Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
98.1K subscribers
24K photos
6.39K videos
144 files
13.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Seminar_trening

Bugun Toshkent shahridagi 34-EDMTTda poytaxtda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglari uchun xorijiy tajriba asosida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir "KOICA xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglari malakasini oshirish" mavzusiga bagishlangan bo‘lib, nazariy hamda qizgin amaliy mashg‘ulotlar tarzida tashkil etilgan.

Mahorat darslari davomida:

"Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tasviriy san'at ta’limi";
"Bolalar uchun ekologik ta’lim";
"Keling, birgalikda o‘ynaymiz" — kreativ pedagog";
"Bolalarda kitob o'qish ta'limi va nazariyasi" kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etildi.

📍 Ma’lumot o‘rnida: tadbirda 30 nafardan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.

Ushbu treninglar kelgusida hududlar miqyosida kaskad usulida davom etishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi tegishli buyrugʻi asosida 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 10-sinfdan ikkinchi xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, xitoy) oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati hamda ikkinchi xorijiy til oʻquv dasturlari tasdiqlandi.

Shuningdek, mazkur buyruq bilan tegishli taʼlim muassasalariga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha zarur vazifalar belgilandi.

👉 Ikkita xorijiy til oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Media_savodxonlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida UNESCO tashkiloti vakillari bilan mediasavodxonlik yuzasidan uchrashuv bolib otdi.

Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, xalqaro konsultant, doktor Olunifesi Adekunle Suraj hamda ikki tomondan mas'ullar ishtirok etishdi.

📍 Tadbir davomida:

maktablarda media savodxonlik tizimini takomillashtirish,
ta'limda onlayn-xavfsizlikni ta’minlash,
umumta’lim fanlari darsliklariga media ta’limning singdirilishi kabi mavzularda so‘z bordi.

Ma'lumot o‘rnida: maktablarining tarbiya, informatika va AT, geografiya, fizika, matematika, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili fanlari tarkibiga axborotni olish va saralash, ishonchli manbalarni aniqlash, soxta va haqiqiy axborotni bir-biridan farqlash kabi tushunchalar singdirilgan holda o‘qitilib kelinmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin" fondi va Haydar Aliyev fondi o‘rtasida Barqaror taraqqiyot, yoshlar ekologik ta’limi, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Uchrashuv davomida tomonlar Milliy onkologiya markazi, ta’lim muassasalari va DOST inklyuziv rivojlanish va ijod markazi faoliyati bilan tanishdilar. Joriy yil noyabr oyida Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan COP29 doirasidagi qo‘shma loyiha va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

Фонд Zamin и Фонд Гейдара Алиева подписали Меморандум о сотрудничестве в области устойчивого развития, экологического образования молодежи, развития здравоохранения и образования. В ходе встречи стороны ознакомились с работой Национального центра онкологии, образовательных учреждений и Центра инклюзивного развития и творчества DOST. Отдельное внимание было уделено совместным проектам и инициативам в рамках COP29, который в ноябре этого года пройдёт в Азербайджане.

#YashilZamin #YashilBoglar #DaraxtlarReyestri #HosildorZamin #EcoSchoolsUzbekistan #MehrliMaskan #MehrliMaktab #InklyuzivTalim #ZaminCreative #InternationalInclusiveHub

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI TOSHKENT VILOYATIDA

🌍Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivali bo’lib o’tdi.

⌨️Festival Toshkent viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

Eslatib oʻtamiz, festivaldan maqsad:
to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
ichki turizmni rivojlantirish,
tajriba almashish,
to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.

🌐Festivalda Toshkent viloyatidan umumiy 23 mingdan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Tanlov kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM