Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
21.2K photos
6K videos
140 files
12.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Qashqadaryodagi taʼlim maskanlari faoliyati oʻrganilmoqda

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev Qashqadaryo viloyatidagi bir qator taʻlim muassasalari faoliyatini oʻrganmoqda.

Xususan, Qarshi shahridagi 10-, 11-maktablar, Qarshi tumanidagi 40-, 71-maktablar hamda viloyat Pedagogik mahorat markazida amalga oshirilayotgan taʻlimga oid islohotlar bilan tanishdi.

📍 Shuningdek, hududdagi mavjud taʻlim tashkilotlarida tashkil etilgan oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, oʻquv-tarbiyaviy ishlar holatini koʻzdan kechirdi va zaruriy tavsiyalar berdi. Xususiy taʻlim tashkilot rahbarlari bilan suhbat oʻtkazib, keyingi vazifalar belgilab olindi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Xotira poyezdi” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Kuni kecha Oliy Majlis Senatida “Xotira poyezdi” madaniy-maʼrifiy tadbirida ishtirok etgan oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Senat aʼzolari ishtirok etdi.

📍Qayd etilganidek, 2022-yildan yoʻlga qoʻyilgan ushbu loyihadan koʻzlangan maqsad, yoshlarni Ikkinchi jahon urushi tarixi bilan chuqurroq tanishtirish, urush boʻlgan hududlarga borib, oʻsha davr dahshatlari va talafotlari haqida yoshlar ongida tasavvur uygʻotish, ajdodlarimiz qahramonliklarini koʻrsatib berishdan iborat.

Uchrashuv davomida yoshlarning ushbu loyihadan olgan taassurotlari va fikr-mulohazalari tinglandi.

👉 Maʼlumot uchun: joriy yilning 20-iyunidan 5-iyuliga qadar tashkil qilingan “Xotira poyezdi” madaniy-maʼrifiy tadbirlarida Oʻzbekistondan 15 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
Forwarded from Zamin Foundation
"Eshitishni xohlayman!" loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19 ta maktab-internatining rahbarlari, uslubchilari va defektologlari uchun korreksion-pedagogik ishlarda muqobil kommunikatsiyani qo‘llash bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ekspert bolalar bilan ishlash texnologiyalari va qo‘shimcha kommunikatsiyalar haqida gapirib berdi, samarali ta’lim muhitini yaratishga yordam beradigan usullar ko‘rib chiqildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘quv jarayonini o‘quvchilarning turli tayyorgarlik darajalari va ehtiyojlariga moslashtirish, bolalar materialni yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda materiallarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar olishdi.

В рамках проекта «Хочу слышать!» прошёл онлайн-семинар по применению альтернативной коммуникации в коррекционно-педагогической работе для руководителей, методистов и дефектологов из 19 специализированных школ-интернатов для детей с нарушениями слуха. Международный эксперт рассказал о технологиях и дополнительных коммуникациях в работе с детьми, рассмотрели методы, которые помогают создать эффективную образовательную среду.

Участники мероприятия получили рекомендации по адаптации учебного процесса под разные уровни подготовки и потребности учеников, созданию материалов, которые учитывают индивидуальные потребности детей, что способствует их лучшему усвоению материала.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Zamonamizning eng nufuzli astrofiziklaridan biri Luciano Rezzolla Oʻzbekistonga kelmoqda

⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universiteti Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri bo'lgan Luciano Rezzollaning ochiq ma’ruzasini tashkil etadi.

💥 Ochiq ma’ruzada Luciano Rezzolla koinotning sirli oynasi - qora tuynukning birinchi surati boʻyicha oʻz izlanishlari haqida ma’lumot beradi.

🎗Professor Luciano Rezzolla dunyo reytingida eng yuqori 200 ta oliygohlarda biri bo'lgan Frankfurtdagi Gyote universitetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri hisoblanadi hamda eng kuchli professorlardan biri boʻlib, uning “Hirsh indeksi” 104 ga teng.

Mazkur tarixiy uchrashuvda qatnashish uchun oʻz joyingizni band qiling: https://ca-eduforum.uz/luciano-rezzolla
Vaqti: 12-oktabr, 15:00
📍Manzil: Samarqand davlat universiteti

🔹 Uchrashuvda fizika sohasida ishlovchilar, talaba-yoshlar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

🔁 English

#ochiqmaruza #LucianoRezzolla #astrofizika

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

Xabaringiz bor, 2024-yil 18-31-avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida maktabgacha taʻlim tashkilotlari pedagoglari uchun Janubiy Koreya davlatiga tashrif doirasida oʻrganilgan ilgʻor tajribalarni amaliyotga tadbiq etish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazilgan edi.

📍 Bugun Xorazm viloyati Xonqa pedagogika kollejida Koreyaning KOICA loyihasi doirasida navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi. Trening mashgʻulotlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari, viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi metodist hamda tarbiyachilar ishtirok etdi.

👉 Maʻlumot uchun: mazkur seminar-treninglar jarayonida bolalarni ilk yoshdan rivojlantirish, ularga taʻlim-tarbiya berish hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashda zamonaviy yondashuvlar muhokamasi koʻzda tutilgan.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi axborot xizmati