Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.3K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida nutq soʻzlamoqda.

Prezidentimiz yigʻilishda ijtimoiy sohada muhim oʻzgarishlar roʻy berganini taʼkidladi.

Oʻtgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bogʻcha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha taʼlimda – 74 foizdan, oliy taʼlimda esa – 39 foizdan oshdi.

Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qoʻlga kiritdilar.

“Oʻzbekiston tarixida ilgari hech qachon boʻlmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-gʻayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlatimiz rahbari.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda koʻp qirrali yondashuvlar asosida kambagʻal oilalarning aʼzolariga sifatli taʼlim berish, ularni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, sogʻligʻini yaxshilash, psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha individual koʻmak berish paketlari boʻlishi belgilandi.

2025-yilda 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi.

Shu maqsadda kambagʻal oilalar bolalari maktablarda chet tili, kasb-hunar va IT boʻyicha bepul bilim olishi uchun 500 milliard soʻm ajratiladi. Ijtimoiy ahvoli ogʻir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Majlisda taʼlim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.

Kelgusi yillarda bogʻchalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa boʻlib qoladi.

Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablagʻlari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bogʻcha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bogʻcha va 379 ta maktab taʼmirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion soʻm ajratiladi.

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.

“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.

Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”, -
dedi davlatimiz rahbari.

Ayni vaqtda jamiyatimizdagi ochiqlik va erkinlik muhitini, millatlar va dinlar oʻrtasidagi ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, soʻz va matbuot erkinligi, vijdon erkinligini taʼminlash boʻyicha boshlangan ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 ⭕️⭕️⭕️

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining 5-6-sinflari uchun yangi “AHA! Matematika” darsliklari asosida dars o‘tish metodlariga bag‘ishlangan vebinar tashkil etilmoqda.

❗️Unda barcha 5-6-sinf matematika fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Vaqti: 21-noyabr, 10:00

Vebinar maqsadi
:

O‘qituvchilarga 5-6-sinfda matematika fani bo‘yicha ta’lim natijalari va o‘quv dasturlari haqida ma'lumot berish;
O‘qituvchilarni yangi “AHA! Matematika” darsliklari, mashq daftarlari va o‘qituvchilar kitoblarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
5-6-sinfda dars berayotgan matematika fani o‘qituvchilarining yangi darsliklar bo‘yicha dars o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularga yangi o‘qitish metodlarini singdirishdan iborat.

👉 Vebinarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Таълим_саёҳати

🔴 "Xorijiy tillarni o‘qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovi g‘oliblarining Buyuk Britaniyadagi ta'lim sayohati davom etmoqda.

Sayohat davomida o’quvchilarimiz Buyuk Britaniyaning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, Windsor yozgi saroyi, Eton shahri va universiteti, Tower Bridge, Temza daryosi, Westminster qarorgohi, Oxford shahri va universitetida bo‘lishdi.

Shuningdek, ta'lim sayohati qatnashchilari O’zbekistonning London shahridagi elchixonasida ham bo‘lib, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashishdi.

Muloqot davomida o‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda 500 nafarga yaqin maktabgacha ta'lim tashkiloti metodistlari ishtirok etishdi.

Vazir o'rinbosari Farhod Boqiyev tadbirni kirish so'zi bilan ochib berib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi va seminar ishida omad tiladi.

Mazkur o‘quv-amaliy seminar 6 ta sho‘bada o‘tkazilib, unda yo'nalishlar kesimida tarbiyalanuvchilar bilan samarali ishlash, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda o'qitishda zamonaviy metodikalardan foydalanish kabi mavzularda so'z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazirlik vakillari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, YTB rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida turli sohalarda bo’lgani kabi ta'lim sohasida ham o‘zaro hamkorlik yanada rivojlanib borayotganligi aytib o’tildi.

Mehmonlar Agentlik tizimidagi maktab bitiruvchilari uchun Turkiyaning oliy ta’lim muassasalarida grant asosida o‘qishni davom etirishga ko‘maklashish, Turkiyada o‘qish qiziqishini bildirgan bitiruvichilar uchun alohida grant o‘rinlarini ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida to’xtalib o‘tdi.

Ko’plab ijobiy muzokaralar almashilgan uchrashuv so’ngida har ikkala tomon istiqboldagi rejalar bo’yicha onlayn va oflayn muzokaralar olib borishga kelishib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fransuz tili o‘qituvchilari DELF B2 imtihonlariga tayyorlanmoqda

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida fransuz tilini o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish, fransuz tili fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish va ularning bilimlarini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi.

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kurslarda Fransiyaning tajribali pedagoglari hamda Toshkent shahridagi Fransuz alyansi nodavlat ta‘lim tashkiloti mutaxassislari trenerlik qilib, o‘qituvchilarni DELF B2 imtihonlariga tayyorlaydilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram