Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
101K subscribers
22.9K photos
6.26K videos
142 files
13.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Bayramona tuhfa: Surxondaryoda bolalar kutubxonasi zamonaviy qiyofaga keltirildi

📍 Viloyat mahalliy budjetidan ajratilgan
2 milliard 275 million so‘m mablag‘ evaziga Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi bugun zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

⭐️Viloyat bolalar kutubxonasi fondi bugungi kunda 105 ming 400 nusxani, elektron adabiyotlar soni 10 ming 520 tani tashkil qiladi. Kutubxonaga joriy yilda 22 ming 400 nafar kitobxon a'zo bo'lgan. Manzilda adabiyotlarni saqlash, ma'lumot va bibliografiya, uslubiy, axborot resurslari va texnologiyalari, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, madaniy-ommaviy tadbirlar, maktablarga amaliy uslubiy yordam ko'rsatish hamda kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo'limlari mavjud.

🔹Telegram   🔹Facebook
🔹Instagram 🔹You tube
📍Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” ko’rik-tanlovi yakuniga yetdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Huquqiy ma’rifiy bilimdon” ko’rik tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovga Jizzax viloyat mezbonlik qildi. Unda hududiy bosqichlardan gʻolib boʻlgan jami 70 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga koʻra:

Sirdaryo viloyati jamoasi 1-oʻrinni,
Namangan viloyati jamoasi 2-o‘rinni,
Toshkent viloyati jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

G‘olib jamoalar vazirlik tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sizlarni davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami munosabati bilan samimiy qutlaydi.

Xalqimiz faravonligi va tinchligimizning huquqiy tayanchi bo‘lgan Bosh qomusimiz demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevoridir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#27_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Imom Burhoniddin Marg‘inoniy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk olim Imom Burhoniddin Marg‘inoniy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Vazifa va ijro: ta’im sohasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
#9dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyati hokimligi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining qo‘shma sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov, tizim mas'ullari, markaziy studiya va 208 ta tuman (shahar)lardagi studiyalardan 10 mingdan ortiq maktablarda faoliyat olib borayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, sport maktablari direktorlari hamda sport murabbiylari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda joriy yilning 15-noyabr kuni  Prezidentimiz tomonidan "Umumiy o'rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga yaratilgan imkoniyatlar haqida so'z yuritildi.


Yig‘ilish davomida Respublikada 7 mln nafarga yaqin o‘quvchining taqdiri, ertangi kelajagi pedagoglarning qo‘lida ekanligi, bu juda katta mas’uliyatligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tizim mas’ullariga o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish borasidagi vazifalar tushuntirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda pedagoglarning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha takliflari tinglanib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM