Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.4K subscribers
21K photos
5.96K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardan Bilol Baxtiyorov va Saidali Sadiuaxxasovlarni robototexnika bo‘yicha respublika tanlovining "Robo Racing" yo‘nalishida sovrinli o‘rinlarni egallagani bilan samimiy tabriklaymiz.

"Zamin education" loyihasi ishtirokchilari to‘rtinchi marta har yili o‘tkaziladigan Respublika inklyuziv IT festivalida qatnashib, yanada yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu yilgi tadbirda axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohasiga qiziqqan 3 mingdan ziyod maktab o‘quvchilari va talabalar ishtirok etmoqda.



Искренне поздравляем Билола Бахтиёрова и Саидали Садиуаххасова из 102 и 106 специализированных школ-интернатов, занявших призовые места в республиканском конкурсе по робототехнике в направлении Robo Racing.

Участники проекта Zamin education уже четвёртый раз принимают участие в Ежегодном республиканском инклюзивном IT-фестивале, показывая всё более высокие результаты. В этом году в мероприятии принимает участие более 3000 школьников и студентов, интересующихся сферой информационных технологий и инноваций.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Surxondaryo: ta'lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ayni damda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Uchrashuvlar davomida hududdagi ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, ustozlarni kasbiy rivojlantirish kabi masalalarga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, Oltinsoy tumani misolida maktablarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kelgusi yillarda qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Sherzod Karimov Surxondaryodagi o‘rganish ishlar doirasida Oltinsoy tumanidagi qator ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 30-, 37-, 50-, 42-umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini yaqindan o‘rgandi.

Maktablar jamoasi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda pedagoglar ChSB, BSB baholash tizimlari haqida o’z fikrlarini bildirib, ushbu baholash tizimining foydali jihatlari haqida aytib o’tishdi.

Xususan, ushbu tizim o’quvchilarda kreativlikni shakllantirish barobarida ularning bilimini to’g’ri baholashga yordam berayotganligi hamda o’qituvchilarni o’z ustida ko’proq ishlashiga undayotganligi ta’kidlab o’tildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov ishtirokida 30-maktab faoliyatini o‘rganish davomida ushbu maktab va hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari hamda boshqa muhim masalalar muhokama etildi.

Oʻzaro muloqotlar davomida taʼlim maskanlari faoliyati, bu yerdagi taʼlim sifatini oshirish va oʻquvchilarning darslarga qiziqishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha oʻqituvchilarning fikrlari bilan ham qiziqdi.

Joriy yilda umumta’lim maktabi bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida ta’lim sifatini oshirishda Oltinsoy tumani tajribasini yanada kengaytirish, hamkorlikning mazmunan yanada boyitish, o‘quvchilarga bilim olishi bilan birgalikda xorijiy til, kasb-hunarlarga o‘rgatish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning umumta’lim, musiqa va san’at maktablaridagi pedagoglar bilan jonli muloqoti boshlandi.

📍Tadbir poytaxtimizdagi Sinpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Onlayn vebinar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 5-6-sinflar uchun yangi “Tabiiy fanlar" darsliklari asosida dars o‘tish metodlariga bag‘ishlangan vebinar tashkil etilmoqda.

Unda 5-6-sinf tabiiy fanlar o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.


Sana: 27-noyabr, soat 14:00

Vebinar maqsadi:


O‘qituvchilarni yangi “Tabiiy fanlar” darsliklari, mashq daftarlari va o‘qituvchilar kitoblarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
5-6-sinflarda dars berayotgan tabiiy fanlar o‘qituvchilarga yangi darsliklar asosida o‘qitish metodlarini o’rgatishdan iborat.

👉 Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM