Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
107K subscribers
22.3K photos
6.16K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Bolalar harakati" sardorlar saylovi qizgʻin davom etmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Bolalar tashkiloti, Yoshlar ishlar agentligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Bolalar harakati" sardorlar saylovi boʻlib oʻtmoqda.

Ayni vaqtda mazkur saylovning tuman (shahar) bosqichi jarayonlari mamlakatimizning barcha hududlarida qizgʻin tashkil etilmoqda.

❗️Saylov davomida nomzodlar oʻzlarining “Men sardor boʻlsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etadi. Taqdimotda nomzod tomonidan agarda sardor boʻlsa qanday loyihalarni amalga oshirishi, shu davrgacha qanday yutuqlarga erishgani xususida maʼlumot beriladi.

Eng faol, tashabbuskor, bilimdon 7 nafar nomzod "Bolalar harakati" sardorlar Kengashi sardorlari etib saylanishadi.

Maʼlumot uchun: "Bolalar harakati" sardorlar saylovining hududiy bosqichi 28-noyabr kuni, respublika bosqich jarayonlari 1-10-dekabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Foto: Namangan viloyati, Uychi tumanida oʻtkazilgan saylov jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan psixologlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi sizlarni “22-noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida minglab psixologlar mehnat qilishmoqda va ular yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlarida katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Sizlarning jonbozligingiz va mehnatingiz tahsinga sazovor, zero har biringiz yosh avlodni ma'nan yetuk, ruhan sog'lom hamda jamiyatning to'laqonli a'zosi qilib yetishtirishda muhim o’rin tutmoqdasiz.

Kelgusi faoliyatingizda ham sizlarga omad va zafarlar yor bo'lsin! Bugungi muhim sana barchangizga muborak bo‘lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

Joriy yilning oktabr-noyabr oylarida maktabgacha, umumta'lim va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog kadrlari malaka sinovlaridan o‘tkazildi.

📍 Mazkur jarayonlar raqamlarda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим

"Mehrjon" bayrami o‘tkazildi.

Navoiy viloyati, Uchquduq tuman 14-sonli "Ertak" davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Mehrjon" hosil bayrami bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bolalar o‘zlari ijro etgan she'r, qo‘shiq va raqslari bilan faol ishtirok etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Bolalar bilan tashkil etilgan mavzuga oid turli harakatli o‘yinlar bayramga mazmun bag‘ishladi va bolalar qalbida yorqin taassurotlar qoldirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari muhokama etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Hamdam Qarshiyev hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda 10 mingdan ziyod umumta’lim tashkilotlarida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarish, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, “Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, faol hayotiy pozisiya” tamoyiliga asosan yangilangan CHQBT fanining o‘quv dasturi va darsliklarini yaratish, ta’lim tashkilotlaridagi ushbu fan o‘quv-moddiy bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda CHQBT rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, har bir tuman (shahar)da “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ularni jihozlash, moddiy texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish qayd etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM