Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
108K subscribers
22.2K photos
6.15K videos
141 files
12.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_bayrami
#ikkinchi_kun

🔹Respublikamizning turli hududidan kelgan ustozlar “Tashkent city Mall” majmuasidagi “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko’rgazmasi bilan tanishdi.

⚡️Shuningdek, Respublika Bolalar kutubxonasida ham bo’lishdi.

Telegram | Facebook | Veb sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
USTOZLAR "YANGI O‘ZBEKISTON" BOGʻIDA

Bugun mamlakatimizning turli nuqtalaridan kelgan ustozlar “Yangi O‘zbekiston” bog’ida bo’lishdi.

Dastavval tadbir ishtirokchilari Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar  qo‘yishdi.

So’ngra, ularga mazkur ansamblning me’moriy yechimlari haqida ma’lumot berilib, xalqimizning ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz  siymolari aks ettirilgan majmuada tarix hamda mazmun haqida so‘zlab berildi.

Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir inson hayotida jonkuyar ustozlari haqida shu kabi hikoyalar borligiga ishonaman.

Ustoz va murabbiylar, biz sizlarni qadrlaymiz! Bayramingiz muborak!

@hilola_umarova
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан давлат мукофотларини топширади ҳамда соҳа вакиллари билан таълимда амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан мулоқот ўтказади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари янгидан ташкил этилган Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институтида яратилган шароитлар билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды в связи с Днем учителей и наставников, а также проведет диалог с представителями сферы о проводимой работе и дальнейших приоритетных задачах в образовании.

Глава государства также ознакомится с созданными условиями в новом Национальном институте педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг таълим-тарбия соҳаси вакиллари билан мулоқоти бошланди.

Аввало, алоҳида ўрнак кўрсатган таълим соҳаси ходимларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

Президент мамлакатимизнинг барча таълим-тарбия ходимларини Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан самимий муборакбод этиб, давлат мукофотларини ўз эгаларига тантанали равишда топширди.

Facebook|Instagram|X
Muhtaram yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!


Avvalo, siz, azizlar bilan – qalbimga eng yaqin, olijanob insonlar bilan mana shunday qutlug‘ ayyomda, bayramona kayfiyatda ko‘rishib turganimdan baxtiyorman.

Sizlarni, sizlarning timsolingizda mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz, ko‘pmillatli xalqimiz nomidan sizlarga yuksak hurmat-ehtiromimizni, ezgu tilaklarimizni bildirib, chuqur minnatdorchilik izhor etaman.

Biz ustozni otadek ulug‘ deb bilgan, uni hamisha boshiga ko‘tarib e’zozlagan buyuk, ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz.

Tariximizdagi qaysi mashhur ajdodimizni olmaylik, ularning barchasi ustozlarga yuksak ehtirom bilan qaraganlariga guvoh bo‘lamiz.
Ustozini, muallimini e’zozlagan jamiyat albatta ravnaq topadi, gullab-yashnaydi.
O‘qituvchisining qadr-qimmati baland bo‘lgan xalqning obro‘-e’tibori yuksak bo‘ladi.


Hayotda har bir ezgulik, har bir kashfiyot va yutuqning zamirida o‘qituvchining mehnati, bardoshi va mehr-muhabbati mujassam.
Shu bois, har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijaga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda aziz ustozlarimizning beqiyos hissasi borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir.
Shaxsan men o‘qituvchi deganda – o‘zim uchun aziz va qadrli bo‘lgan zotlarni, yuz-ko‘zidan nur yog‘ilib turadigan moʻtabar insonlarni tasavvur qilaman.

Samimiy va mehribon, shu bilan birga, talabchan ustozlarimni, ularning darslari, hayotiy saboqlarini hamisha sog‘inaman.

Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
"Jamiyatimizdagi eng jonkuyar, vatanparvar, xalqparvar insonlar, zamonamizning eng ilg‘or kishilari – bu avvalo ustoz va muallimlardir.
Shu sababli xalqimiz o‘zining eng katta boyligini – farzandlari tarbiyasini sizlarga ishonib topshiradi.

Hayot ma’nosi, o‘zgarishlar mazmunini chuqur anglab, boshqalarga tushuntiradigan, odamlarni ezgulikka, yangi marralarga ruhlantiradigan ham siz, muhtaram ustozlardir.

Barchamiz yaxshi bilamiz, insonning ongi, dunyoqarashi o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi. Jamiyat o‘zgarmasa, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.
Lekin odamlarning tafakkurini, shu asosda butun jamiyatni kim o‘zgartira oladi?

Yangi O‘zbekistonning yangi beruniylari, yangi Xorazmiylari, Ibn sinolari, Farg‘oniylarini kim kamolga yetkazadi?
Albatta, bunday ezgu va ulug‘vor vazifani, tom ma’nodagi tarixiy missiyani ado etishga faqat siz – ustoz va murabbiylar qodirsiz.
Bugun azamat yoshlarimiz jahon maydonlarida o‘z kuchi va bilimi, iste’dodi bilan ulkan marralarni qo‘lga kiritayotganini ko‘rib, quvonib turibmiz.
 
Bu g‘alabalar avvalo ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati samarasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Shu bois sizlarning sha’ningizga, muhtaram ustozlarimiz sha’niga qancha yaxshi gaplarni aytsak, go‘zal ta’riflar bildirsak, qanday ezgu tilaklarni yo‘llasak, o‘ylaymanki, buyam adolatli haqiqat bo‘ladi
" — dedi Shavkat Mirziyoyev ta'lim-tarbiya sohasi vakillari bilan bo'layotgan muloqotda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun oliygohlarda sirtqi ta’lim shaklini tikladik.

Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarimiz dunyodagi nufuzli ta’lim markazlari bilan samarali hamkorlik qilinib xalqaro darajadagi pedagog kadrlar tayyorlanmoqda.

O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.

Bugun muallimlarning 88 foizi 6 million so‘mgacha, 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda.

O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.

Albatta, bu hali yetarli emas, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshganini ta’kidlash lozim.

O‘tgan 5 yilda maktab ta’limida, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv vazifasini bajaradigan 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik.

Ana shu maktablar dasturlari asosida tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar yaratilmoqda. Eng muhimi, bu maktablar aniq samara bera boshladi.

Ushbu maktablarni bitirgan 100 nafar yigit-qiz dunyoning TOP-100  oliygohlarida tahsil olmoqda. Prezident maktablaridagi baholash tizimi hozir 500 ta umumta’lim maktabida qo‘llanmoqda.

Baholashni samarali yo‘lga qo‘ygan 66 ta maktab jamoasiga 40 foizgacha ustama to‘lanmoqda.

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni seleksiya yo‘li bilan tanlab olish bo‘yicha ilgari bo‘lmagan yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
 
Natijada bu yilning o‘zida xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 ta medalni qo‘lga kiritdi (2023-yilda 91 ta bo‘lgan).

Ko‘rdingizmi, inson omiliga e’tibor qanday samara bermoqda! — dedi Shavkat Mirziyoyev.
"Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7 yilda 4 karra (9 foizdan 38 foizga) oshdi.

Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir.

Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan" — dedi Davlatimiz rahbari.
"Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda o‘qituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz. Bu – ayni haqiqat.

Afsuski, bugungi kunda, davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar (7 foiz), xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagan.

Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi.

Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari (10 foiz) malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi. Afsuski, bunday holatlar o‘quvchilarning bilimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bu yil bitiruvchilarning 130 ming nafari (30 foizi) oliygohlarga kirishda eng past – 57 ball ham to‘play olmagan.

Bu barchamizni tashvishga solishi kerak" — dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Bugungi ochiq muloqotimiz salkam bir asrlik tarixga ega bo‘lgan Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida o‘tayotgani albatta bejiz emas.

Men yig‘ilishdan oldin hozirgi kunda mutlaqo yangicha qiyofaga ega bo‘lgan institutda yaratilgan sharoitlar, o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha yangi tizim taqdimoti bilan tanishdim.

Bundan buyon ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish uchun ishni 7 ta yo‘nalishda tashkil etamiz.

Birinchidan, Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga mas’ul bo‘ladi.

Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3 yilda byudjetdan har yili 50 milliard so‘m ajratiladi.

Kecha yaxshi bir xabar eshitdim.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bu mablag‘ni kutib o‘tirmasdan, mahalliy byudjetdan 7 milliard so‘m ajratib, viloyatdagi malaka oshirish markazini rekonstruksiya qilishni boshlab yuboribdi.

Bunday ezgu ishlar azaldan ilm-ma’rifat maskani, ulug‘ allomalar diyori bo‘lib kelayotgan Buxoro ahliga albatta yarashadi.

Qolgan hokimlar ham tashabbus ko‘rsatib, zarur mablag‘ni topib, o‘z hududidagi markazlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirsa, bundan kim yutadi?

Albatta, birinchi navbatda ana shu hududning o‘zi, uning aholisi va yoshlari yutadi. Aslida buyam tarbiya, buyam vatanparvarlik, buyam ibrat.

Afsuski, Guliston, Namangan va Farg‘ona shaharlari, Karmana tumanidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolmoqda.

Men viloyat hokimlariga hududdagi maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini yuklaganim albatta bejiz emas.

Ya’ni, hokimlarning o‘zi bu sohada o‘rnak bo‘lishi kerak. Ularga qarab boshqalar ham ta’lim va tarbiya davlat, jamiyat uchun qanday hal qiluvchi masala ekanini his etadi.

Endi shuni bilinglar, “Qachon dasturga kirsa, ta’mirlaymiz”, deb kutib o‘tiradigan zamonlar o‘tib ketdi.

Bugun davr ham, talab ham boshqacha. Ta’lim va tarbiyada yo‘qotilgan bir kun ertaga o‘n yillik, yuz yillik muammoga aylanadi” — deb ta'kidladi Prezident.
“Agar 20-asr boshlarida jadid bobolarimiz boshlagan ulkan jarayon mustabid tuzum tufayli to‘xtab qolmaganida, bilasizlarmi, bugun hayotimiz qanday obod va farovon bo‘lardi?
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning mana bu so‘zlari bugun ham g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega:

“Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, maktablar – taraqqiyning boshlanishi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har millat, eng avval, boshlang‘ich maktablarini zamonaga mos isloh etmagunicha, taraqqiy yo‘liga kira olmas”.

Buni, avvalo, barcha vazirlar, viloyat hokimlari tushunib olinglar!

Barcha malaka oshirish markazlarida ikki hafta muddatda moliyaviy manbani topib, qurilishni boshlaysizlar.

Yangi binolar yil oxiriga qadar ishga tushishi shart. Yaqinda barcha hududiy markazlarga kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribaga ega bo‘lgan rahbarlar tayinlandi.

Ulardan 1 nafari Prezident maktabi, 3 nafari ixtisoslashgan maktab, 1 nafari xususiy maktab direktori bo‘lib ishlagan. Qolgan 8 nafari vazirlik tizimidagi malakali rahbar xodimlardir.

Malaka oshirishda vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bog‘chani bog‘laydigan vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, joylarda 1 ming 300 ta tayanch maktab va 200 ta bog‘cha tanlab olinib, ulardagi yetakchi o‘qituvchilar yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadi.

Buning uchun yetakchi o‘qituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qo‘shiladi” — deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.
Мuallimlarni qo‘llab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishni albatta davom ettiramiz.

Mana, 1-oktabrdan pedagog xodimlar ish haqini 15 foizga oshirdik.

Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi. Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.
“Hozirgi kunda chet tili bo‘yicha xorijiy sertifikati bo‘lgan o‘qituvchilar 50 foiz ustama olib ishlamoqda.

Lekin ular o‘z bilimini o‘quvchilarga yetarli darajada yetkazib bera olyaptimi?

Afsuski, aksariyat o‘quvchilar bugun ham chet tilini repetitorga qatnab o‘rganmoqda.

Albatta, berilayotgan ustamadan chin dildan ruhlanib, xorijiy tillarni jonli metodikalar bo‘yicha o‘rgatayotgan o‘qituvchilar ham bor.

Misol uchun, Kitob tumanidagi 96-maktab o‘qituvchisi Iroda Turdiyeva ingliz tilidan “С1” darajasini qo‘lga kiritgan. Uning sinfidagi 30 foiz o‘quvchi xalqaro sertifikat olishga erishgan.

O‘z ishining ustasi bo‘lgan bunday o‘qituvchilar, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizda 6 ming nafarni tashkil etar ekan.

Men yaqin kelajakda ularning soni 100 ming nafarga yetadi, deb ishonaman. Buning uchun ularga to‘lanadigan ustamani yanada oshirishga tayyorman.

Chunki bizga ana shunday izlanuvchan va fidoyi o‘qituvchilar zarur. Biz ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz, jamiyatimizda barchaga o‘rnak va namuna sifatida ulug‘lashimiz kerak” — deb ta'kidladi Davlatimiz rahbari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, bu soha xodimlarining ta’lim rivojiga qo‘shgan savobli hissasi bo‘lardi.

Hurmatli rektorlarimiz ham oliygohlarni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan professor-o‘qituvchilar uchun sihatgoh yo‘llanmalari sonini 50 foizga oshirishlari lozim.

Bir yil oldin maktab direktorlarini o‘qitish tizimi joriy etilgan edi. Bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega bo‘ldi.
Hozir ana shu direktorlarga o‘rtacha 3 million so‘m ustama berilmoqda.

Endi bu amaliyot 2025-yil 1-sentabrdan bog‘cha mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Men qiziqib ko‘rdim, maktab direktori, uning boshqaruvchilik mahorati haqida bizda muhim qo‘llanma bo‘ladigan kitoblar yo‘q ekan.

Vaholanki, yurtimizda ta’lim va tarbiyaning taqdiri ana shu insonlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.

Direktorlik qanchalik murakkab vazifa ekanini ba’zi ota-onalar bilmaydi ham. Chunki targ‘ibot kam.
Buning o‘rniga shu paytgacha maktab direktorlarini faqat majlisga chaqirib, ularga har xil vazifalarni yuklab keldik.

Shu bois, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tegishli mutaxassislarni jalb etib, maktab direktorlari haqida ana shunday kitob tayyorlasin.
Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda –30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda.

Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha (120 ming o‘rin) rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.

Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi.

Yangi yildan boshlab, xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi.

Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi (7 foizi) byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.
"Ta’limda sifat va raqobatni ta’minlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi. O‘tgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta’minlandi.

Kelgusi yil yana 2 mingdan kompyuter sinflari yangilanadi, bunga byudjetdan 400 milliard so‘m beriladi.
Ana shu kompyuterlarga elektron ta’lim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyati oshadi.

O‘quvchilar murrakab konsepsiyalarni oson o‘zlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar tashkil etiladi. Bu laboratoriyalar o‘quvchilarga kimyoviy, biologik, fizik jarayonlarni virtual bajarish imkonini beradi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda tashkil etiladi.

Shuningdek, maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini e’lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.  Shu maqsadda 5 million dollar xorijiy grant mablag‘larini jalb qiladi.

Ma’lumki, ikki yil oldin o‘tkazilgan PIZA tadqiqoti matematika, fan va o‘qish savodxonligi bo‘yicha o‘quvchilarimiz bilimidagi kamchiliklarni ko‘rsatgan edi (78-chi o‘rin).

Bu yo‘nalishda yetakchi bo‘lgan Singapurning 16 nafar eksperti matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshiradi.

Endi sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformasida o‘quvchilar bilimlarini bir yil davomida muntazam sinovdan o‘tkazadi.

Xususiy bog‘chalar kabi 6 ming 800 ta davlat bog‘chalarida ham davomat, to‘lovlar, oziq-ovqat xarajatlarini shakllantirish to‘liq raqamlashtiriladi.

Bunda bog‘chalarni yiliga qo‘shimcha 20 mingta planshet bilan ta’minlash uchun 50 milliard so‘m mablag‘ ajratib boriladi.

Hilola Umarova 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Toshkent shahrida, 1 iyundan – barcha davlat bog‘chalarida ushbu tizimni joriy etsin.

Bu orqali davlat bog‘chalarida 8 trillion so‘m byudjet mablag‘i maqsadli ishlatilishiga erishiladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, shu tariqa yiliga 10 foiz mablag‘ (800 milliard so‘m) tejaladi.

Iqtisod qilingan pullar “Ta’limni rivojlantirish” jamg‘armasiga yo‘naltirilib, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va mahoratli o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga sarflanadi" — deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi.

Ushbu yo‘nalishda yana 1 mingta umumta’lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablardagi baholash tizimini joriy etish boshlandi.

Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi.

Eng ko‘p ta’mirtalab maktablar Toshkent shahrida – 69 ta, Buxoro viloyatida – 56 ta,Xorazmda – 38 ta, Andijonda – 25 ta, Namanganda – 23 ta.

Tuman va shahar hokimlariga har haftada maktablardan xabar olish, kamchiliklarni bartaraf etish, muallimlar bilan yaqindan suhbat qurib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriq berganman. Qani, qaysi tuman, shahar hokimi yangi baholash tizimi joriy qilinayotgan maktablarga borib, ularning holatini tizimli o‘rgandi?

Eng ko‘p ta’mirtalab bo‘lgan maktablar Yunusobod va Olmazor tumanlari – 14 tadan, Xonqada – 12 ta, Yangibozorda – 10 ta, Andijon shahri, Oltinko‘l va Toshloq tumanlari 5 tadan, Navoiy va Guliston shaharlari – 4 tadan, Kogon tumani – 8 ta, Romitan tumani – 6 ta, Gʻijduvon va Toshloqda – 5 tadan.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari yangi baholash tizimi tatbiq qilinayotgan, lekin ta’mirga muhtoj 300 ta maktabni joriy ta’mirlash va jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlasin.

Bundan buyon hududlarning birinchi rahbarlari faoliyatiga baho berishda ta’limning sifati, maktablardagi sharoit, o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biriga aylanadi.
Yana bir yo‘nalish – maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlarini tashkil etamiz.

Klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida barpo etiladi va hududlardagi pedagogika institutlari boshqaruvida bo‘ladi.

Misol uchun, Andijondagi klasterda 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 330 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 120 o‘rinli kollej va 120 o‘rinli litsey bo‘ladi.

Andijon va Buxoro pedagogika institutlari bunga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘mdan ajratadi.