Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.4K subscribers
21.1K photos
5.98K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
📣 📣 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi

Xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglarini malaka sinovlaridan oʻtkazish sanalari belgilangan.

❗️Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlariga oʻzgartirish kiritildi. Xususan:

11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
13-noyabrda oʻtkazilishni belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;
15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya

📣 Diqqat, e’lon!!!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

🔹 Sinov jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida vazirlik tomonidan barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

Qadrli pedagoglar!

❗️ Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqida attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 97 352 09 09 yoki quyidagi bot manziliga xabar yuborishingizni soʻraymiz.

👉 Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Press-tur: Surxondaryo viloyatida malaka sinovlari qizgʻin pallaga kirdi

Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabida vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokida oʻtkazilayotgan malaka sinovlariga jarayonlariga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi.

🔹 Tadbir doirasida OAV va keng jamoatchilik vakillariga ishtirokchi pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sinov jarayonlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

👉 Maʼlumot uchun: joriy malaka sinovlarida hududdagi 12 ming 553 nafar pedagog ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar
#Таълим_саёҳати

Prezident sovrini uchun Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovida g’olib bo’lgan bir guruh jamoalar ta’lim sayohati uchun Germaniyaga jo’nab ketishdi.

Ushbu sayohat 8-noyabrga qadar davom etadi.

❗️Eslatib o’tamiz, mazkur tanlovda umumiy hisobda 6 442 ta maktab qamrab olindi.

Shundan 6 175 ta maktab – 30 875 nafar o‘quvchi ingliz tilidan, 143 ta maktab – 715 nafar o‘quvchi nemis tilidan, 124 ta maktab – 620 nafar o‘quvchi fransuz tilidan tanlovda ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida O‘zbekiston maktablarining rahbar va o‘qituvchilari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim berishning psixologik-pedagogik asoslari bo‘yicha gibrid formatda malaka oshirmoqda.

Xalqaro ekspertlar o‘qituvchilarni dolzarb dastur va texnologiyalar bilan tanishtirdi, inklyuziv sinflarda o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqdi. Ishtirokchilar fan o‘qituvchilarining alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish va bolalarning to‘laqonli rivojlanishi uchun yagona ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tez-tez beriladigan savollarga javob oldi.

В рамках проекта «Инклюзивное образование» руководители и преподаватели школ Узбекистана в гибридном формате проходят повышение квалификации по психолого-педагогическим основам образования учащихся с особыми образовательными потребностями.

Международные эксперты познакомили преподавателей с актуальными программами и технологиями, рассмотрели основные принципы организации учебного процесса в инклюзивных классах. Участники получили ответы на часто задаваемые вопросы о выстраивании взаимодействия педагогов-предметников с детьми с особыми образовательными потребностями и создании единой образовательной среды для полноценного развития детей.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube