Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
109K subscribers
22.1K photos
6.13K videos
140 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
📣Jadidlar izidan” tanlovining tuman (shahar) bosqichi oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovining tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 31-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi oʻtkaziladigan joy manzillari:

✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
✔️
Xorazm viloyati
✔️
Navoiy viloyati
✔️
Andijon viloyati
✔️
Farg‘ona viloyati
✔️
Namangan viloyati
✔️
Buxoro viloyati
✔️
Samarqand viloyati
✔️
Qashqadaryo viloyati
✔️
Surxondaryo viloyati
✔️
Jizzax viloyati
✔️
Sirdaryo viloyati
✔️
Toshkent viloyati
✔️
Toshkent shahri

👉 Eslatib oʻtamiz: Tanlovning Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan, jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy mamlakatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bir hafta avval, kanal orqali “Yil oʻqituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagoglarimiz fikrlari bilan qiziqqan edik. Murojaat botimizga qisqa muddatda mingdan ortiq takliflar keldi, haliyam kelishda davom etmoqda. Ular orasidagi ayrim takliflar e’tiborimizni tortdi:

Tanlovni onlayn test shaklida oʻtkazish adolatli boʻladi, xuddi toifa test sinovidagidek. Natijalar ham oʻsha vaqtdayoq chiqsa nomzodlarda ortiqcha savollar qolmaydi. Nazorat ham toifa test sinovidagidek tashkillashtirilsa, menimcha, shaffof va adolati boʻladi.

Alohida platforma yaratilishi kerak. Test ham, oldingi natijalar ham platformaga joylanishi kerak. Tanlovni platforma oʻtkazishi kerak. Ochiq darslarni internet va telekanallar orqali onlayn translyatsiya qilish kerak.

2016-yil “Yil oʻqituvchisi” tanlovida qatnashganman. Oʻshanda notanish maktabda dars berib, pedagogik mahoratimizni koʻrsatgan edik. Pandemiyadan keyin esa internetda ovoz toʻplash “moda”ga aylandi. Menimcha, biz musobaqani oʻtkazishning oʻsha “jonli” shaklini qaytarishimiz kerak.

Hujjatbozlik kam boʻlishini soʻramoqchiman, masalan testmi testga borib yechib kelish kerak, ish staji necha yil, toifasi nechchi, maktab direktoridan tavsifnoma kabi ortiqcha hujjatlar talab qilmanglar, iltimos.

Oʻqituvchilarni har tomonlama baholash uchun terma sinf tuzib ushbu sinfga dars oʻtishlarini aytish hamda eng soʻnggida qaysi oʻqituvchi sifatli bilim berganligini aniqlash uchun oʻquvchilarni suhbat va test qilish kerak.

Taʼlim sohasida haqiqatan ham fidoyi ustozlarni tanlab olishda jamoatchilik fikri inobatga olinishi lozim. Korrupsiyani oldini olish uchun mustaqil ekspertlar tarafidan har bir nomzodning yillar davomida xalq taʼlimini rivojlantirishga qoʻshgan hissalari oʻrganib chiqilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Bunda nomzodlar tarafidan maʼlumotlarni yashirish yoki boʻrttirib koʻrsatish holatlari aniqlansa, ularga va maktab maʼmuriyatiga qatʼiy chora koʻrish lozim.

Respublika bosqichini televideniye orqali savol-javob tarzida oʻtkazish kerak va har bosqichda boshqa-boshqa hakamlar hayʼati boʻlsin.

Oʻqituvchining staji ahamiyatsiz qilib qoʻyish kerak. Chunki shunday yoshlarimiz bor shijoatga toʻla, pedagogik mahorati ham juda zoʻr, hattoki 20-yillik stajga ega pedagoglardan ham yaxshiroq natijalar koʻrsata oladi. Oʻqituvchining unvonlari ham asosiy jihat qilib koʻrsatilmasligi kerak.

Men tanlovda faqat oʻqituvchini oʻzini emas, oʻquvchilarini natijalarni ham oʻrganish, natijalar asosida maʼlum bir ball qoʻyishni taklif qilmoqchiman, chunki har bir daraxtni mevasiga qarab baho beriladi, oʻzi qanchalik koʻrkam boʻlmasin, yaxshi meva bermasa, u qadrli boʻlmaydi.

Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan ustozlar maʼlum muddat oraligʻida biror platformada roʻyxatdan oʻtishlari, xuddi vazir ustamasidagi kabi (qiyinligi ham shu darajada) 30 ta test mutaxassislik fanidan, 10 ta test pedagogik mahoratdan boʻlib, keyingi bosqichga oʻtish balli belgilanishi kerak.

Birinchi bosqich test boʻlsin. Testda 80% dan kam ball olsa ikkinchi bosqichga qoʻyilmasin. Fan olimpiadasini savollarni kabi savollardan tuzilsin. Baholash jarayoniga layk bosish yoki ovoz toʻplash kabi oʻqituvchining oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarni qoʻshmaslik kerak.

“Yil oʻqituvchisi” tanlovida oʻqituvchining erishgan yutuqlariga qaralsa, ixtisoslashgan maktab oʻqituvchilarida imkoniyati koʻproq boʻladi. Chunki ular saralangan oʻquvchilarga bilim berishmoqda. Shuning uchun oʻqituvchilarga oʻz fani va metodlar boʻyicha testlar, topshiriqlar berilsa adolatliroq boʻladi. Oʻz fani boʻyicha xalqaro olimpiadalar darajasidagi topshiriqlar berilsa nur ustiga aʼlo nur.
Forwarded from Hilola Umarova
Postning davomi👇

Tanlovga qatnashuvchi oʻqituvchilar qaysi fan oʻqituvchisi boʻlishidan qatʼiy nazar chet tilini bilish talabi qoʻyilsin, chunki zamonaviy ustoz oʻz tilidan tashqari chet tilini ham bilishi kerak. Eng asosiysi, bu tanlovda oʻqituvchining ishtirok etish, etmasligini maktab direktori yoki yuqorida turgan shaxslar belgilamasligi kerak.

Avval test, keyin taqdimot va suhbat eng oxirida esse yozish masalan oʻqituvchi taʼlim sifati va samaradorligi ga qanday hissa qoʻsha oladi, qanday yangiliklar qiladi. Esse esa dunyo tajribasida bor va aniq baholash mezoni.

Oʻqituvchiga beriladigan savollar tanlov kuni respublikadan yuborilsa hech kimni savolni oldindan olib tayyorlanishiga imkon qolmasdi va bu ham adolatni taʼminlar edi.

Barcha ishtirokchilar bir xil talablar va mezonlar asosida baholanishi kerak. Masalan, oʻqituvchining kasbiy yutuqlari, innovatsion metodlari va oʻquvchilar bilan ishlashdagi samaradorligiga diqqat qaratish mumkin. Mustaqil ekspertlar guruhi tanlov jarayonini kuzatib borishi va noxolisliklarni oldini olish uchun monitoring qilib borishi kerak. Oʻqituvchining jamoatchilikdagi nufuzi, oʻquvchilar va ota-onalar bilan munosabatlari va jamoatchilik hayotidagi faolligiga ham eʼtibor berish zarur.

Tanlov shartlari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, hakamlar boshqa tumandan, boshqa viloyatdan boʻlishi shart. Yaʼni Gʻijduvon tumanida bosqichi boʻladigan boʻlsa, oʻqituvchi ochiq dars oʻtadimi yoki biror fanga oid taqdimot tayyorlaydimi, uni Gʻijduvon tumanidagilar emas, boshqa tumandagilar tekshirishsin. Yoki tanlov ishtirokchisining ism-familiyasi anonim boʻlib turadigan shartlar boʻlsin.

Tanlov jarayonida ota-onalar, mutaxassislar va oʻqituvchilar hamda taʼlim sohasi vakillari oʻz fikrlarini bildira oladigan tizim boʻlishi kerak!

Oʻqituvchi chet tili yoki matematika, informatika, oʻzbek tili fanlaridan dars bersa u yil davomida nechta oʻquvchini milliy yoki xalqaro sertifikatga ega qilsa aynan shu koʻrsatkichi hisobiga tanlov gʻolibi deb topilsa, bu ham maktabga ijobiy natija ham oʻquvchilar orasidan bilimli va sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar sonini ortishiga hissa qoʻshgan boʻlar edi.

P/S: Aytganimdek, biz uchun har bir fikr, taklif qadrli. Botga kelgan barcha taklifni shaxsan o‘zim va jamoamiz o‘qib boryapmiz 😊

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

🔹Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi Javohir Razzaqov.

👉 Ustoz ikki yarim yillik pedagogik faoliyati davomida navbatdan tashqari attestatsiya sinovlarida ketma-ket ishtirok etdi hamda mutaxassis toifasidan oliy toifaga ko'tarildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Gimnastikaga_ilk_qadam

Toshkent shahrida “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichi boʻlib oʻtdi


Bugun Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda poytaxtdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichi oʻtkazildi.

Festivalda Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoaning 120 nafar tarbiyalanuvchilari o'zaro kuch sinashishdi.

❗️Yakuniy natijalarga ko'ra, Olmazor tumani 201-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining “Oʻzbegim qizlari” jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi.


Festivalda faol ishtirok etgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalariga “Eng yaxshi kompozitsiya”, “Eng yaxshi dinamika”, “Eng yaxshi obraz”, “Eng yaxshi xoreografiya”, “Eng yaxshi gimnastika elementlaridan foydalangan jamoa”, “Takrorlanmas kompozitsiya”, “Eng uygʻun jamoa”, “Eng hissiyotli jamoa”, “Eng yaxshi texnik harakatlar”, “Eng jozibador libos”, “Eng ahil jamoa” nominatsiyalari berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

🔹Toshkent viloyati, Olmalik shahar 20-sonli IDUM matematika fani oʻqituvchisi Go’zal Abdurahmonova.

👉 Ustoz malaka sinovlarida 82 ball olib, birinchi toifaga ega boʻldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori oʻqib eshittirildi. Unga koʻra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.

Sherzod Karimov uzoq yillar davomida taʼlim tizimida, xususan, 2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ijtimoiy yoʻnalishlariga doir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Yigʻilish soʻnggida vazirlik jamoasi Sherzod Karimovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Toshkent shahrida bo’lib o’tgan “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining final bosqichidan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#nokomment

👉
Qashqadaryo viloyatida joriy malaka sinovlarida 14 mingga yaqin pedagoglar ishtirok etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ITSM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni vaqtda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya Pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filialining yangi kampusi ochilish marosimi boshlandi.

📍 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM