Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Gimnastikaga_ilk_qadam

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida "Gimnastikaga ilk qadam” festivaliga start berildi.

Bundan ko’zlangan maqsad — badiiy gimnastikani ommalashtirish va keng targʻib qilish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarini gimnastika sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etishdan iborat.

📍 Unda bog’chalarning 5-6 yoshli tarbiyalanuvchilar ishtirok etishmoqda.

Festival davomida bolaning aqliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda oʻzini namoyon qilishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

✔️ Festivalning tuman (shahar) bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanma beriladi.
_____
Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jadidlar izidan
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

🟢 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi to‘g‘risida ushbu taqdimot orqali tanishishingiz mumkin.

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Ta'lim tashkilotlaridagi muammolar o‘rganilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Tеmur Komilov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatidagi ta'lim tashkilotlarida mavjud muammolarni o‘rganmoqda.

❤️O‘rganish davomida Karmana tumanidagi 6-sonli maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, 14-sonli maktab hamda tumanning 4 ta mahallasida yangidan bunyod etilayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, 14-sonli maktabda qo‘shimcha binoning qurilish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

❤️Shuningdek, tumandagi 21-sonli maktabda bo‘lib o‘tgan pedagoglar bilan muloqotda muammolar va takliflar eshitildi.

🔴 Vazirlik ishchi guruhi ta'lim tashkilotlari muammolarini  o‘rganishda davom etmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJONLIK O'QUVCHI-QIZ IELTSDAN 8 BALLNI QO’LGA KIRITDI

Xabaringiz bor, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama bilimli kadrlar etib tarbiyalash, ayniqsa o'quvchilarni xorijiy tillarni puxta egallashlariga ko'maklashish yo'nalishida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Mazkur tashabbuslar natijasida Andijon viloyatida ham bir qator ilg'or o'quvchilar maktab davridanoq xorijiy tillarni bilish yo'nalishidagi xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritmoqda.

Xususan, Andijon shahridagi 11-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Ismigul Abdurahmonova Xalqaro IELTS setifikatida 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi iqtidorli o‘quvchimizni mana shunday ulkan yutuqlari bilan tabriklab qoladi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram |
Facebook | Web sayt
Surxondaryodagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida badiiy gimnastika toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda

Viloyat maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida gimnastika sport turini keng ommalashtirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, hozirda viloyatdagi 130 ta davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida gimnastika toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bunda mahoratli trenerlar bolajonlarga badiiy gimnastikaning sir-asrorlari oʻrgatib kelishmoqda.

👉 Ayni vaqtda hududdagi nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida ham gimnastika toʻgaraklari faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin