Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
98.1K subscribers
24K photos
6.39K videos
144 files
13.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳига давлат мукофотларини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев вручил государственные награды группе особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников.

#Mirziyoyev #marosim #talim #taqdirlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Педагогик маҳорат миллий институтида ўқитувчи ва мураббийлар билан мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел беседу с преподавателями и наставниками в Национальном институте педагогического мастерства.

#Mirziyoyev #muloqot #talim #uqituvchilar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Тошкент шаҳрида Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институти фаолияти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kecha_va_bugun

Bugun muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosi ochilish marosimi hamda pedagoglar bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

🔰Davlatimiz rahbarining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qayta tashkil etilgan institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

🇺🇿To‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan institut yangi binosida menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarni malakasini oshirish uchun 950 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona joylashgan.

Shuningdek, institutda Innovasion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Hurmatli ustozlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barchangizni “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Joriy yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ilk bor pedagog maqomi alohida belgilanganligi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi bugun jamiyatda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri oshib borayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bu tarixiy o‘zgarish va yangiliklarga ustoz-murabbiylarimiz ham doimo, labbay deb javob berib kelishmoqda.

Aziz pedagoglar!

Sizlar jamiyatimizning tirgagi, kelajak avlodni tarbiyalovchi o’ta mas’uliyatli hamda sharafli kasb egasisiz!

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📋 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni!

Mehrli maktab jamoasi yosh avlodga bilim ulashayotgan ustozlarni bugungi bayram bilan muborakbod etadi.

Sizga va oila aʼzolaringizga mustahkam sogʻlik, tinchlik va xursandchilik tilaymiz. Mashaqqatli ammo sharafli boʻlgan kasbingizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosimlar
#30sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlaridan videolavha.

#Bayram_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Og‘ir kunlar ortda qoldi, qadrli ustozlar!

Aziz ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak. Sizlar qahramonimizsiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova