Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77K subscribers
20.9K photos
5.95K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Eshitishni xohlayman!" loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19 ta maktab-internatining rahbarlari, uslubchilari va defektologlari uchun korreksion-pedagogik ishlarda muqobil kommunikatsiyani qo‘llash bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ekspert bolalar bilan ishlash texnologiyalari va qo‘shimcha kommunikatsiyalar haqida gapirib berdi, samarali ta’lim muhitini yaratishga yordam beradigan usullar ko‘rib chiqildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘quv jarayonini o‘quvchilarning turli tayyorgarlik darajalari va ehtiyojlariga moslashtirish, bolalar materialni yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda materiallarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar olishdi.

В рамках проекта «Хочу слышать!» прошёл онлайн-семинар по применению альтернативной коммуникации в коррекционно-педагогической работе для руководителей, методистов и дефектологов из 19 специализированных школ-интернатов для детей с нарушениями слуха. Международный эксперт рассказал о технологиях и дополнительных коммуникациях в работе с детьми, рассмотрели методы, которые помогают создать эффективную образовательную среду.

Участники мероприятия получили рекомендации по адаптации учебного процесса под разные уровни подготовки и потребности учеников, созданию материалов, которые учитывают индивидуальные потребности детей, что способствует их лучшему усвоению материала.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Zamonamizning eng nufuzli astrofiziklaridan biri Luciano Rezzolla Oʻzbekistonga kelmoqda

⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universiteti Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri bo'lgan Luciano Rezzollaning ochiq ma’ruzasini tashkil etadi.

💥 Ochiq ma’ruzada Luciano Rezzolla koinotning sirli oynasi - qora tuynukning birinchi surati boʻyicha oʻz izlanishlari haqida ma’lumot beradi.

🎗Professor Luciano Rezzolla dunyo reytingida eng yuqori 200 ta oliygohlarda biri bo'lgan Frankfurtdagi Gyote universitetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri hisoblanadi hamda eng kuchli professorlardan biri boʻlib, uning “Hirsh indeksi” 104 ga teng.

Mazkur tarixiy uchrashuvda qatnashish uchun oʻz joyingizni band qiling: https://ca-eduforum.uz/luciano-rezzolla
Vaqti: 12-oktabr, 15:00
📍Manzil: Samarqand davlat universiteti

🔹 Uchrashuvda fizika sohasida ishlovchilar, talaba-yoshlar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

🔁 English

#ochiqmaruza #LucianoRezzolla #astrofizika

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

Xabaringiz bor, 2024-yil 18-31-avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida maktabgacha taʻlim tashkilotlari pedagoglari uchun Janubiy Koreya davlatiga tashrif doirasida oʻrganilgan ilgʻor tajribalarni amaliyotga tadbiq etish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazilgan edi.

📍 Bugun Xorazm viloyati Xonqa pedagogika kollejida Koreyaning KOICA loyihasi doirasida navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi. Trening mashgʻulotlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari, viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi metodist hamda tarbiyachilar ishtirok etdi.

👉 Maʻlumot uchun: mazkur seminar-treninglar jarayonida bolalarni ilk yoshdan rivojlantirish, ularga taʻlim-tarbiya berish hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashda zamonaviy yondashuvlar muhokamasi koʻzda tutilgan.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova
Maktablarda “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!” shiori ostida ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 30-sentabr kuni Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qilib, yoshlarning taʼlim – tarbiya masalasiga alohida to‘xtalgan edi.

📌 Ayni kunlarda yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida yig‘ilish o‘tkazilib, direktor tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ota-onalarga murojaat yo‘llanmoqda.

‼️ Murojaatlarda o‘quvchilar tarbiyasida ota-onaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish dolzarb ekani taʼkidlab o‘tildi.

✏️ Shuningdek, ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilishga o‘rgatishi, ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, ekologik madaniyat, farzandlar vaqtini behuda o‘tkazmaslikka ahamiyat berishi zarurligi qayd etildi.

🔖 Yoshlarning hayotiy muammolariga yana-da ko‘proq eʼtibor qaratish, ularning ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash eng asosiy, hal qiluvchi vazifa ekani taʼkidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir o‘rinbosari Buxorodagi maktablar faoliyatini o‘rgandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Buxoro viloyatidagi taʼlim muassasalari faoliyatini o‘rgandi.

📌 Jumladan, olis Qorako‘l, Jondor va Buxoro tumanidagi ixtisoslashtirilgan hamda umumtaʼlim maktablarida bo‘lib, o‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoit, o‘quv jarayoni, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida ham bo‘ldi. Markazda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

‼️ Davlatimiz rahbarining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Bu borada o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM