Математика

👉 “Online kasbiy rivojlantirish”
(Рус тилида)

14:24 ― Русский язык
14:34 ― География
14:50 ― Химия
15:00 ― Биология
15:17 ― Математика

Изоҳ: мазкур машғулотлар “ONLINE-MAKTAB” рукни остида 9:00 дан бошлаб (15:32 дан бошлаб такрорий) эфирга узатилади.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
O‘Y-FIKRLARINGIZ BILAN O‘Z TAQDIRINGIZNI YARATASIZ...

👉 Agar sizda ichki qo‘rquv bo‘lsa, hayot sizga faqat qo‘rquvdan iborat vaziyatlarni beradi.

👉 Agar sizda ichki agressiya kuchli bo‘lsa, hayot sizga tashlanadi, ya'ni doimiy agressiyada umr kechirasiz.

👉 Agar sizda kurashib yashash uchun xohish bo‘lsa, siz uchun hayot raqobatchilarni yetkazib beradi.

👉 Agar sizda o‘zingizga nisbatan aybdorlik hissi bo‘lsa, hayot sizni faqat jazolaydi.

👉 Agar sizda doimiy norozilik bo‘lsa, hayot siz uchun bundanda kuproq norozilik vaziyatlarini yetkazib beradi.

👉 Demak sizning hayotingiz, kuningiz bu sizning o‘y-xayollaringiz natijasidir.

👉 Har bir kunimiz bizning tashqi gap so‘zlarimiz asosida emas, balki bizning ichki holatimiz, ichki o‘y-xayollarimiz aksidir.

Batafsil ma'lumot uchun:
T: t.iss.one/tashxismarkazi
T: t.iss.one/hayotgaqoshil
T: t.iss.one/tashxismarkazi_maxsus
F: facebook.com/tashxismarkazi/
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#masal #mutolaa
HAMMASI SIZNING QOʻLINGIZDA

Qadim zamonda, qadimiy bir shaharda atrofida koʻplab shogirdlarga ega Ustoz yashagan ekan. Kunlarning birida eng qobiliyatli shogirdlaridan biri: “Ustozimiz javob berolmaydigan savol ham bormikan?” deb oʻylaydi.

Soʻng gullarga toʻla maysazorga borib, eng goʻzal kapalakni tutadi va uni kaftlari orasiga yashiradi. Kapalak panjalari bilan uning qoʻllariga yopishadi. Jilmayib, ustozi oldiga bordi va soʻradi:

- Aytingchi, mening qoʻlimda qanday kapalak: tirikmi yoki oʻlikmi?
U kaftlariga yopishgan kapalakni qoʻlida mahkam ushladi va oʻz haqiqati uchun har qanday onda ularni siqishga tayyor edi.

Ustoz shogirdning qoʻllariga qaramasdan javob berdi.
- Hammasi sening qoʻlingda.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
📌Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy talantlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. 📌 Maktab bolalarda ular ham jamiyatning bir boʻlagi ekanligi va jamiyat taraqqiyotiga oʻz ulushini qoʻsha olishi mumkinligi borasidagi hissiyotni shakllantirishda katta rol oʻynaydi.

👉🏻 https://t.iss.one/xtvpisa
(DAVOMI) 📌Shuningdek kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab-quvvatlaydi. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek tuyulishi mumkin. 📌Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi mumkin. 👉🏻 https://t.iss.one/xtvpisa
Forwarded from Abdukamol Mamadaliyev
Тошкент вилояти халқ таълими тизими "Бир миллион дастурчи" лойихаси бўйича бугунги кунгача 123 та сертификатга эга бўлди. Ўқувчилар ҳамда ўқитувчилар орасида бу лойихага қизиқувчилар кундан кунга ортиб бормоқда.
НАМАНГАНЛИК ЎҚУВЧИ ИСПАНИЯДА ЎТКАЗИЛГАН ХАЛҚАРО ТАНЛОВДА ФАХРЛИ ЎРИННИ ҚЎЛГА КИРИТДИ

Наманганлик ўқувчи Испанияда ўтказилган онлайн фестивал-танловда муваффақиятли иштирок этиб, юксак эътирофларга сазовор бўлди.

Дунёнинг бир қанча давлатидан иқтидорли ўқувчилар иштирок этган “Dali's Mustache” онлайн танловида Уйчи туманидаги 14-умумий ўрта таълим мактабининг 8-синф ўқувчиси Нозимжон Юсуфжанов 13 - 15 ёш тоифасида рассомчилик йўналишида қанчалар маҳорат соҳиби эканлигини кўрсатиб, 2-ўринга сазовор бўлди ҳамда 2021 йил май ойида Испанияда бўлиб ўтадиган "BEAUTY OF THE COSTA BRAVA" танловида қатнашиш ҳуқуқини қўлга киритди.

Наманган вилоят халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати